Kodli yo`l transmitter konstruksiyasi va sxemasini o`rganish.
KПТШ (KYTSh) va КЖ,Ж,Зkodlari
1. Ishdan maqsad:
1. Transmitterlar va electron qurilmalarni o`rganish.
2. Mayatnikli transmitterni o`rganish.
3. Kodli yo`l transmitterlarini o`rganish.
2. Umumiy ma`lumotlar.
Transmitterlar temir yo`l avtomatika va telemexanika qurilmalarida impuls xisoblagichlari sifatida qo`llaniladi.Ular uzluksiz o`zgarmas va o`zgaruvchan tokni implusga aylantirishga xizmat qiladi. Juda keng tarqalgan transmitterlarga mayatnikli transmitter MT va kodli transmitterlar КПТ
Mayatnikli transmitterlar MT. Ular o`zgarmas tokdan tekis impulslar ishlab chiqaradi. Transmitter MT-1 rels zanjirlari impulsli ta`minotida qo`llaniladi, transmitter MT-2 esa svetofor chirog`i yonib o`chishi rejimini ЭЦ, АБ va kesishish signalizatsiya qurilmalarida olish uchun xizmat qiladi. Transmitter MT-2 o`zining ishlab chiqargan impuls va intervallari uzunligi bilan MT-1 dan farq qiladi. MT-1 transmitter mayatniki 1 min ichida 105±10 tebranish, МТ-2 esa – 40±2 tebranish xosil qiladi.
Mayatnikli transmitter (rasm9) o`zida o`zgarmas tok elektromagnit mexanizm tebratuvchi yakorini namoyon etadi.uning asosiy qismi sifatida: Magnit o`tkazgich 1 g`altagi bilan, yakor 2, o`qi 3 va unda joylashgan mayatnik 7 va getinaksiali shishali shaybalar4, 5, 6.
Yakor О1-О2 o`qi М1-М2 o`qiga va vertical mayatnik o`qlariga nisbatan o`girilgan. Elektromagnit o`ramlarida tok bo`lmagan vaqtda mayatnik7 vertikal xolatni egallaydi, shishali shayba4 esa boshqaruv kontaktini (УК) uzadi, ta`minot zanjirini shakllantirga xolda.
K tugmasini bosganda transmitter yadrosi magnitlanadi va yakor 2 o`giriladi, o`zining umumlashgan o`qi 01-02 magnit o`tkazgich bilan M1-M2 ga intilgan xolda. Yakor bilan birgalikda mayatnik 7 (o`nga) o`giriladi va barcha shisha shaybalar 4 УК kontaktni aratadi va bunga mos ravishda taminot zanjiri elektromagnit o`ramlari, shaybalar 5va6 kontakt 31-32va 41-42 ni ajratadi. Magnit maydon yuqolgan xolda mayatnik inertsiya ta`sirida xarakatini davom ettiradi. Maksimal chetlanishga erishgandan so`ng, u teskari yo`nalishga xarakatlanadi va inertsiya ta`sirida o`ngga ma`lum burchakka vertical xolatidan chetlashadi. Shu onda mayatnik 7 vertikal xolatidan o`tayotganda boshqaruv kontakti УК ajraladi va elektromagnit o`ramidan tok oqadi va magnit oqim xosil qiladi, 31-32 va 41-42 kontaktlar esa ajraladi. Yakor 2 magnit polya ta`sirida yana o`giriladi M1-M2 xolatiga intilgan xolda, mayatnikni siljitadi. Shu ta`riqa transmitter mayatnik so`nmas tebranishi xosil bo`ladi. Transmitterning ishlash jarayonida navbatma navbat ulanish uzilish 31-32 va 41-42 kontaktlari sodir bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |