1 mavzu: Radioelektronika fani. Fanning vazifasi. Fanining fizikaning boshqa
boʻlimlari bilan bog’liqligi.
Radioelektronika XX asrning o’rtalarida radiotexnika va elektronika fanlarining yutuqlari
asosida yuzaga kelgan fan sohasi hisoblanadi. Uning asosini radiotexnika fani tashkil etadi.
Maʻlumki, radiotexnikaning asosiy vazifasi elektromagnit to’lqinlar yordamida axborotlarni
uzatishdan iborat. Shuningdek, radiotexnika elektr tebranishlarni kuchaytirish, generatsiyalash,
elektr signallarini o’zgartirish va elektromagnit to’lqinlar yordamida mashina va mexanizmlarni
maʻlum masofadan turib boshqarish kabi masalalar bilan shug’ullanadi. Radio lotincha “radio”
so’zidan olingan bo’lib, nurlatmoq degan maʻnoni anglatadi. elektronika esa zaryadlangan
zarralarning turli muhitlar: vakuum (gaz, qattiq jism) hamda ularning chegaralarida ro’y
beradigan elektron jarayonlar haqidagi fan. Shuningdek, elektronika elektronlarning elektr va
magnit maydonlar bilan o’zaro taʻsiri natijasida yuzaga kelgan fizikaviy hodisalar va ularga
asoslangan elektron asboblarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
Elektron va yarim o’tkazgichli asboblar hozirgi zamon radioelektron qurilmalarining
asosini tashkil etadi.
Keyingi yillarda Elektronika va signallarni qayta ishlashning mikroelektronika,
funktsional elektronika va raqamli elektronika kabi sohalari jadal rivojlandi. Bu fan sohalarining
erishgan yutuqlari asosida EHMlar, mikroprotsessorlar, robototexnikaning yangi avlodlari,
nurtolali aloqa tizimlari axborot texnologiyalari va internet tizimlari yaratildi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda robototexnika, komp’yuter texnikasi, axborot
texnologiyalari va Internet tizimlari kabi sohalar rivojlantirildi. Hozirgi paytda xalq
xo’jaligining barcha sohalarini komp’yuterlashtirish, EHM larni texnik qurilmalar bilan
bog’lash, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo’yicha yuqori ko’rsatkichlarga
erishilgan.
Mikroelektronika
qurilmalarini
yaratish,
texnologik
jarayonlarni
boshqarishni
avtomatlashtirish va fan-texnikaning muhim tadqiqotlarini o’tkazishga oid masalalarni echishda
radioelektron qurilmalardan samarali foydalanishni talab etadi.
Xalq xo’jaligi, sanoat va texnikaning Elektronika va signallarni qayta ishlash qurilmalari
qo’llanilmagan biror sohasini topish qiyin. Masalan, Elektronika va signallarni qayta ishlash
qurilmalari asosan tibbiyotda, hisoblash texnikasida, Shuningdek, avtomatika, geologiya,
meterologiya va texnikaning turli sohalarida qo’llanilib kelinmoqda. Mikroprotsessorli texnika
yutuqlari va vositalarini xalq xo’jaligiga qo’llash natijasida xalq farovonligi oshib bormoqda.
Mamlakatimiz mudofaa qobiliyati va iqtisodiyotini mustahkamlashda ham Elektronika va
signallarni qayta ishlashning roli beqiyosdir.
Dastlab radiotexnika asosan radioaloqani amalga oshirish va uni takomillashtirish usullari
bilan Shug’ullangan bo’lsa, keyinchalik elektronikaning taraqqiy etishi tufayli uning qo’llanish
sohalari
kengayib,
televideniya,
telemexanika,
radiolokatsiya,
hisoblash
texnikasi,
radiospektroskopiya, radioastronomiya, robototexnika kabi fan sohalari yuzaga keldi.
Ayniqsa, mikroelektron qurilmalarni ishlab chiqish va ularni fan-texnikaning turli
sohalariga joriy etishda, radioaloqaning yangi turlarini yaratishda, Shuningdek, moddalar tarkibi
va strukturasini tahlil etishda, elektron nazorat qurilmalari hamda texnologik jarayonlarni
boshqarishni avtomatlashtirishda Elektronika va signallarni qayta ishlash fani yutuqlaridan keng
foydalanib kelinmoqda. Radiotexnik usullarining ko’pligi va qulayligi ulardan fan-texnikada,
ishlab chiqarish va xalq xo’jaligining ko’pgina tarmoqlarida keng foydalanish imkonini yaratdi.
Radioaloqani amalga oshirishda elektromagnit to’lqinlarni hosil qilish, ularni tarqatish va
qabul qilish kabi radiotexnik jarayonlar muhim ahamiyatga ega.
Radiotexnik jarayonlar radiotizimlar (radiozanjirlar) yordamida amalga oshiriladi.
Axborotni uzatishda radioaloqa tizimining asosini uzatgich, aloqa muhiti va qabul qilgich
qurilmalari tashkil qildi. Ular birgalikda radioaloqa tizimi deb ataladi. Bu tizimning blok
sxemasi 1.1-rasmda keltirilgan.
1.1-rasm. Radioaloqa tizimining blok sxemasi.
Axborotni uzatish uchun mo’ljallangan qurilmalar va shuningdek, elektromagnit to’lqinlar
tarqaladigan muhit aloqa kanalini tashkil etadi.
Uzatgich jo’natiladigan xabar signallarini (nutq, muzika, tasvir va h.k) radiosignallariga
aylantirib beradi. Qabul qiluvchi qurilma esa, boshlang’ich maʻlumotlarni tiklaydigan qurilma
hisoblanadi.
Hozirgi paytda Elektronika va signallarni qayta ishlash fanining tarmoqlari va uni
qo’llanish sohalari ancha kengaygan.
Elektronika va signallarni qayta ishlash barcha elektron qayd qilish, avtomatik boshqarish,
radioo’lchash, teleboshqarish, hisoblash texnikasi va boshqa ko’pgina elektron sanoati asbob
uskunalari va qurilmalarining asosini tashkil etuvchi fan.
Zamonaviy fan-texnika va xalq xo’jaligini Elektronika va signallarni qayta ishlashning
muhim yo’nalishi bo’lmish mikroelektronikasiz tasavvur etib bo’lmaydi. Mikroelektron
qurilmalari fan-texnikaning turli sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida, elektron hisoblash
Ахborot
uzatgich
Aloqa
kanali
Qаbul
qiluvchi
qurilma
mashinalarini yangi avlodlarini yaratishda muhim rol o’ynamokda. Fan-texnika taraqqiyoti,
ilmiy-texnikaviy
inqilob,
EHMlarning
hayotning
barcha
jabhalariga
kirib
borishi,
mikroelekronikaning keskin rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq. Hozirgi vaqtda zamonaviy
elektronikaning muhim yo’nalishlaridan biri nanoelektronika hamda nanotexnologiyalar
sohasida keng izlanishlar olib borilmokda va salmoqli natijalarga erishilgan.
Elektron kuchaytirgichlar, generatorlar, radioo’lchash asboblari va boshqa ko’pgina
radioelektron asboblarni ishlab chiqarish, texnologik jarayonlarini nazorat qilish hamda ilmiy
tadqiqot ishlarini avtomatlashtirishda mikro-elektronika qurilmalari qudratli vosita bo’lib
qolmokda.
Elektronika va signallarni qayta ishlash vositalaridan foydalanish natijasida ob-havoni
bashorat qilish, qazilma boylikni topish, moddalar tarkibini tahlil qilish, tibbiyotda bemorlarga
tashxis qo’yish va Shunga o’xshash ko’pgina ishlar ancha osonlashdi. Qisqa qilib aytganda,
Elektronika va signallarni qayta ishlash usullari va vositalari tabiatda mavjud moddalarning
xossalarini o’rganishni osonlashtirib bizni o’rab olgan olamda materiya tuzilishi va uning
qonuniyatlarini chuqurroq tuShunishimizga imkon bermoqda.