Bu chiziqlarning har biri o’ziga tegishli har bir nuqtaning atrofida birorta differensiallanuvchi funksianing grafigi bo’ladi. Shuning uchun, bu chiziqlar urinmalarining tenglamalarini tuzishda biz maktab kursidan ma’lum bo’lgan
tenglamadan foydalanishimiz mumkin. Misol uchun ellipsning ordinatalari manfiy bo’lmagan nuqtalardan iborat qismi
ko’rinishga keladi.
Giperbola va parabola uchun urinma tenglamalarini keltirib chiqarish o’quvchilarga mustaqil ish sifatida havola etiladi. Ularning nuqtadagi urinmalari tenglamalari mos ravishda quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
Teorema. Ellipsning bitta fokusidan chiquvchi nur sinishdan so’ng ikkinchi fokusga tushadi.
Teorema.Giperbolaning bitta fokusidan chiquvchi nur sinishdan so’ng ikkinchi fokusga tushadi.
Teorema. Parabolaning fokusidan chiqubchi nur sinishdan so’ng uning o’qiga parallel to’g’ri chiziq bo’ylab harakatlanadi.
1.4. Ikkinchi tartibli chiziqlarni qutub kordinatalari sistemasida berilganiga doir masalalar
Xulosa Maktab geometriya kursida vektorlar va ular ustida amalalar, vektorlar skalyar ko’paytmasi kabi masalalar ijobiy hal qilindi. Analitik geometriyada esa affin koordinatalar sistemasi, sferik koordinatalar sistemasi, silindrik koordinatalar sistemasi, dekart koordinatalar sistemasi va qutb koordinatalar sistemasi haqida tushunchalar berildi, ulardagi almashirishlar asosiy formulalar keltirib o’tildi. Qutb koordinata sistemasidagi tenglamalar va parabola, ellips, giperbolaning ba’zi koordinatalar sistemasidagi tenglamalari keltirildi.
Matematikaning ichki qonuniyatlari asosida masala va misollar yechib, o’quvchilarning mustaqil fikrlashlari, mavjud bilimlarni tatbiq etish faoliyati matematika o’qitish jarayonida izchillik, ilmiylik kabi didaktik tamoyillardan o’rinli foydalanib, ularning tadqiqiy faoliyati metodik jihatdan to’g’ri tashkil qilindi va matematika o’qitishdagi barcha ko’rinishlar, metodlar, vositalar umumta’lim maktablari o’quvchilari va o’rta maxsus kasb – hunar ta’limi talabalari ko’nikmalarini shakllantirishga qaratildi. Pirovardda, ularning tadqiqiy ko’nikmalarini shakllantirishga erishdik.
Umuman olganda, ushbu mavzu menda katta tassurot qoldirdi. Shuning uchun qolgan talabalarga ham bu mavzuni o’rganib chiqishni va shu sohada ilmiy izlanishlar olib borishlarini maqsadga muvofiq deb o’ylayman.