(sirtqi)
ta’lim yo’nalishi talabalari uchun
1-MODUL. ELEKTR TA’MINOTI FANIGA KIRISH. ASOSIY TUSHINCHALAR.
1 – MA’RUZA.
Kirish. O‘zbekistonda energetikaning rivojlanish tarixi, bugungi xolati va istiqbollari.
Sanoat korxonalari elektr energiya iste’molchilarini guruxlash.
R e j a:
1.1.Elektr ta’minoti tushinchasi. Elektr ta’minoti asoslari faning predmeti va uslublari.
O‘zbekistonda energetikaning rivojlanish tarixi. Bugungi kundagi energetikaning xolati
taxlili va kelajak energetikasi.
1.2. Sanoat korxonalari elektr energiya iste’molchilarini guruxlash.Toki bo‘yicha,
kuchlanishi bo‘yicha, chastotasi bo‘yicha iste’molchilarning elektr ta’minoti ishonchliligi
bo‘yicha guruxlanishi, ish rejimlari bo‘yicha guruxlash.
Tayanch so‘z va iboralar:
Elektr ta‟minoti tizimi, liniyalar, podstansiyalar, elektr energiyasi iste‟molchilari,
energotizim, issiqlik elektr markazi, kapital qo„yilmalar, ekspluatatsion sarflar, mexanizmlar,
stanoklar, quvvat, tok turi, kuchlanish, fazalar soni, chastota, iste‟molchilar guruxlari,
1.1.Elektr ta’minoti tushinchasi. Elektr ta’minoti asoslari faning predmeti va uslublari.
O‘zbekistonda energetikaning rivojlanish tarixi. Bugungi kundagi energetikaning xolati
taxlili va kelajak energetikasi.
O„zbekiston energetikasi xalq xo„jaligining asosiy sohasi bo„lib, respublikada iqtisodiy
va texnika taraqiyotining mustahkam poydevoridir.
Respublikada energetikaning ravnaqi Toshkent shahri yaqinida joylashgan Bo„zsuv GESi
qurilishidan boshlangan. Quvvati 2 ming kVt bo„lgan bu stansiya 1926 yilning may oyida ishga
tushirilgan edi.
Ayni vaqtda Bo„zsuv GES ini Toshkent tramvayini elektr energiyasi bilan ta‟minlovchi
dizel elektr stansiyasi bilan bog„lovchi, uzunligi 34 km li 39 ta transformator punkti bo„lgan 6
kV li kabel tarmog„i qurilgan edi. Shu tariqa O„zbekiston energetika tizimini yaratishga asos
solingan.
1940 yilda respublikada elektr energiyasini ishlab chiqarish jon boshiga 72,5 kVt
soat ni
tashkil qilgan bo„lsa, 90 chi yillarga kelib bu ko„rsatkich 220 kVt
soat dan ortib ketdi.
O„zbekistonning energetika tizimi yiliga 60 mlrd. kVt
soat ga yaqin elektr energiyasini
ishlab chiqarish imkoniyatiga ega, unda umumiy o„rnatilgan quvvati 12,4 mln. kVt bo„lgan 38 ta
issiqlik va gidravlik stansiyalari ishlab turibdi.
O„zbekiston energetika tizimidagi barcha kuchlanishli elektr tarmoqlarining umumiy
uzunligi 225 ming km dan ziyodni tashkil qiladi, shu jumladan 220 kV ligi - 5,5 ming km, 500
kV ligi -1,7 ming km ga teng. Tarmoq transformatorlarining umumiy quvvati 42 ming MVA dan
ziyod.
O„zbekiston energetika tizimining o„rnatilgan quvvatlari tarkibidagi issiqlik elektr
stansiyalarining salmog„i 87% ni tashkil qiladi. Farg„ona issiqlik elektr markazi (IEM) 330 ming
kVt, Muborak IEM i 60 ming kVt, Toshkent IEM i 30 ming kVt quvvatga ega. Respublika
energetika tizimining 3200 MVt li Talimarjon IES, 3000 MVt li Sirdaryo IES, 1250 MVt li
Navoiy IES, 1920 MVt li Toshkent IES 730 MVt li Taxiyatosh IES eng yirik issiqlik stansiyalari
hisoblanadi. Ularga har birining quvvati 150 MVt dan 300 MVt gacha bo„lgan 30 dan ortiq
zamonaviy energetik bloklar o„rnatilgan.
Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyoda eng yirik loyiha, quvvati 3200 MVt (800 MVt li 4 ta
blok) bo„lgan Talimarjon IES ning 1 ta bloki ish holatida, hamda qolgan 3 ta bloklarni qurilishi
davom etmoqda.
Chorvoq GES (620 MVt), Xo„jakent GES (165 MVt), Farxod GES G„azalkent GES (120
MVt) eng yirik gidravlik elektr stansiyalari hisoblanadi.
