Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar:
Mavzuga oid barcha rasmlarni buyrakning ko’ndalangiga kesilgan holdagi ko’rinishini albomingizga chizing.
2-topshiriq:
Buyrak shakli, nefronning tuzilishi, siydik kanali, siydik pufagini tuzilishini o’rganish.
Darsning maqsadi: Ayirish sistemasi organlarining ko’rinishi, tuzilishi, vazifasi va o’rnashgan o`rni bilan tanishish hamda ular haqida ma’lumot olish.
Siydik ayrish organlari ikkita buyurakdan, ulardan chiqadigan naycha – Siydik yo’li, siydik pufagi-qovuq hamda chiqarish nayidan iborat.
Kerakli asboblar: mulyaj, maket, planshet, tablitsa, plakat, qalam, chizg`ich, o`chirg`ich, kley.
Ishning borishi: Dars ayirish sistemasini tashkil qiluvchi organlarni plakat’, mulyaj, planshet, maketlardan foydalanilagn holda olib boriladi.
Ayrim organlarga birma-bir tushuntirib o’tiladi.
Buyrak( rem, nephros) – bir juft loviya shaklida, oldindan orqaga tomon yassilangan, o`rta yoshdagi odamlarda 140-15 gr. Buyraklar I,II bel umurtqalari tanasining ikki yon tomonida, qorin bo`shlig’ining orqa tomonida muskul va diafragmaga tegib turadi. Qorin parda Buyraklarini faqat old tomondan bekitadi. Ikki pallaga ajratilgan Buyrakda uning tashqi tomonida joylashgan jigar changli, kalinligi 4-5 ml keladigan Buyrak pusti moddasini va ichki tomonda alohida – alohida to’dalanib peramida shaklida joylashgan miya (oq) moddasini ko’rish mumkin.
Peramidalarning keng tomoni Buyrak po’sti tomoniga, sorg’ich shaklidagi uchi buyrak bo`shlig’iga qarab o’rnashgan. Peramida taxminan 1mln mayda kanalchalar (nefronlar) dan tuzilgan. Kanalchalarning oxirgi uchi qovuzg’oq shaklidagi Shumlyanskiy-Boumen kapsulasi buyrak po’sti moddasida joylashgan.
Kapsulaning ichkarisini arteriya qon tomiri kaplyar koptokchasi to’ldirib turadi. Anashu joyda kaplyardan qondagi suyuqlik (suv va mineral) tuzlar ajraladi. Bu suyuqlik ( birlamchi siydik) kapsuladan ketuvchi yuqoridagi ilon izi shaklidagi birlamchi burama naychaga, undan to’g’ri naychaga, o`tadi. To’g’ri naycha buqilib, yana yuqoriga ko’tarilib, ikkinchi burama naychaga, undan tushuvchi naycha orqali siydik yiguvchi, So’ngra to’g’ri naychagao`tadi. Bir qancha ( 15-20 ta) to’g’ri naychalar qo’shilib, so’rg’ich yo’li orqali richamida uchiga ochiladi. Shumlyanskiy-Boumen kapsulasi, birlamchi burama naycha, ikkilamchi burama naycha va kushuvchi naycha birgalikda buyrak asosi – nefronni hosil qiladi. Suv va mineral tuzlar, boshqa kerakli moddalar birlamchi va ikkilamchi buralma naychalardan uta turib, organizimga kaytadan shimiladi, natijada xakikiy siydik hosil bo`ladi. Siydik piramida surgichidan uni o’rab kichik kosachalarga o`tadi. Kichik kosachalar 8-9 ta bo`lib, 2-3 ta kosacha qo’shilishi natijasida ikki-uchta katta kosacha hosil bo`ladi. Jom Buyrak darvozasidan chiqish bilan siydik yo’li nomi bilan davom etib qovuqga ochiladi.
Siydik yo’li – uzunligi 30 sm bo`lib, buyrak jomidan qovuqga o’tkazadi. Bu nayni qorin parda faqat old tomondan qoplaydi. Siydik yo’li joylashishiga ko’ra qorin va chanok qismidan iborat. Siydik yo’li boshlanish qismidan, chanoqqa o’tish chegarasida va qovg’a kirish oldida birmuncha torayadi. Siydik yo’li ning qovuq devori ichidagi qismiga yashiringan qism deyiladi.
Qovuq yoki siydik pufagi ( vesica urinaria) – kichik chanoq bo`shlig’ida joylashgan. Hajmi 500-700 ml bo`lib, ichida siydik bor yo`qligiga qarab, shakli o’zgarib turadi. Qovuqning pastdagi qismi – qovuq tubi, yuqori toraygan uchi – chukki va bu ikki qism oralig’i – qovuq tanasi tafovut qilinadi.
So’ngra talabalar ayirish sistemasini tashkil qiluvchi organlar bilan tanishganlaridan so’ng ushbu organlar ketma-ketligi va ichki tuzilishi haqida laboratoriya daftarlariga yozadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |