POST EMBIRALOGIYA RIVOJLANISH
Hindiston, Xitoy, Misr va Yunonistondagi (miloddan avvalgi 5-asr) embriologik tadqiqotlarda diniyfalsafiy taʼlimot aks etgan. Bu qarashlar Gippokrat va Aristotel asarlarida ham oʻz ifodasini topgan. Gippokrat va uning izdoshlari odam embrioni rivojlanishini oʻrganishga ahamiyat berib, uni tovuq tuxumidan joʻjaning shakllanishiga qiyoslashni tavsiya qilganlar. Aristotelning embriogenezda aʼzolarning ketmaket shakllanishi toʻgrisidagi taʼlimoti epigenetik tasavvurlarga asoslangan. Bu qarashlar 16-asrgacha deyarli oʻzgarishsiz qoldi. U. Garvey asarining nashr qilinishi (1651) Embriologiya rivojida muhim burilish yasadi. Italiyalik olim M.Malpigi mikroskop yordamida joʻja rivojlanishining xuddi shu bosqichida ilgari maʼlum boʻlmagan qism (aʼzo)larini koʻrishga muvaffaq boʻldi (1672), u Embriologiyada 18-asr oxirigacha saqlanib kelgan preformistik tasavvurlar (embrion rivojlanishi unda oldindan mavjud boʻlgan xilmaxil strukturalarning oʻsishi)ni yoqlab chiqqan. Bunga K.F.Volf oʻz asarlaridagi (1759) maʼlumotlar bilan qattiq zarba berdi. Hozirgi zamon Embriologiyasiningasoschisi K.M.Ber sut emizuvchi hayvonlar va odam tuxumdonidagi tuxumni kashf qildi va tavsiflab berdi (1827). Evolyutsion qiyosiy embriologiya Ch.Darvin nazariyalariga asoslangan. A.O. Kovalevskiy va I.I.Mechnikovning ilmiy izlanishlari turli tiplarga mansub hayvonlarning bir-biriga qarindoshligini isbotlaydi. A.O.Kovalevskiyning embrional varaqlar toʻgʻisidagi nazariyasiga (1871) koʻra, barcha koʻp hujayrali hayvonlarning asosiy aʼzolar sistemasi dastlab hujayra qatlamlari koʻrinishida rivojlanadi. Bu koʻp hujayrali hayvonlar barcha tiplarining kelib chiqishi bir ekanini koʻrsatadi. Tavsiflovchi tadqiqotlar bilan bir qatorda eksperimental Embriologiya ham rivojlanmoqda. Ilk embrional rivojlanish, urugʻlanish, boʻlinish, embrional veraqlarning vujudga kelishi, organogenez, gistogenez va patologik rivojlanishning turli koʻrinishlarini oʻrganish, ayniqsa, kimyoviy agentlar yordamida rivojlanishni kuchaytirish, embrional shakllanishning harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlash, hujayra differensiatsiyasining genetik va sitologik asosini ochish hozirgi zamon Embriologiyasi oldidagi muhim masaladir.
Embriologiya maʼlumotlaridan (tibbiyotda turli anomal va tugʻma majruhliklarni oldindan bilib olish), qishloq xoʻjaligi amaliyotida (mas, organizmga embrional rivojlanish davrida taʼsir etib, chorva mollari zotini yaxshilash, baliqlarni, foydali hasharotlarni koʻpaytirish, zararkunandalarni yoʻqotish va boshqalar da) foydalaniladi. Epidemiologik kasalliklar qoʻzgʻatuvchisi va tarqatuvchilariga qarshi kurashni toʻgʻri tashkil etish uchun Embriologiya maʼlumotlari zarur. Ad.: Ibragimov Sh., Shodiyev N.,Daminov A., Sitologiya, gistologiya va embriologiya. T., 1998; Toʻychiye v S Toshmanov N., Fayzullayev S, Sitologiya, embriologiya va gistologiya, T., 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: |