Elektrotehnika va elektronika


 Sathni     o‘lchashning gidrostatik  vositalari



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/256
Sana01.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#297691
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   256
Bog'liq
UphaxUDZs1c53MJuQsuepgecspD0Xy8OHyiIDkeO

 
9.3. Sathni     o‘lchashning gidrostatik  vositalari 
Turli, shu jumladan agressiv va tez kristallanuvchi,   suyuqliklarning sathni  o‘lchashda gidrostatik  
asboblar  eng  asosiy  o‘rinlardan  birini  egallaydi.  Gidrostatik  sath  o‘lchagichlar  bilan    sathni  o‘lchash 
o‘zgarmas(doimiy)  zichlikka  ega  suyuqlik  ustunining  berayotgan  gidrostatik  bosimni  o‘lchash  natijasiga 
olib keladi. 


113 
 
Sath  o‘lchagich  bosim.  Sathning  o‘lchov  birliklarida  darajalangan  monometr  bilan  gidrostatik 
bosimni o‘lchash, quyida keltirilgan sxemalar bo‘yicha amalga oshiriladi(9.2-rasm,a.)
 
Manometrik  tizimining  pastki  qismida    2  qo‘ng‘iroq  joylashgan,  uning  tirqishi  1  yupqa  elastik 
membrana  bilan,  yuqorigi  qismi  3  manometr  bilan  to‘silgan.  Elastik  membranani  qo‘llash    havoning 
suyuqlikda  qorilib(aralashib)  ketishiga  yo‘l  qo‘ymaydi,  ammo,  membrananing  elastikligi(bikriligi)  tufayli  
sathning    cheklanishida    xatolik  kiritadi.  Gidrostatik  bosimni  o‘lchashda    mazkur  sxemani  qo‘llash 
manometr  ko‘rsatishlarining  idishdagi  suyuqlikning  sathiga  nisbatan  joylashishiga  bog‘liq  bo‘lmasligi 
hisoblanadi. 
 
9.2-rasm. Gidrostatik satho‘lchagichlar bilan sathni o‘lchash  schemalari. 
Atmosfera  bosimi  ostida  bo‘lgan  ochiq  idishlarning  sathini  o‘lchash  (9.2-rasm,b.)  rasmda 
tasvirlangan sxema bo‘yicha  amalga oshiriladi. Impulsli  naychalar 2 difmanometr 1 orqali idish bilan va 
muvozanatlovchi  3 idish bilan ulangan.
 
Muvozanatlovchi idish impulsli naychadagi suyuqlikning h1 statik 
bosimini  kompensatsiyalash  uchun  mo‘ljallangan.
 
O‘lchash  jarayonida    muvozanatlovchi  idishdigi 
suyuqlikning sathi o‘zgarmas bo‘lishi  shart(majbur). Murvat 4  idishdagi (3) sathning o‘zgarmas bo‘lishini 


114 
 
ushlab turish uchun  xizmat qiladi. Impulsli naychalarni  va idishni to‘latuvchi suyuqliklar zichliklarining 
tengligida,  va h1 = h2 shartda bosim farqi faqat idishdagi suyuqlikning  h sathiga bog‘liq.  
Bosim ostida ishlaydigan asboblarda sathni o‘lchashda qo‘llanadigan sxema (9.2-rasm,v) rasmda 
keltirilgan.  Mazkur  holatda  3  muvozanatlovchi  idish    sathning  maksimal  balandligiga  mos  ravishda 
o‘rnatiladi va asbob bilan ulanadi. Asbobdagi P statik  bosim ikkala impulsli naychalarga ham kelib tushadi, 
shuning  uchun  bosimning 
Δ
P  o‘lchanayotgan  farqini  h=0  da   
Δ
P= 
Δ
Pmax,  h=hmax  da  esa 
Δ
P=0 
ko‘rinishda  tasvirlash mumkin.  
Unifitsirlangan    tokli  yoki  pnevmatik  signalli  difmanometrlardan  foydalanilishning  ko‘rib  chiqilgan  
sxemalarda, agarda  idish agressiv suyuqlik bilan to‘latilgan bo‘lsa, u holda difmanometrni idishga ulanishi 
ajratuvchi idishlar orqali amalga oshiriladi.  
O‘zida gidrostatik bosimni o‘lchash  amalga oshiriladigan,  idishni to‘latuvchi(to‘ldiruvchi) suyuqlikda 
fiksatsiyalangan(aniq belgilangan) chuqurlikda cho‘ktirilgan(botirilgan)  naycha ichidan haydaladigan gaz 
bosimini o‘lchash yo‘li bilan, sath o‘lchagich pezometrik deb  nomlanadi.
 
Pezometrik sath o‘lchagichning  
sxemasi  (9.2-rasm,g)  rasmda  keltirilgan.
 
Pezometrik  naycha    1  sath  o‘lchanadigan  asbobning  ichida 
joylashtiriladi. Gaz 2 naycha orqali sarfni cheklash uchun xizmat qiladigan drosselga kelib tushadi. 
Stakancha 3 gazning  sarfini  o‘lchash uchun xizmat qiladi.
 
Vaqt birligi ichida suyuqlik to‘latilgan 
idish orqali o‘tayotgan pufakchalarning sonini sanash orqali sarf aniqlanadi.
 
Bosim v stakanchadagi bosim 
4 bosim stabilizatori yordamida o‘zgarmas qilib ushlab turiladi. Bosim gaza posle drosseldan keyingi gaz 
bosimi  difmanometr bilan o‘lchanadi va sathning o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi.
 
Gaz(havo) uzatilganda   pezometrik  naychada bosim asta-sekin  h balandlikdagi suyuqlik ustunining 
bosimiga  teng  bo‘lgunga  qadar  ortadi.  Qachonki    naychadagi    bosim  gidrostatik  bosimga  teng  bo‘lsa, 
naychalarning pastki ochiq qismidan  gaz chiqishi boshlanadi. Sarf shunday tanlanadiki, naychandan gaz 
alohida pufakchalar ko‘rinishda ajralib chiqib boshlaydi. 
Pezometrik sath o‘lchagichlar sathni    keng chegaralarda o‘lchash  imkonini  beradi:  bir  necha o‘n 
santimetrdan 10-15 m gacha. Pezometrik yo‘l bilan naychadagi bosimni o‘lchashda   unifitsirlangan chiqish 
signalli difmanometr bilan foydalanishda keltirilgan  xatolik ±(1,0-1,5)% ni tashkil etadi. 

Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish