KIRISH
Elektronika va Sxematexnika fanning maqsad va
vazifalari.
«Elektronika va Sxematexnika» fani o’z oldiga har tomonlama rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal etadigan, milliy istiqlol g’oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his etadigan, barkamol, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash hamda unga zamonaviy ta’lim berish maqsadini qo’yadi.
« Elektronika va Sxematexnika » fani quyidagi vazifalarni hal etadi:
Talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiladigan, milliy istiqlol g’oyalariga sodiq, mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida tarbiyalash;
talabalarga Elektronika asoslari: kuchlanish, tok va qarshilik. Signallar va ularning spektrlari. Turli elektron asboblarni belgilash tizimi. Rezistorlar, diodlar, bipolyar va unipolyar tranzistorlar, fotoelektrik va elektron-nurli asboblar, optronlar. YArimo’tkazgichlar, yarimo’tkazgichlar strukturasi, zaryad eltuvchilari, energetik sathlar va zonalar. Unipolyar tranzistorlar, Mantiqiy elementlar. Asosiy mantiqiy tushunchalar, mantiqiy elementlardan foydalanish: Bul ifodalari asosida sxemalarni sintezlash, HAM-EMAS va YOKI-EMAS elementlar bazisidagi mantiqdan foydalanish. Kombinatsion turdagi funktsional tugunlar. Kodlar, shifratorlar va deshifratorlar, indikatorlar, deshifratorli sxemalarda shikastlanishlarni qidirish. Multipleksorlar va demultipleksorlar, kod o’zgartgichlari: ishlash mantiqi, qurilish printsipi, shartli belgilanishi. Multipleksor asosidagi universal mantiqiy modullar, sozlash usullari, piramidal strukturalari. Dasturlanuvchi mantiqiy matritsalar, ular asosida mantiqiy funktsiyalarni amalga oshirilishi. Komparatorlar. Nazoratlash sxemalari, ikkining moduli bo’yicha nazoratlash. Jamlagichlar. Bir xonali jamlagich, ketma-ket jamlagich, ketma-ket va parallel ko’chirishli parallel jamlagichlar. Arifmetik-mantiqiy qurilmalar va tezlashtirilgan ko’chirish bloklari. Matritsali ko’paytirgichlar. Ko’paytirish-jamlash bloklari. Tezlashtirilgan ko’paytirish sxemalari. Tadrijiy hilidagi funktsional tugunlar (xotirali avtomatlar). Trigger qurilmalari (elementar avtomatlar). Triggerlarni sinflanishi. Registrlar. To’plovchi va siljituvchi registrlar. Universal registrlar. Hisoblagichlar: ikkili va ikkili bo’lmagan hisoblagichlar, o’nli hisoblagichlar, asinxron va sinxron hisoblagichlar, jamlovchi va ayiruvchi hisoblagichlar, reversiv hisoblagichlar, ketma-ket, boshdan-oyoq, parallel, guruhli, shartli ko’chirishli hisoblagichlar. Xotira qurilmalari (XQ). Asosiy ma`lumotlar, XQning sinflanishi. XQ asosiy va umumlashtirilgan parametrlari. Mikrokontrollerlar (MK). Uzilishlarning dasturlanuvchi kontrollerlari. To’g’ridan-to’g’ri foydalananuvchi kontrollerlar. Raqamli qurilmalarni loyihalash usullari va vositalari. Avtomatlashtirilgan loyihalash usullari va vositalari. bo’yicha nazariy bilimlar berish;
talabalarda elektron sxemalarda foydalaniladigan passiv va aktiv elementlarni o’lchash, kuchaytirgichlar, generatorlar sxemalarini o’rganish va tahlil qilish, analog va raqamli integral qurilmalar, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qurilmalarini sxemasining diskret passiv komponentalari va integral sxema elementlarini, integral mikrosxema elementlari konstruktsiyasining uning xarakteristikasi hamda parametrlarini to’g’risida. Mantiqiy HAM-EMAS va YOKI-EMAS elementlar bazisidagi mantiqdan foydalanish. Kodlar, shifratorlar va deshifratorlar, indikatorlar, deshifratorli sxemalarda shikastlanishlarni qidirish. Multipleksorlar va demultipleksorlar, kod o’zgartgichlari: ishlash mantiqi, qurilish printsipi, shartli belgilanishi. Multipleksor asosidagi universal mantiqiy modullar, sozlash usullari, triggerlarni sinflanishi. Registrlar. Hisoblagichlar Xotira qurilmalari. Raqamli qurilmalarni loyihalash usullari va vositalari. Avtomatlashtirilgan loyihalash usullari bo’yicha ko’nikma va malakalarini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |