fanidan
kurs loyihasining
HISOB−TUSHUNTIRISH MATNI
Bajardi: 138-19 guruh talabasi xxxx xxxxx.
Qabul qildi: ass. Ortiqov E E.
Toshkent – 2021
Kurs loyihasining topshiriq blankasi
«TASDIQLAYMAN» ≪Ishlab chiqarish
Kafedra mudiri jarayonlarini avtomatlashtirish≫
t.f.d., prof. Yusupbekov A.N. kafedrasi
≪_____≫________________20___y.
≪Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari ≫
fanidan
KURS LOYIHASI
Fakultet: Elektronika va avtomatika Gurux: 138-19
Rahbar: ass. Ortiqov E E. Talaba:xxx xxxx.
TOPSHIRIQ.
1. NaOH eritmasini bug’latish uchun 3 korpusli quritish qurilmasini hisoblash.
2.Boshlang‘ich ma‘lumotlar: G= 3 t/soat; Qizdiruvchi bug’ bosimi: P=6 atm
b1=35%, b2=5%. Barometrik kondensatordagi qoldiq bosim: 2 atm (0.2 MPa).
3. Loyihani bajarish uchun adabiyotlar:
a) Osnovnie protsessы i apparati ximicheskoy texnologii. Posobie po proektirovaniyu; Pod. Red. Yu.I.Ditnerskogo - M.: Ximiya, 1983. -272s
b) Yusupbekov N.R., Nurmuhammedov H.S., Ismatullaev P.R. Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarining jarayon va qurilmalari fanidan hisoblar va misollar. - T.: Nisim, 2000. -351 bet.
v) Kuvshinskiy M.N., Soboleva A.P. Kursovoe proektirovanie po predmetu ≪Protsessi i apparati ximicheskoy promishlennosti≫ - 2 ye izd., pererab. i dop. –M.: Visshaya shkola, -223s
4. Chizma qismining hajmi: A1 formatliqog‘oz.
a) Asosiy qurilma qirqimida 1 proeksiyada M 1:10, 1:25, 1:50 masshtablarining birida
b) O‘qituvchi ko‘rsatmasiga binoan asosiy bo‘laklar M 1:1, 1:2, 1:3 masshtabda
5. Tushuntirish xatining hajmi: 20-25 betdan kam bo‘lmasligi va tarkibiga quyidagilar kirishi kerak:
Kirish. Moddiy va issiqlik balans hisobi. Texnologik, gidravlik, mexanik va konstruktiv hisoblar. Yordamchi qurilma va uskunalar hisobi. Adabiyotlar ro‘yxati o‘rnatilgan tartibda.
6. Qo‘shimcha talab va ko‘rsatmalar - hammahisoblar SI xalqaro birliklar sistemasida olib borilsin.
Rahbar: _________________________________
Kirish
Avtomatlashtirishning maqsadi ishlab chiqarish jarayonlari, texnik obyektlardagi boshqaruvda inson aralashuvini kamaytirishdan iborat. Hozirgi kunda texnologik jarayonni avtomatlashtirish ishlab chiqarishni o’sishida, qishloq xo’jaligini intensiv rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunga ko’ra, “Avtomatik boshqarish nazariyasi” ning asosiy vasifasi avtomatik boshqarish sistemalarini zamonaviy matematik usullar va texnik vositalar asosida tuzish va funksiyalashtirishning asosiy prinsiplarini o’rganishdir. Bu fanning kelib chiqishidan maqsadi XX asrdagi rivojlanish davrida fan va texnika rivojlanishi, mexanizatsiyalangan jarayonlarning ishini, inson tomonidan sodir bo’ladigan subyektiv xatoliklarni kamaytirish, ish samaradorligini oshirish va boshqa ko’p faktorlar bo’lgan. Mashinalashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlari katta tеzliklarda sоdir bo’ladi, ularning uzluksiz ishlaydigan turlari ko’payib, murakkablashib bоradi. Sanоat uskunalarining kattalashib va kеngayib bоrishi, ular katta aniqlikda ishlashining talab qilinishi, bоshqarishni tashkil qilish uchun e’tibоrga оlinishi kеrak bo’ladigan aхbоrоtlar sоnining juda ko’payib, murakkablashib kеtishiga sabab bo’ldi. Bunday sharоitda bоshqarish funksiyasini bajaruvchi оdam bоshqarish bilan bоg’liq bo’lgan bir qatоr qiyinchiliklarga duch kеladi. Endi u ishlab chiqarish jarayonlarining o’tishi to’g’risidagi aхbоrоtlarga tеz ishlоv bеrib ulgurоlmaydigan bo’lib qоladi. Shu sababli aхbоrоtlar asоsida o’z-o’zidan, оdamning ishtirоkisiz ishlaydigan yordamchi tехnik vоsitalarni yaratish zarurati tug’iladi. Dinamik boshqariluvchi jarayonlar tirik organizmlarda, umumlashgan inson va mashina bog’liqligidagi sistemalarda mavjud bo’lib, ularni e’tiborga olmaslik katta yo’qotishlarga olib keladi. Hozirgi kunda avtomatik boshqarish nazariyasi turli xil tabiatdagi (fizik, kimyoviy, biologik va boshqalar) avtomatik boshqarish sistemalarini o’rganishda (ularni analiz qilish va sintezlash) yaxlit ilmiy dasturi bo’lib hisoblanadi. Jarayonlarni avtomatlashtirishga talab ortgan sari bu fanni o’rganishga bo’lgan ehtiyoj ortayapti va shu yo’lda fanning o’zi ham takomillashib borayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |