Elektr ta’minoti tizimi va vositalari.
SHaxtalar ikki akkumulyatorli batareyali akkumulyatorli elektrovozlar bilan ta’minlanadi: birtasi elektrovozda, ikkinchi (zahira) odatda zaryad ostida bo’ladi.
Zaryadlash qurilmalaridan birgalikda foydalanish uchun RUV-Zar sirqish relesi ko’rib chiqildi, zaryadlanish zanjirida izolyatsiya qarshiligini yo’l qo’yib bo’lmaydigan kamaytirish holatida qurilmadan avtomatik ravishda uzadi.Elektrovoz (elektro... va ruscha: воз/voz(it) — tashimo) — asosan, kontakt tarmogʻi, baʼzan oʻziga oʻrnatilgan akkumulyatorlar yoki faqat akkumulyatorlardan energiya oladigan lokomotiv. Vazifasiga koʻra, magistral (yuk, yoʻlovchi va yukyoʻlovchilarga moʻljallangan), manyovrchi, sanoat va konlarda ishlatiladigan, foydalaniladigan tok turiga koʻra, oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tokda ishlaydigan turlarga boʻlinadi. Elektrovozga mexanik va elektr jihozlar oʻrnatiladi. Mexanik qismiga kuzov, ramalar, gʻildiraklar, tortish yuritmasi, ressoralar, tormoz qurilmalari, elektr qismiga dvigatellar va boshqalar apparatlar kiradi. Magistral yoʻlovchi Elektrovozlarning tezligi soatiga 200 km va undan yuqori, yuk Elektrovozlariniki 110—120 km, Elektrovozlar dvigatelining quvvati 6500 kVt ga yetadi. Oʻzgarmas tok Elektrovozining f.i.k. 86 — 87%. Birinchi magistral Elektrovoz 1932-yilda Rossiyada yasalgan, keyinchalik takomillashtirib borilgan. Elektrovozning tortish kuchini oshirish uchun bir-biriga ulangan bir necha Elektrovozdan foydalanish mumkin. Ular bitta (odatda, oldindagi) Elektrovozdan boshqariladi. Oʻzbekiston temir yoʻllarida ham teplovozlar bilan bir qatorda Elektrovozlar ham qatnaydi.
Sirqish relesining ayrim texnik ma’lumotlari: 25 Gts operativ tok chastotasi; 5,4 mA releda tokni ishlashi; 2,1 kOm keskin qarshilik izolyatsiyasi o’rnatmasi; uzish 13 kOm bir fazali bir fazali sirqish qarshiligi.
ZUK-155/230M takomillashtirilgan qurilma har tomonlama rele sizishiga ega bo’lib, uning sxemasi RUV-Zar rele sizishi sxemasiga o’xshashdir. Oxirgi yillarda zaryadlash qurilmalarini yangi turlarini yaratish va takomillashtirish bo’yicha intensiv ravishda ish olib borilmoqda. Bu ishlarning asosiy yo’nalishlari: amaldagi zaryadlash qurilmalarini takomillashtirish, (tiristorli) ventillar bilan zaryadlash qurilmalarini boshqarish induvidual va guruhli batareya zaryadlari uchun va elektrovozlarda joylashtirilgan zaryadlash qurilmalarini yaratish.
Kontakli elektrovozlar uchun nimstantsiya shinalarida 275 va 600 V kuchlanishli o’zgarmas tokli elektr ta’minoti qo’llaniladi.
Bugungi kunda elektr ta’minoti ikki tizimidan foydalaniladi:
Markazlashgan, bunda shaxtaning kontaktli tarmoqlarida bir elektr transportni ta’minlovchi nimstantsiyadan quvvatlanadi va xavfsizlik maqsadida va ishlab chiqarishda ta’mirlash ishlarining qulayligi ikki sektsiyaga bo’linadi, uzgich yoki sektsiyali ajratgich yordamida o’zaro birlashtiriladigan;
Markazlashtirilmagan, bunda sektsiyadan iborat bo’lgan kontaktli tarmoq turli nuqtalarda tarmoqqa ulangan bir nechta elektr transportni ta’minlovchi nimstantsiyadan quvvatlanadi.
Elektr transportni ta’minlovchi nimstantsiya – bu komplekt agregat bo’lib, quyidagilardan iborat: ventillar kuch bloki, ularni sovutish tizimi, ventillarda kuchlanish va tokni tenglashtirish qurilmasi, boshqaruv apparati, himoya, nazorat va signalizatsiyalash, himoya kommutatsion apparatlar va nazorat o’lchov asboblari.
SHaxta va konlarda statsionar avtomatlashtirilgan elektr transportni ta’minlovchi nimstantsiya ATS eng ko’p ommalashishga ega bo’ldi. ATP-500/275M nimstantsiyalari sxemasi va boshqarilmaydigan ventillar qo’llanilgan, ATP-500/600 nimstantsiyasi sxemasida tiristorlar qo’llanilgan.
Ayrim kon sanoati rayonlarida umumsanoat bajarishida tortish agregatlari qo’llaniladi: slanetsli shaxtalar VUR-400-1000M, Podmoskovya hovuzi shaxtalarida ATPP-500/275.
ATP-500/275M elektr transportni ta’minlovchi nimstantsiyasi printsipial sxemasi 4 rasmda keltirilgan.
Nimstantsiyalarni quvvatlash 6 kV uch fazali tarmoqdan TV transformatori orqali amalga oshiriladi, ikkilamchi cho’lg’am uchburchakka birlashtirilgan va 220V kuchlanishni ta’minlab beradi. To’g’rilagich VD1 ‑ VD12 12 diodga ega, har yelkasiga ikki parallel bo’yicha birlashtirilgan.
To’g’rilagich sxemasi – uch fazali yo’l. Diodlar ichki ishlab ketuvchi signalizatsiya qurilmasiga ega tez harakatlanuvchi PNB F1 - F6 xildagi eruvchan muhofazalagichdan himoyalangan.
Himoya blokida o’rnatilgan teskari ketma-ketlikdagi faza relesi muhofazalagichlarning istalgan birtasini ko’yib qolishida, QS avtomatik uzgichning o’chishiga buyruq beradi,to’g’rilagichlarni tashqi q.t.dan himoya qiladi va kuchayib borayotgan tok tezligidan ta’sirlanuvchi EO rele yordamida o’chiriladi.
Rto reaktori tokni cheklash va tok himoyasi induktiv datchigi vazifasini bajaradi. Diod bloki va reaktori V ventilyator tomonidan puflanadiyu Diodlarni qizib ketishidan himoyalash termosignalizator bilan amalga oshiriladi, qizigan havoning chiqish yo’lida termaballon o’rnatilgan. Tortish tarmog’i kontaktli uzatmadan iborat, relьs zanjiri, kabelni so’ruvchi va ta’minlovchi sektsion ajratgichlar. SHaxtalarda TF( trolleyli, fasonli) 65 - 100 mm2 kesimli toza qattiq tortilgan misdan bo’lgan kontakli uzatma qo’llaniladi.
Kontaktli uzatmani ilgichi tortki yordamida elastik po’lat tros yoki simdan bo’lgan. Kontakli uzatma yerdan to’qasimon va yong’oqsimon qilib izolyatsiyalanadi.
Oraliq va yordamchi ishlab chiqarishlarda R18 relьslaridan foydalaniladi, asosiy tashib chiqarish uchun ishlab chiqarish R24 i RZZ relьslar qo’llaniladi.
Relьslarning tutashgan joyi yoki elektr payvandlash yo’li bilan, yoki kesmasi 50 mm2 kam bo’lmagan po’lat uchlik yoki aylana va polosali po’latdan mis simdan bo’lgan tutashtirgich bilan birlashtiriladi.
SHaxtalarda so’ruvchi va ta’minlovchi kabellar sifatida bir simli bronlangan SBSHV kabeli yoki 70 - 100 mm2 kesmali SP dan foydalaniladi.
Sektsiyali ajratgichlar kontak uzatmalarini ayrim uchastkalarini elektrli birlashtirish uchun xizmat qiladi va har 500 mda va bundan tashqari barcha shaxobchalarda o’rnatiladi. Tortish nimstantsiyalarida ta’minlovchi tortish tarmog’i va taqsimlovchi punktlari maksimal tok va nolь himoyani amalga oshiruvchi avtomatik tez harakatlanuvchi uzgichlar bilan jihozlanadi.
Kontakt tarmog’i boshida va sektsiyalash postlarida ajratgichlar o’rnatiladi.
ADABIYOTLAR
‘’Kon mashinalari elektr jihozlari va avtomatlashtirish’’ Majmuasi
Google
Http://n.ziyouz.com
Http://uz.wikipedi
Do'stlaringiz bilan baham: |