Suv enegetikasining kelajak ravnaqi Pskom daryosining energetik imkoniyatlaridan
foydalanish maqsadida umumiy quvvati 1250 MVt bo„lgan GES lar tizmasi, shu jumladan
quvvati 450 MVt li Pskom GES i qurilishiga hamda kichik suv oqimlari imkoniyatlaridan
foydalanishga asoslangan.
O„zbekiston energetikasi hozir respublika xalq xo„jaligining energiyaga bo„lgan
ehtiyojlarini to„la-to„kis ta‟minlab qo„shni mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019 yil yakunlari boʻyicha
Oliy Majlisga Murojatnomasida mamlakatimizni 2020 yil va kelgusi 5 yilda rivojlantirish
boʻyicha ustivor yonalish va vazifalarini belgilab olishimiz lozim deb aytib oʻtilgan edi.
Iqtisodiy yuksalishni taʼminlash uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan infrotuzilmani
barpo etish nixoyatda zarurligi va keyingi 3 yil ichida elektr tarmoqlariga-18,2 trillion soʻm
mablag` ajratilgani bu mablag`lar oldingi 10 yildagi sarflangan mablag`lardan bir necha barobar
koʻpligi takidlangan.
Keyingi yillarda dasturiy vazifalarni amalga oshirishda Prezidentimizning 19.07.2018
yildagi PF-5484 “Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari”
va 01.02.2019 yilgi “Oʻzbekiston Respublikasi yoqilig`i-energetika tarmog`ini boshqarish
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari” toʻg`risidagi farmonlari ustuvor axamiyat kasb
etmoqda.
Elektr energetikasi Iqtisodiyot rivoji, xayot sifatini taʼminlaydigan asosiy manbalardan
biridir.
Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturlarda yaqin istiqbolda yangi
energetika quvvatlarini, elektr energiyasini uzatish tarmoqlarini barpo etish va mavjudlarini
rekonstruktsiya qilish boʻyicha 2030 yilgacha boʻlgan davrda investitsiya loyixalarini amalga
oshirish ko`zda tutilgan. Ular qatoriga:
1.Umumiy quvvati 15 GVt boʻlgan samarador issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi
ob`ektlarni qurish;
2.Elektr energiyasi ishlab chiqarish umumiy quvvati 9,5 GVt ga yaqin boʻlgan (Sirdaryo,
Navoiy, Tolimarjon, Taxiatosh, To`raqo`rg`on issiqlik elektr stantsiyalari va boshqalarda)
zamonaviy PGU elektr stantsiyalarini qurish;
3. Umumiy quvvati 3,2 GVt ga yaqin boʻlgan gaz-porshenli qurilmalar, aviatsiya gaz
turubinalari va zamonaviy elketr energiya zaxiralash tizimlari asosida (Sirdaryo,Toshkent IES,
Muborak IEM va x.k.) manyovrli ishlab chiqarish quvvatlarini qurish;
4.Umumiy quvvati 8400 MVt dan ziyod boʻlgan qayta tiklanadigan energiya manbalari
asosida ishlaydigan quyosh, shamol va gidroelekrstantsiyalarni qurish va ularning jami elektr
energiyasini ishlab chiqarishdagi ulushini 25 % ga yetkazish;
5. 2400 MVt quvvatga ega boʻlgan atom elektr stantsiyasini qurish kiritilgan.
Budan tashqari 2020 yilning 20 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoev elektr energetikasi tarmog`ida investitsiya loyixalarini amalga oshirish va soxani
rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan yig`ilishda xalqaro moliya institutlari ishtirokida
“Taxiatosh IES dan Xorazm-Sarimoy punktigacha 220 kV elektr liniyalarini tortish, “Yuqori
kuchlanishli podstantsiyalarni modernizatsiya qilish”, “To`raqorg`on IES ni qurish” loyixalarini
amalga oshirishni tezlashtirish, Elektr energiyasini eksport qilish boʻyicha mamlakatimizning
tranzit saloxiyatidan samarali foydalanish, Surxon-Puli-Xumri tarmog`ini qurishni tezlashtirish
boʻyicha ko`satmalar bergan. 2020 yilni yurtimizda "Ilm, mahrifat va raqamli Iqtisodiyotni
rivojlantirish yili" deb ehlon kilindi.
Axolimizning tinch-omon xayotini tahminlash, uning farovonligini oshirish,
iqtisodiyotimizni izchil rivojlantirish, O`zbekistonimizning xalqaro maydondagi obro`-e`tibori
va pozitsiyasini yuksaltirish, mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni mustaxkamlash boʻyicha
o`z oldimizga qo`yayotgan maqsadlar, miqyosi va ko`lamiga ko`ra, xalqimizning ezgu orzu-
umidlari bilan xamoxangdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |