Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan
o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jixatdan uzviy ketma-ketligi.
“Elektronika va sxemalar2” umumkasbiy fan hisoblanadi. Mazkur dasturni amalga oshirish uchun talaba o‘quv rejasida rejalashtirilgan “Matematika. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika”, “C++da dasturlash”, “Fizika” va “Elektr zanjirlar nazariyasi” fanlaridan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi. Elektronika va sxemalar fani axborot va kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashdagi negiz fanlardan biri bo‘lganligi uchun, bu fanni o‘zlashtirishda olingan bilim va tajriba kelajakda maxsus fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |