Oddiy elektron yarim o’tkazgichlar
Element Mendeleyev
jadvalidagi
guruhi
Ta’qiq
zonasining
kengligi, eV
Element
Mendeleyev
jadvalidagi va
guruhi
Ta’qiq
zonasining
kengligi,
eV
Bor
III
1,10
Oltingugurt
VI
1,50
Kremniy
IV
1,2
Selen
VI
1,70
Germaniy
IV
0,7
Tellur
VI
0,36
Fosfor
V
1,50
Yod
VII
1,25
Mishyak
V
1,20
134
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 463-bet.
186
4.2. Yarim o’tkazgichning o’tkazuvchanligi
Jism o’z agregat holatini o’zgartirganda atomlarning energetik holatlari tashqi
ta’sir orqali bir-biriga nisbatan siljiydi va ko’p miqdordagi energetik zonalar
vujudga keladi. Dielektrik, yarim o’tkazgich va o’tkazgichlarning energetik
diagrammalari bir-biridan keskin farq qiladi. Bu farq ulardagi ta’qiq zonalarining
o’lchami bilan belgilanadi. Har bir jismning atomi o’zining aniq spektr chizig’iga
ega. Turli atomlar o’zining aniq energetik holatiga ega bo’lib, ular bir energetic
holatdan ikkinchisiga o’tganda kvant chiqaradi yoki yutadi. Agar atom katta
energetik holatdan kichikrog’iga o’tsa, u o’zidan energiya ajratib chiqaradi va
nurlanish sodir bo’ladi, aksincha bo’laganida esa, atom energiyani yutadi.
Shunday qilib, atom tashqi energetik ta’sir orqali o’z holatini o’zgartiradi.
Yarim o’tkazgichlarning ta’qiq zonalari o’tkazgich va dielektriklarning ta’qiq
zonalari oralag’ida joylashib, mazkur zona ancha kichik va yengib o’tish uchun
ma’lum darajali energetik ta’sir yetarlidir. Agar tashqi ta’sir etayotgan maydon
energiyasi ta’qiq zonadagi elektronlarning energiyasi darajasiga yetsa, yarim
o’tkazgichlarda elektr o’tkazuvchanlik sodir bo’ladi.
To’latilgan (valent) zonadan elektron ketishi bilan uning o’rnida teshik hosil
bo’ladi va bu teshik ekvivalent musbat zaryad sifatida maydon yo’nalishi bo’yicha
siljiydi. Bu siljish elektronlarning maydonga teskari harakati natijasida ro’y berib,
teshiklar siljiyotgan elektronlar bilan to’latiladi. Harorat ortishi bilan yarim
o’tkazgichda ozod elektronlar soni ko’paya boradi, harorat mutloq nolga
yaqinlashganda esa ularning soni nolgacha kamayadi. Agar yarim o’tkazgichda
ozod elektron umuman bo’lmasa (T=OK), elektr potensiali ta’sir etgani bilan
undan tok o’tmaydi.
Elektronlarning ozod holatga o’tishi uchun sarf qilinadigan energiyani faqat
issiqlik harakati orqali emas, balki nur, elektronlar oqimi, yadro zarralari, elektr va
magnit maydonlari, mexanik ta’sir orqali ham yuzaga keltirish mumkin.
O’tkazuvchanlik zonasi qoidasiga asosan, har bir atomning aniq energetik sathi
bo’lib, unda elektronlar joylashadi. Sath gorizontal chiziq ko’rinishida ifodalanadi.
Bunda energiya qancha katta bo’lsa, chiziq shuncha balandroq joylashadi, va
187
aksincha. Elektronlar qora nuqtalar bilan belgilanib, ular quyi energetik sathda
joylashadi. Elektron yuqori sathga o’tishi uchun atomga qo’shimcha miqdorda
energiya (kvant nuri, issiqlik va hokazo) ta’sir ettirilishi kerak.
O’zaro birikib, qattiq, jism hosil qilgan ko’pgina atomlar bir-biriga ta’sir
etishi natijasida ularning elektron sathi biroz siljiydi va oqibatda jismning
energetik sath zonalari hosil bo’ladi. Elektronlar bilan to’latilgan zona ozod zona
bilan birlashib (yoki kesishib), elektronlarning ozod zonaga to’xtovsiz o’tishini va
jismda yuqori elektr o’tkazuvchanlikni ta’minlaydi.
Dielektriklarda elektronlar bilan to’latilgan zona va ozod zonalar orasida katta
energetik to’siq bo’lib, mazkur to’siq elektronlarning ozod (o’tkazuvchan) zonaga
o’tishiga halaqit beradi. Faqat katta elektr maydoni (E=E
T
) ta’siridagina
elektronlarning bir qismi ozod zonaga o’tishi natijasida dielektrikda
o’tkazuvchanlik sodir bo’lishi mumkin. Yarim o’tkazgichlarda energetik to’siq
kichik bo’lib, uni yengish uchun uncha katta bo’lmagan energiya talab etiladi.
Ozod elektronlar miqdori va yarim o’tkazgichning o’tkazuvchanligi unga ta’sir
ettirilgan energiya miqdoriga bog’liq bo’ladi. Mazkur energiya elektronlarning
to’siqni yengib, ozod zonaga o’tishiga yordam beradi.
Qo’llanayotgan aksariyat yarim o’tkazgichlar ta’qiq zonasining kengligi (0,8-
4,0)-10
-19
J, yoki 0,5-2,5 eV ga teng. Ular valent zonalarining sathlari elektronlar
bilan to’latilgan bo’lib, ma’lum harorat (T) ta’sirida o’tkazuvchan zonaga bir necha
elektron o’tadi va zonada o’shancha teshik hosil bo’ladi. Natijada, har bir
g’alayonlantirishda yarim o’tkazgichda bir vaqtning o’zida qarama-qarshi ishorali
ikkita zaryad hosil bo’ladi. Bu holda zaryad eltuvchilarning umumiy soni
o’tkazuvchan zonadagi elektronlar sonidan ikki marta ko’p bo’ladi:
n
oi
= p
oi
;
n
oi
+ p
oi
= 2n
oi
.
Solishtirma o’tkazuvchanlik quyidagicha bo’ladi:
188
= eu
oi
u
n
+ ep
oi
u
p
bunda:
u
n
, u
p
– mos ravishda elektron va teshikning siljituvchanligi.
G’alayonlantirish va rekombinatsiya jarayonlari natijasida jismda (istalgan
haroratda) g’alayonlantirilgan eltuvchilar (elektronlar yoki teshiklarning
muvozanatlashgan miqdori qaror topadi:
)
2
exp(
2
kT
W
N
n
o
oi
;
),
2
exp(
2
kT
W
N
p
u
oi
bunda: W- yarim o’tkazgich ta’qiq zonasi; N
B
– ozod (o’tkazuvchan) zonadagi
yarim o’tkazgichning hajm birligidagi energetik zonadagi yarim o’tkazgichning
hajm birligidagi energetik sathlar soni; N
B
– valent zonasidagi, xuddi shuningdek
sathlar soni; 2 raqami N oldidagi har bir sathda ikkita elektron bo’lishini
ko’rsatadi. Elektronlarning siljituvchanligi (u
p
) teshiklarning siljuvchanligi (u
p
) dan
ancha katta bo’ladi, shuningdek, ularning effektiv massalari ham bir-biridan farq
qiladi. Shu bois yarim o’tkazgichlarning elektr o’tkazuvchanligi elektron
harakterga moyil bo’ladi.
135
Do'stlaringiz bilan baham: |