E’lon Shu yil 15-may kuni maktab faollar zali yonidan 5-sinf adabiyot darsligi topib olindi. E’lon bo’yicha maktab Yoshlar ittifoqi yetakchisiga murojaat qiling (darslik raqami aytilgandagina kitob egasiga qaytariladi). E’lon



Download 19,04 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi19,04 Kb.
#219675
Bog'liq
onatili


E’lon

Shu yil 15-may kuni maktab faollar zali yonidan 5-sinf adabiyot darsligi topib olindi. E’lon bo’yicha maktab Yoshlar ittifoqi yetakchisiga murojaat qiling (darslik raqami aytilgandagina kitob egasiga qaytariladi).



E’lon

Shu yil 15-may kuni soat 15:00 da maktab faollar zalida maktabimiz sobiq bitiruvchisi, hozirda boks bo’yicha Jahon va Olimpiada chempioni Hasanboy Do’stmatov bilan uchrashuv bo’lib o’tadi. Qiziqqan o’quvchilar sinf rahbarlari bilan birgalikda ishtirok etishlari mumkin.

Maktab jismoniy tarbiya o’qituvchisi O.Mahmudov

E’lon

Hurmatli o’quvchilar! Shu yil 16-may kuni soat 15:00 da 5-“A” sinf o’quvchilari ishtirokida Xudoyberdi To’xtaboyevning “Jannati odamlar” asari bo’yicha to’garak mashg’uloti bo’ladi.

Manzil: 1-qavat, 1-xona.

Tadbir ishtirokchisi-ona tili va adabiyot fanlari o’qituvchisi D. Parmonova



Tabriknoma

Hurmatli do’stim Doniyor! Sizni “Xalqaro yosh robototexniklar” tanlovidagi yutuqlaringiz bilan tabriklayman. Siz ixtiro qilgan robotlar, albatta, tibbiyot sohasini yanada rivojlantirishiga ishonaman. Butun maktabimiz siz bilan faxrlanadi.

Sizga hurmat bilan sinfdoshingiz Nodir

Taklifnoma

Hurmatli 10-sinf o’quvchisi Temirova Tursuntoshning ota-onasi! Sizlarni 16-may kuni soat 14:30 da bo’lib o’tadigan “Iqtidorli o’quvchi- yurt kelajagi” nomli ko’rik-tanlovimizga taklif etamiz.

Tanlov maktab faollar zalida bo’lib o’tadi.

10-sinf rahbari

Navoiy viloyati xatirchi tumanidagi

64-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori

X. Tursunovga 10-sinf o’quvchisi

Sherbek Nurmurodovdan



A R I Z A

Ota-onam bilan birga Xatirchi tumani Kulva qishlog’iga doimiy yashash uchun ko’chib kelganimiz sababli meni maktabning 10-sinfiga qabul qilishingizni so’rayman.

2020-yil 10-avgust (imzo) Sh. Nurmurodov

Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi

64-umumiy o’rta ta’lim maktabning

8-sinf o’quvchisi, 2006-yilda tug’ilgan,

Millati o’zbek Aktamova Nozimaga

T A V S I F N O M A

Aktamova Nozima Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 64-umumiy o’rta ta’lim maktabining 8-sinfida o’qiydi.

Maktabda o’qish davomida u intizomli, ziyrak, zukko va tirishqoq o’quvchi sifatida o’zini ko’rsatdi. Bilimlarni qunt bilan o’rganishga harakat qildi. Ingliz tili, ona tili va adabiyot, tarix fanlariga alohida qiziqdi. U 2016-yilning mart oyida “Bilimlar sinovi”ning respublika bosqichida qatnashib, faxrli o’rinni egalladi.

N.Aktamova maktabning jamoat ishlarida faol qatnashadi, “Yosh tilshunos” devoriy gazetasiga muharrirlik qiladi.

U kamtarinligi, to’g’riso’zligi va do’stlariga mehribonligi sababli sinfdoshlari hamda murabbiylari hurmatiga sazovor bo’lgan.

Tavsifnoma Xatirchi tuman hokimligiga taqdim qilish uchun berildi.

Maktab direktori: (imzo) X. Tursunov

Sinf rahbari: (imzo) M. Islomova

(Sana) (muhr)

M A ‘ L U M O T N O M A

Absalimova Durdona Navoiy viloyati, Xatirchi tumani Mustaqillik mahallasi, Kulva qishlog’i 61-xonadonda yashaydi.

Ma’lumotnoma Navoiy Davlat Pedagogika Institutiga taqdim etish uchun berildi.

“Mustaqillik” mahalla fuqarolar

yig’ini raisi: (imzo) Jonqobilov Sh

Kotibi: (imzo) Zulfiqorov O’



Tilxat

Men, Parmonova Dilorom Ilhomovna, kutubxonachi Umarova Sevaradan 10-“A” sinf o’quvchilari obuna bo’lgan quyidagi gazeta va jurnallarni tarqatish uchun qabul qilib oldim:

“Kitob dunyosi” gazetasi-5 dona

“Ma’rifat gulshani” gazetasi-4 dona

“Sinfdosh” jurnali- 4 dona

2021-yil 20-mart (imzo) Parmonova D.

Xatirchi tumani 64-maktab

Yoshlar ittifoqi raisi

Normamatova Dilnozadan

Bildirishnoma

2021-yilning 10-mart kuni bizning “Bunyodkor” guruhimiz tomonidan hududda tashkil etilgan “Yoshlar bog’i”ga 20 tup archa, 10 tup kashtan, 10 tup magnoliya manzarali daraxt ko’chatlari o’tqazildi.

2021-yil 10-mart (imzo) Normamatova D.

Ishonchnoma

Men, Navoiy viloyati Xatirchi tumani Olmazor ko’chasi 30-uyda yashovchi fuqaro Norbekov Mahmud ushbu ishonchnoma orqali Navoiy viloyati Xatirchi tumani Kulva ko’chasi 4-uyda yashovchi Norbekov Nodir Mahmud o’g’liga menga qarashli 60 490 FBA raqamli “Spark” rusumidagi yengil avtomoshinamni haydab yurishiga vakolat beraman.

2021-yil 10-mart (imzo) Norbekov M.

Navoiy viloyati Xatirchi tumani

64- umumiy o’rta ta’lim maktabning

10-sinf o’quvchisi

Nurmurodov Sherbekka berilgan

Tavsifnoma

Nurmurodov Sherbek Nabijon o’g’li 2011-yildan buyon Navoiy viloyati Xatirchi tumani 64- umumiy o’rta ta’lim maktabda ta’lim-tarbiya olib kelmoqda. O’tgan yillar davomida Nurmurodov Sherbek barcha umumta’lim fanlaridan belgilangan Davlat Ta’lim Standartlari talablarini to’liq bajarmoqda. Mazkur o’quvchi o’zining bilim olishga bo’lgan qiziqishi va ishtiyoqi bilan sinfda ajralib turadi. Barcha fanlar talab darajasida o’zlashtirayotgan N. Sherbek ayniqsa ingliz tili va tarix fanlarini chuqur o’rganishga harakat qilmoqda.

Nurmurodov Sherbek badiiy adabiyotga beqiyos mehr qo’yganligi sababli 2019-yil tuman miqyosida o’tkazilgan “Yosh kitobxonlar” bellashuvining g’olibi sifatida viloyat anjumanida ham ishtirok etdi hamda “Zukko kitobxon” yo’nalishida faxriy yorliq va 20 nomdagi badiiy asarlar to’plamini qo’lga kiritdi.

Nurmurodov Sherbek Nabijon o’g’li ayni vaqtda o’z imkoniyatlarini ishga solib, ingliz tili bo’yicha mutaxassis bo’lib yetishish maqsadida tinmay o’qib izlanmoqda.



Maktab direktori: (imzo) Tursunov Hamdam O’roqovich

10-sinf rahbari: (imzo) Parmonov Sulaymon Nurullayevich
Download 19,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish