III. Bajarish uchun topshiriqlar.
3.1. Mavzu: Kuchlanishning kompensatsion stabilizatorlari parametrlarini eksperimental tadqiq qilish va parametrlarini hisoblash.
Ishdan maqsad – kuchlanishning kompensatsion stabilizatorlari parametrlarini eksperimental tadqiq qilish va parametrlarini hisoblash.
Uslubiy ko‘rsatmalar
Biror-bir elektr kattalikning o‘rtacha qiymati stabilizatsiyasi qo‘shimcha zanjir orqali amalga oshiriladi, bu zanjir o‘tkazish koeffitsiyenti doimiy tashkil etuvchisi bu elektr kattalikning o‘rnatilgan qiymatidan tashqariga chiqsa, shu o‘zgarishni butunlay yo‘qotish yoki keskin kamaytirish sari intiladi. Shu funksiyani bajaruvchi zanjirga stabilizator deyiladi. Mavjud stabilizatorlar ikki klassga bo‘linadi: parametrik va kompensatsion.
Parametrik stabilizator chiqish kuchlanishining stabilizatsiyasini o‘zining nochiziqli yarimo‘tkazgich elementi hisobiga amalga oshiradi.
Kompensatsion stabilizator avtomatik boshqariluvchi yopiq tizim bo‘lib, uning tarkibidagi elektr kattalik zanjiriga ulangan zanjir o‘tkazish koeffitsienti kirish signali va ma’lum bir etalon signal farqiga qarab o‘zgaradi. Bunday qurilmalar teskari manfiy aloqa zanjiri mavjud vurilmalarga misol bo‘la oladi.
Stabilizatsiya qilinayotgan elektr kattalikning turiga qarab kuchlanish, tok yoki quvvat stabilizatorlari mavjud.
Stabilizator o‘tkazish koeffitsiyentining o‘zgarishi yuklamadagi elektr kattalikning o‘zgarishi vaqtida sxemaga bir yoki bir nechta o‘tkazish koeffitsiyenti o‘zgarib turadigan elementlar kirgizish bilan amsalga oshiriladi. Boshqarish usullariga qarab stabilizatorlar o‘zluksiz va kalitli stabilizatorlarga bo‘linadi. Uzluksiz stabilizatorlarda bipolyar yoki maydon tranzistorining aktiv rejimidan foydalaniladi, impulsli yoki releli stabilizatorlarda esa chrimo‘tkazgich elementlarning klyuch rejimlaridan foydalaniladi.
Stabilizatorlarning asosiy parametri bo‘lib stabilizatsiya koeffitsienti hisoblanadi, u chiqish elektr kattaligining o‘rtacha qiymati stabilligini aniqlaydi:
KstU=(ΔUkir /Ukir nom)/( ΔUchiq /Uchiq nom).
Stabilizatsiya qilinayotgan elektr kattalikning turiga qarab kuchlanish bo‘yicha stabilizatsiya koeffitsienti KstU, tok bo‘yicha stabilizatsiya koeffitsienti KstI yoki quvvat bo‘yicha stabilizatsiya KstP koeffitsiyentlariga bo‘linadi.
Kompensatsion stabilizatorning struktura sxemasi 1- rasmda keltirilgan.
Kompensatsion stabilizatorning ishlash prinsip imanfiy teskari aloqa zanjirini ishlatishga asoslangan. Bu prinsipni amalga oshirish uchun qurilma o‘zgartigich ( ijro) elementi (RE)dan tashqari o‘lchash elementi (IE) va etalon kuchlanish manbai (Eet) ni ham o‘z ichiga olishi kerak.
O‘lchov elementi chiqish kuchlanishi stabilizatsiya qilinayotgan parametrga proporsional bo‘lib, etalon kuchlanishga solishtirilgandan keyin olingan xatolik signali: Uxat=Uet - Uiz ijro elementi o‘zgartirish koeffitsiyentini boshqaradi.
Uxat ning oshishi chiqish parametrining kamayishidan paydo bo‘ladi, bu esa o‘z navbatidaijro elementining uzatish koeffitsiyentini oshiradi, bu esa chiqish kuchlanishini avvalgi holatiga qaytaradi va teskarisi, chiqish kuchlanishining oshishi xatolik signalining kamayishiga, ijro elementi uzatish koeffitsientining kamayishiga olib keladi.
Agar o‘lchov elementi chiqish kuchlanishi qurilma chiqish kuchlanishiga proporsional bo‘lsa, kuchlanish stabilizatsiyasi rejimi amalga oshiriladi
Kuchlanishning parametrik stabilizatorida (R2, VD1) zanjirda kuchlanishning tayanch manbai ishlatilgan (2-rasm). Tayanch manbaining chiqish kuchlanishi VD1 stabilitrondagi kuchlanish tushishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |