Elementar zarralar haqida umumiy tushincha asosiy qism



Download 22,38 Kb.
Sana05.07.2022
Hajmi22,38 Kb.
#740809
Bog'liq
Kurs ishi


Reja
Kirish.
Elementar zarralar haqida umumiy tushincha
ASOSIY QISM:
1. Elementar zarralar tarkibi
2. Elementar zarralarni xarakterlovchi kattaliklar. Antizarralar.
3. Elementar zarralarning sinflari va kvark modeli. Glyuonlar
4.Elementar zarralarni kuzatish va qayd qilish usularri
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Elementar zarralar fizikasi fizika fanlari ichida, jumladan, yadro fizika


Kursining tarixan eng so’nggi yillarida tarkib topgan bo’limlaridan
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda fizikaning, yadro fizikasining boshqa
bo’limlaridan fundamental qonuniyatlar o’rganilgan bo’lsa, elementar
zarralar fizikasida bu muammolar to’la hal etilmagan.
Elementar zarralar tushunchasi o’zi murakkabdir. Dastlab
bu tushuncha tarkibiga boshqa zarralar kirmagan, ichki strukturaga ega bo’lmagan soda tuzilgan zarralar uchun qo’llanilgan. Lekin, fanning rivojlanishi bilan elementar deb xisoblangan zarralar murakkab tuzilishga ega ekanligi ma’lum bo’lib, ko’p zarralar elementar emasligi aniqlandi.Shunday qilib, elementarlik tushunchasi fan taraqiyoti bilan o’zgarib kelmoqda.Yaqin vaqtlargacha (proton,neytron, mezonlarni) koinotni tashkil etgan materiyaning bo’linmas boshlang’ich elementlari, ya’ni dunyo tuzilishining eng kichik <> deb hisoblanib kelgan edi.
Ammo mikrodunyo tuzilishining elementar zarralari ustidan hozirgi zamon tatqiqotlari ularning ma’lum sharoitlarida bir-biriga aylanishini aniqladi.Masalan, proton yadro tarkibida neytronga
p va aksincha, neytron protonga
n aylanishi mumkin. Lekin, bundan proton-neytron,
pozitron va neytrinodan, neytron esa proton ,electron,antineytrinodan
tashkil topgan degan ma’no kelib chiqmaydi.
Hozirgi vaqtda yuzlab zarralar aniqlandi, bu zarralar tarixan nomlanishi bo’yicha elementar zarralar deb ataladi. Bu zarralardan qaysilari haqiqiy elementar zarralar ekanligni aniqlash qiyin. Lekin haqiqiy elementar zarralar yoki fundamental zarralar mavjud deb qaraladi, uni aniqlash muommosi kun tartibidan olingan emas.
Hozirgi vaqtda electron myuon, taon, ularning antizarralari va neytrinolari, kvarklar fotonlar, oraliq , bozonlar haqiqiy elementar zarralar deb hisoblanadi.

Elementar zarralar tarkibi
Elementar zarralar deb, fizika fanining hozirgi taraqqiyot bosqichida eng sodda, ma’lum ichki strukturaga ega bo’lmagan, faqat bitta zarradan tashkil topgan zarralarga aytiladi.
1932-yilgacha elementar zarralarning soni-elektron,proton va neytron edi.1956-yilga kelib ularning soni 30 ga bordi. Hozirgi vaqtda barqaror bo’lgan va o’rtacha yashash vaqti s dan kam bo’lmagan (qiyosan barqaror bo’lgan) 39 ta elementar zarra mavjud.
Bundan tashqari 300 dan ortiq qisqa muddat yashovchi zarralar kashf qilindi. Avvalo shu zarralarning kashf qilinishi bilan qisqacha tanshaylik.
Elektron - birinchi elementar zarra bo’lib, atom tarkibiga kiradi.Uning mavjudligi haqida 1881-yilda Stoney (J.J.Stoni) oldindan postulat tarzida aytgan. 1897-yilda J.J.Tomson elektronning solishtirma zaryadini o’lchab, elektronning mavjudligini eksperimental kashf etgan. Elektron barqaror zarra, uning yashash vaqti kamida yilga teng ekanligini aniqlagan (qiyoslash uchun: bizning koinot <> 2 yil yashar ekan).
Proton p-atom yadrosi tarkibiga kiruvchi birinchi elementar zarra bo’lib, 1919-yilda kashf etilgan. Lekin qaysi hodisani proton kashf qilingan hodisa deb aytish qiyin, chunki vodorot ioni sifatida u uzoq vaqtdan buyon ma’lum edi. Protonning kashf qilinishida 1911-yilda E.Rezerford yaratgan atomning planetar modeli ham, 1906-1919-yillarda J.Tomson, F.Soddi, F.Aston tomonidan izotoplarning ochilishi ham, azot yadrosidan alfa-zarralar urib chiqargan vodorod yadrolarini kuzatish ham rol o’ynaydi.
Proton ham barqaror zarra. Uning yasash vaqti yildan kam emas ekan.
Neytron n-atom yadrosining tarkibiga kiruvchi ikkinchi elementar zarra bo’lib, uni 1932-yilda J.Chetvig kashf etgan.Neytron faqat barqaror atom yadrolari tarkibidagina turg’undir. Erkin atom yadrosidan tashqarida neytron barqaror emas, uning o’rtacha yashash vaqti 15 minutga yaqin.
Neytrino ν. Neytrinoning mavjudligi haqidagi gipotezani 1930-yilda V.Pauli energiyaning saqlanish qonunini qutqarish maqsadida tavsiya qilgan edi. E.Fermining 1934-yilda yaratgan -yemirilish nazariyasi (neytrino ishtirokida) eksperimentlarda tasdqlandi. Biroq fiziklar Neytrinoni <> guncha 20 yildan ortiq vaqt o’tdi va nihoyat, 1953-yilda F.Reynis va K.Kouen tomonidan atom reaktorida o’tkazilgan tajribalarda qayt etildi.Hozirgi vaqtda uning - elektron neytrino, -myuon neytrino, -taon neytrino deb ataladigan uchta turi mavjud.Neytrino barqaror zarra.
Myuon (yoki myu-mezon).Bu zarrani 1937-yilda K.Anderson va S.Nedermayyer kashf qilgan.Tabiatda ikki xil myuon uchraydi:
(my-minus)-mezon va (my-plus)-mezon.

Download 22,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish