Elektrotexnika Navigatsiya qismiga oʻtishQidirish qismiga oʻtish



Download 13,47 Kb.
Sana23.04.2022
Hajmi13,47 Kb.
#577783
Bog'liq
43-Elektrotexnika va elektronika haqida tushuncha


Elektrotexnika
Navigatsiya qismiga oʻtishQidirish qismiga oʻtish
Elektrotexnika (elektro... va texnika) — fan va texnikaning energiyani oʻzgartirish, materiallar ishlab chiqarish hamda ularga ishlov berish, axborotlarni uzatish va boshqalar masalalarni amalga oshirishda elektr va magnit hodisalardan foydalanish bilan shugʻullanuvchi sohasi.
Elektr va magnetizm haqidagi bilimlarning rivojlanishi Elektrotexnikaning yaratilishiga olib keldi. 17—18-asrlarda chex fizigi P. Divish, rus fizigi G.V. Rixman, M.V. Lomonosov, Sh.O. Kulon va boshqalar ning ishlari elektr hodisalarini tadqiq qilishga bagʻishlandi. Birinchi uzluksiz tok manbai — volʼt ustuni, keyinchalik ancha mukammal galvanik elementlarning paydo boʻlishi Elektrotexnikaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. 19-asrning birinchi yarmida elektr tokiga bogʻliq boʻlgan kimyoviy, issiqlik, yorugʻlik va magnit hodisalariga doir koʻpgina tadqiqot ishlari oʻtkazildi. Shu davrda elektrodinamikaga asos solindi, elektr zanjirining muhim qonuni — Om konuni kashf qilindi. Telegrafiya, harbiy ish, elektr oʻlchash ishlarida bu sohadagi yutuqlardan ayniqsa keng foydalaniddi. Elektromagnit induksiyaning kashf etilishi elektr mashinalari — dvigatel va generator yaratilishiga sabab boʻldi.
19-asrning 70yillari oxirida J.K. Maksvellnkng ishlari elektromagnit maydon taʼlimotiga asos soldi. 80- yillarda oʻzgarmas tok asosida ishlaydigan elektr mashinalari hozirgi zamon mashinalari shaklini oldi. Elektr mashina generatorlari bilan bir vaqgda kimyoviy tok manbalari ham rivojlantirila bordi. Bu sohada qoʻrgʻoshin akqumulyatori yaratildi (fransuz fizigi G. Plante, 1859) va rivojlantirildi.
Elektrotexnikaning keyingi taraqqiyoti Elektrotexnika sanoatining paydo boʻlishi va elektr yorugʻligidan keng foydalanish bilan bogʻliq boʻldi. Elektr yoritish manbalarining yaratilishi va ishlatilishida qoʻlga kiritilgan yutuklar yorugʻlik texnikasining rivojlanishiga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Elektr yorugʻliganing keng joriy qilinishi elektr energiyasi sistemasining yaratilishiga olib keldi. Elektr toki metall nusxalar koʻchirish va metall qoplash sohasida ham qoʻllanila boshladi (qarang Galvanotexnika).
19-asrning 70—80- yillarida elektr energiyaning masofalarga uzatilishi masalasi hal qilinganidan keyingina elektr energiyasidan amalda keng foydalanishga imkon tugʻildi.
Elektrotexnikaning hozirgi taraqqiyoti bosqichiga asos solgan ixtirolar qatoriga M.O. Dolivo-Dobrovolskiy yaratgan uch fazali tok transformatori, uch fazali generator va dvigatel hamda uch fazali tok sistemalarini kiritish mumkin. Elektr energiyasiga boʻlgan talabning quchayishi kuchli elektr st-yalari va elektr tarmoqlari qurilishiga, yangi elektr energetika sistemalarini yaratish va eskilarni qayta tiklashga sabab boʻddi. Elektrotexnika qurilmalarining takomillashishi yuqori quchlanish elektr zanjirlari texnikasi va nazariyasining , elektr mashinalari, elektr yuritmalari nazariyasi kabi ilmiy sohalarning shakllanishiga yordam berdi. Elektrotexnika yutuqlari radiotexnika, elektronika, telemexanika, avtomatika, hisoblash texnikasi va kibernetikatlsh rivojlanishiga olib keddi.
Elektrotexnikaning muhim boʻlimlaridan biri — elektromexanika energiyaning oʻzgarishi bilan bogʻliq masalalarni oʻz ichiga oladi.
Murakkab elektr energetika sistemalarini optimal boshqarish va ularning chvdamliligini oshirish usullarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Bu masalalarning hal qilinishi modellash va ehtimollar nazariyasidan foydalanishga asoslangan. Elektrotexnikaning yana bir muhim yoʻnalishlaridan biri — xossalari oldindan belgilanadigan murakkab elektromagnit maydonlarini yaratishdan iborat. Intensivligi yuqori boʻlgan impuls maydonlarini oʻrganish katta amaliy ahamiyatga ega (qarang Impulslar texnikasi). Bu sohadagi ishlar natijasidan oʻta kuchli elektr transformatorlari va elektr reaktorlari yaratishda foydalaniladi.
Elektrotexnika nazariy usullari moddalar xossasini tekshirish, yadro va lazer texnikasi vositalarini ishlab chiqish, tirik organizmlarning mikrodunyosi va hayot faoliyatini oʻrganish, kosmik fazoni oʻzlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan qator sohalarida rivojlanmoqda. Elektrotexnika yutuqlari inson amaliy faoliyatining barcha sohalarida — sanoat, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot va turmushda qoʻllanilmoqda.Elektronika
Navigatsiya qismiga oʻtishQidirish qismiga oʻtish
Elektronika — fan va texnikaning elektronlar va boshqalar zaryadlangan zarralarning elektromagnit maydon hamda turli jismlar bilan oʻzaro taʼsiri qonuniyatlarini oʻrganish, bu oʻzaro taʼsirdan foydalanib energiyani oʻzgartiradigan elektron asbob va qurilmalarni yaratish usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan sohasi. Matematika, fizika, nazariy elektronika kabi fanlar Elektronikaning nazariy asosini tashkil qiladi. Elektronikada axborotni diskret va uzluksiz elektromagnit signallar koʻrinishida olish va ularni oʻzgartirish, almashtirish masalasi ham oʻrganiladi. Elektronlarning juda kichik inersion xossaga ega ekanligi ularning elektron asboblar ish hajmidagi makromaydonlar bilan ham, atom, molekula yoki kristall panjara ichidagi mikromaydonlar bilan ham oʻzaro taʼsiridan chastotasi 1012Gs gacha boʻlgan elektromagnit terbanishlarni, shuningdek, chastotasi 1012— 1020Gs boʻlgan infraqizil, optik, ultrabinafsha va rentgen nurlanishlarni samarali generatsiyalash, oʻzgartirish va qabul qilish imkonini beradi. Elektron jarayonlar va hodisalarni, shuningdek, elektron asbob va qurilmalar yaratish usullarini tadqiq qilish natijalari elektron texnikaning turlituman asbobuskunalarini, hisoblash texnikasi, informatika, aloqa, radiolokatsiya, televideniye, telemexanika va boshqalar sohalardagi murakkab masalalarni hal qilishga moʻljallangan turli tizimlar va komplekslarni yaratishda oʻz aksini topgan.
Elektronikaning asosiy ilmiy masalasi vakuum, elektromagnit maydon va bir jinsli boʻlmagan muhitda zaryadlangan atom zarralarining harakati va bu bilan bogʻliq fizik hodisalarni oʻrganish va amaliy yoʻnalishini belgilash, amaliy masalasi esa axborotni hosil qiluvchi, oʻzgartiruvchi va uzatuvchi tizimlarda, hisoblash texnikasida, energetik qurilmalarda, ishlab chiqarish texnologiyasida har xil vazifalarni bajaruvchi elektron asbob va qurilmalar yaratishdan iborat.
Elektronika yutukdari radiotexnika taraqqiyoti, tranzistorlar, uzatuvchi televizion trubkalar yaratilishi bilan uzviy bogʻliq.
Olimlar J.K.Maksvem, O.U.Richardson, T.A.Edison, T.Gers, Gʻ.V.Rentgen, J.Tomson, X.K.Lorentsyatlsh ishlari 20-asr boshida Elektronikaning fan sifatida shakllanishiga asos boʻldi. Rus olimlari A.G.Stoletov, A.BonchBruyevich, N.G.Basov, A.M.Proxorov, S.V.Vavilov, A.A.Chernishev va boshqalar, amerika olimlari Ch.Tauns, L.De Forest,Z.Varvan, R.Varman, R.Kompfner va boshqalar bu fan taraqqiyotiga muhim hissa qoʻshishdi.
Elektronika 3 boʻlim: fizik Elektronika, texnik Elektronika va Elektronika texnologiyasi boʻlimlaridan iborat. Fizik Elektronika vakuumda, elektromagnit maydonlar va boshqalar har xil muhitlarda atom zarralari, ionlar va neytral atomlarning harakati va ular bilan bogʻliq boʻlgan fizik qonuniyatlarni, elektron va ion asboblar, qurilmalarni yasash, elektron asbob va qurilmalar yordamida elektromagnit energiyasini olish, uzatish va qoʻllanish prinsiplarini, atom zarralari oqimlarini, ionlar, kvantlar, elektromagnit maydonning moddalarga taʼsirini nazariy va amaliy oʻrganish bilan shugʻullanadi; elektron emissiya, ionlashish, energetik sathlar, yarimoʻtkazgichlarda tunnel effekti, elektron oqimlarni fokuslash kabi hodisalarni oʻrganadi.
Texnik Elektronikada elektron va ion asboblar, qurilmalar va tizimlarni fan, sanoat, aloqa, xalq xoʻjaligi, transport va boshqalar sohalarda qoʻllash nazariyasi va amaliy hal qilish masalalari koʻriladi. Texnik Elektronikaga elektronnurli trubka, ossillograf, rentgen qurilmalari, EHM, simobli tok oʻzgartirgichlar, radiolokatorlar, integral sxemalar va boshqalar kiradi. Elektron apparatlarning qoʻllanishiga qarab, texnik Elektronika mustaqil radioelektronika, sanoat, yadro Elektronikasi kabi yoʻnalishlarga boʻlinadi.
Elektron asboblar ishlab chiqarish texnologiyasi ushbu bosqichlar ishchi elementi materiallarini olish, ularning elektrofizik, optik, emission parametrlarini oʻrganish, ularga kerakli shakl, oʻlcham va sirt xossalari berish uchun mexanik, kimyoviy va elektrokimyoviy qayta ishlash, yarimoʻtkazgich materiallardan rp oʻtish qismlarini olishda plastik va kristallarni qayta ishlash, asboblarni yigʻish va boshqalar oʻta nozik va murakkab bosqichlardan tashkil topadi.
Elektronika elektron va ionli hodisalarning tabiati va qanday muhit hamda moddada borayotganligiga qarab, vakuum Elektronikasi, qattiq jism Elektronikasi va kvant Elektronika sohalariga boʻlinadi. Har bir soha bir necha yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi.
Vakuum Elektronikasi quyidagi qismlardan iborat: 1) emission Elektronika, 2) elektronlar va ionlar oqimini hosil qilish va ularni boshqarish; 3) elektron lyuminessensiya; 4) yuqori vakuum fizikasi va texnikasi; sirt hodisalari; 6) gaz razryadli asboblar fizikasi va boshqalar Vakuum Elektronikaning asosiy yoʻnalishlari: elektron lampalar, yuqori chastotali elektronvakuum asboblar (magnetronlar, klistronlar, yuguruvchi toʻlqin lampalari va boshqalar), elektron nurli asboblar (kineskoplar, ossillograf trubkalari va boshqalar); fotoelektron asboblar (fotoelektron koʻpaytirgichlar va boshqalar); rentgen trubkalari, gaz razryadli asboblar (kuchli tok oʻzgartirgichlari, yorugʻlik manbalari, indikatorlar).
Qattiq jism Elektronikasining asosiy qismlari: 1) yarimoʻtkazgich materiallar xossalarini va ularga aralashmalarning taʼsirini oʻrganish; 2) kristallda har xil oʻtkazuvchanlik xossalariga ega boʻlgan sohalarni hosil qilish; 3) zarur xossa va shaklga ega boʻlgan metallyarimoʻtkazgich, dielektrikyarimoʻtkazgich , yarimoʻtkazgichkontaktli materiallarni olish va ularning texnologiyasini ishlab chiqish; 4) metall, dielektrik, yarimoʻtkazgich va qotishmalar sirtidagi fizikkimyoviy hodisalarni oʻrganish va ularni boshqarish usullarini topish; 5) oʻta kichik oʻlchamdagi asbob elementlarini olish va fundamental masalalarni oʻrganish. Qattiq jism Elektronikasi, asosan, yarimoʻtkazgichlar Elektronikasi bilan bogʻliq. Qattiq jism Elektronikasi yarimoʻtkazgichli asboblar (diodlar, tranzistorlar) yaratish va dielektrik elektronika, magnetoelektronika, akustoelektronika, pyezoelektronika, krioelektronika kabi yoʻnalishlarga ega.
Kvant Elektronikaning asosiy yoʻnalishlari lazer va mazerlar yaratish, bu asboblarni turli amaliy masalalarni hal qilishga (masofani aniq oʻlchash, vaqt va chastota etalonlarini yaratish, energiyani uzatish, uzoq kosmik aloqa, tibbiyot va ishlab chiqarishning baʼzi sohalarida maʼlum vazifalarni bajarishga) joriy etishdan iborat.
Elektronika asboblari materiallarini olish va tayyorlash masalalarini materialshunoslik fani hal qiladi. Elektron asboblar texnologiyasi murakkab boʻlganligi uchun barcha texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish talab qilinadi. Elektron asboblar texnologiyasi bilan bogʻliq boʻlgan masalalar mashinasozlik sanoatida elektron mashinasozligi tarmogʻining paydo boʻlishiga olib keldi. Elektronika oldida boshqaruv, hisoblash, aloqa va oʻlchash elektron tizimlarida qayta ishlanuvchi maʼlumotlar miqdorini, integral sxemalar samaradorligini oshirish, stereotelevideniye prinsiplari va vositalarini ishlab chiqish, amalga oshirish, millimetrli va santimetrli diapazonda ishlovchi oʻta yuqori chastotali Elektronika asboblarini yaratish, mukammallashtirish, kristall panjara boʻshliqlari — kanallarida harakatlanuvchi zarralar xossalaridan foydalanib generatorlar, kuchaytirgichlar kabi turli Elektronika asboblari yaratish, elektron asboblar texnologiyasini mukammallashtirish masalalari turibdi. Elektronika mehnat unumdorligini oshirishda juda qoʻl keladi. Elektronika asboblari fan, texnika va ishlab chiqarishda keng qoʻllaniladi.
Elektronika fani va texnikasining yutuqlari inson faoliyatining deyarli hamma sohalarida qoʻllanilmoqda. Elektron texnika vositalari keng koʻlamli asbob va qurilmalarning ajralmas qismiga aylandi. Ular orasida katta integral sxemalar (KIS) asosida yaratilgan mikroprotsessorlar alohida oʻrinni egallaydi. Soʻnggi vaqtlarda oʻta katta integral sxemalar (OʻKIS) ishlab chiqildi; ular asosida mikro EHM lar yaratiddi. Ular xalq xoʻjaligini boshqarishda, sanoatning turli sohalarida, tibbiyotda, inson hayoti va faoliyatining koʻpgina sohalarida keng qoʻllaniladi. Elektronika fani va texnikasi asosan ikki yoʻnalish: informatsiyahisoblash taʼminoti muammolari hamda energiya olish va undan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha rivojlanmoqda.
Download 13,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish