Elektr zanjirlari deb elektromagnit jarayonlarini ifodalanishda elektr yurituvchi kuch, tok va kuchlanish tushunchalaridan foydalanish mumkin bo‘lgan, elektr toki oqishi uchun yo‘llarni hosil qiluvchi qurilmalar va ob’ektlar majmualariga aytiladi.
Elektr zanjirini shartli belgilar bilan tasvirlash elektr sxemasi deyiladi. Ushbu rasmda elektr sxemasining bir ko‘rinishi keltirilgan.
3-rasm
Elektr zanjirlar asosan qarshilik, induktivlik, kondensator (sig‘im), eyuk va tok mabalaridan tashkil topgan bo‘ladi. Ularning harakteristikalarini ko‘rib chiqamiz:
Qarshilik elementi elektr energiyasining issiqlik energiyasiga o‘tishishini ifodalaydi va modda molekulasi harakatlanayotgan zaryadli zaryadchalar qarshiligiga uchraydi.
Bu xolatda elektr energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi, elementda saqlanib qolmaydi. Ushbu rasmlarda qarshilik elementining elektr zanjirlarda belgilanishi va chiziqli va nochiziqli elementlar va Volt Amper xarakteristikalari (VAX) keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |