Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/168
Sana31.12.2021
Hajmi4,26 Mb.
#254890
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   168
Bog'liq
elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini tamirlash manbalari

Ferromagnetiklar.  Magnit  materiallar  sifatida  texnikada
ferromagnit  moddalar  va  ferromagnit  kimyoviy  birikmalar
(ferritlar)  qo‘llaniladi.  Ularga  temir,  nikel,  kobalt  va  ularning
qotishmalari,  xrom, marganes,  gadoliniy qotishmalari kiradi.
Zamonaviy tasavvurlarga ko‘ra  ferromagnetiklar ko‘p sonli
sohalarga yoki 0,001—10 mm
3
 o‘lchamli domenlarga bo‘linadi.
Sohalarning  har  biri  Kyuri  temperaturasidan  past  qiymatda
kuchli magnitlangan, lekin alohida domenlarning magnitlanganlik
yo‘nalishlari turlicha, shu sababli ferromagnetikning to‘liq mag-
nit momenti nolga teng bo‘ladi. Tashqi magnit maydoni ta’sirida
ferromagnit materialning magnitlanish jarayoni magnit domenla-
rini  tashqi  maydon  yo‘nalishida  burishga  olib  keladi.  Bunda
domenlarning magnit momentlari yo‘nalish bo‘ylab yo‘naltiril-
gan bo‘lib magnit to‘yinish yuz beradi. ning ga bog‘liqligi
magnitlanganlikning texnik egri chizig‘i deyiladi (5.1-rasm).
5.1-rasm. Ferromagnetik magnitlanganlik egri chizig‘i.
I
H


88
Nisbiy magnit singdiruvchanlik   katta qiymatlarga ega va
tashqi maydon ga bog‘liq. Masalan, permolloy uchun (78 % Ni
va 22 % Fe) singdiruvchanlik  
MAKS
 
= 100 000.
Ferromagnit materiallarning magnit singdiruvchanligi 5.3-
rasmda  keltirilgandek temperaturaga bog‘liq bo‘lib, Kyuri tempe-
raturasiga (nuqtasiga) yaqin temperaturada maksimumiga yetadi.
5.2-rasm. «Armko» temiri uchun magnit singdiruvchanlik  ning
maydon kuchlanganligiga bog‘liqligi.
M·10
4
3
2
1
0
20
40
60
80
100
H,A/m

m
M
5.3-rasm. Ferromagnit materiallar  sining
temperaturaga bog‘liqligi.

Tk
T


89
Sof  temir  uchun Kyuri  nuqtasi  768°C,  nikel uchun  358°C,  ko-
balt uchun 1131°C ga teng.
Ferromagnetiklarda doim modda joylashgan magnit may-
doni ta’sirida magnitlanganlik kattaligining o‘zgarishi kechga
qolishi kuzatiladi. Uning ma’nosi shuki, ferromagnetikning magnit
xossalari (, ) faqat moddaning shu momentdagi holatiga emas,
oldingi vaqt momentlarida  va larning qiymatiga ham bog‘liq
bo‘ladi. Bu hodisa magnit gisterezisi deyiladi.
Magnit  maydoniga  joylashtirilgan  ferromagnit  jism  induk-
siyasining  shu  maydon  induksiyasining  +N  dan  —N  gacha  va
teskari  yo‘nalishda  o‘zgarishiga  bog‘liqlik  egri  chizig‘i  gisterezis
sirtmog‘i deb ataladi (5.4-rasm). Rasmdan ko‘rinib turibdiki, agar
magnitlanish  jarayoni  dastlabki  holatdan  to‘yinish  holatigacha
OA egri chizig‘i  bo‘ylab o‘zgarsa, kamaygan sari  magnitlan-
ganlik  kattaligi  AB
R
  egri  chizig‘i  bo‘ylab  kechga  qolish  bilan
o‘zgaradi. = 0 bo‘lganda ferromagnetikda ma’lum qoldiq induk-
5.4-rasm. Magnit gisterezisi.
B,  T
B
H
B
R
0,08
A
H
C
-2
-4
-6
0
4
2
6
H, kA/m
0,04
-0,04
-0,08
-B
H
-B
R
B


90
siya B
R
 mavjud bo‘ladi. Bu degani, ferromagnetikda tashqi maydon
mavjud bo‘lmaganda ham uning xususiy magnit maydoni mavjud
bo‘ladi. Induksiya qiymatini B
R
 dan nolgacha kamaytirish uchun
teskari  yo‘nalgan  maydon  kuchlanganligi  N
S
  ni  ta’sir  ettirish
kerak.  U  koersitiv  (ushlab  turuvchi)  kuch  deb  ataladi.  Teskari
yo‘nalishdagi  maydon  kuchaytirilsa  ferromagnetik  magnitsizla-
nishi, qayta magnitlanishi va magnit maydon yo‘nalishi o‘zgarsa,
induksiya yana dastlabki holatiga kelishi mumkin. Demak, yopiq, O
nuqtaga nisbatan simmetrik egri chiziq — gisterezis sirtmog‘i hosil
bo‘ladi.
Kichik N
S
 qiymatiga va katta magnit singdiruvchanlikka ega
bo‘lgan materiallar — magnit yumshoq materiallar deyiladi. Katta
koersitiv kuchga va nisbatan kichik singdiruvchanlikka ega mate-
riallar magnit qattiq materiallar deyiladi.
O‘zgaruvchan magnit maydon ta’sirida ferromagnetiklar qayta
magnitlanishida  doim  issiqlik  ko‘rinishida  energiya  yo‘qotilishi
kuzatiladi. Ular gisterezisdagi yo‘qotishlar va dinamik yo‘qotishlar
bilan tushuntiriladi. Uyurma toklardagi yo‘qotishlar ferromagnetik
elektr qarshilikka proporsional bo‘ladi.

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish