Bog'liq Elektronika va asbobsozlik Ишлаб чикариш амалиёти 2
Avtomatlashtirish va raqamlashtirish Neft va gaz sanoatida raqamlashtirish bozor munosabatlarining raqobatbardoshligi va rentabelligini oshirishning asosiy usuli sifatida qaralmoqda.
Deyarli barcha texnologik jarayonlarni modellashtirish, sinov va xatolik yo‘li bilan joyida bo‘lishdan ko‘ra, eng mos ssenariyni oldindan tanlash mumkin. Bir necha soatlik simulyasiya oylik sinovlarni almashtiradi, shu bilan birga shakllanish xususiyatlarini yanada aniqroq ko‘rsatish imkonini beradi. Natijada yillar mehnati tejaladi, neft qazib olish esa bir yarim-ikki baravarga oshadi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va jarayonlarni avtomatlashtirishni ta'minlash maqsadida Energetika vazirligi “IKS Xolding” kompaniyasi bilan birgalikda sanoatning joriy va uzoq muddatli biznes maqsadlarini hisobga olgan holda “O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika kompleksini avtomatlashtirish va raqamlashtirishni kompleks va rejalashtirilgan rivojlantirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqmoqda.
Joriy yil oxiriga qadar konsepsiya tasdiqlanadi va 2022-yildan konsepsiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish ishlari boshlanadi.
Joriy holat Joriy yil oxiriga qadar konsepsiya tasdiqlanadi va 2022-yildan konsepsiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish ishlari boshlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyulda “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4388-son qaroriga muvofiq vazirlik huzurida xalqaro moliya institutlari bilan ishlaydigan loyiha ofisi tashkil etildi. Turli mamlakatlarda neft va gaz sanoatini isloh qilishda katta tajribaga ega xalqaro ekspertlar jalb etildi.
Shuningdek, neft-gaz sanoatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish ishlari davom ettiriladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Gaz ta'minoti to‘g‘risida”gi qonunini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar nihoyasiga yetmoqda.
6
8
21.02.2022
Harorat o‘lchash asboblari bilan tanishish va ishlashni o‘rganish.
Harorat bu jismni tashkil qiluvchi elementar zarralar (atom va molekulalar)ning xarakati kinetik energiyasining oʻrta statistik ifodalovchi fizik kattalik. Harorat bu-jismning isitilganlik darajasi. Harorat birligi sifatida Kelvin gradusi qabul qilingan. SI birliklar tizimida 1°K suvning uchlanma nuqtasi termodinamik xaroratining 1/273.16 qismiga teng deb qabull qilingan. Shuningdek 0°C=273,15°K. Xaroratni suyuqlik (simobli) termometrlari, termopara, termorezistorlar yoki masofaviy oʻlchash uchun optik datchiklardan foydalanib oʻlchash mumkin. Simobli Termometr bilan oʻlchanganda, germetik naycha idish ichidagi simob ustuni balandligi xaroratga bogʻliq xolatda oʻsib boradi. Simobli termometrlar yordamida −35 °C dan past boʻlmagan va 600 °C dan yuqori boʻlmagan xaroratlarni oʻlchash mumkin. Chunki simobning qotish xarorati −38.9 °C ni tashkil qiladi. Yuqori oʻlchash chegarasi esa termometr kapilyarlaridagi bosimning orttirish xisobiga kengaytiriladi. Chunki simobning qaynash xarorat 356.6S boʻlsa xam, kapilyar ichidagi inert gaz bosimini 2 Mpa (20 kgs/sm2) ga orttirish xisobiga uning shkala diapazoni kengaytiriladi. Kvarsli naycha kapilyarlari ishlatiladigan termometrlarda oʻlchov diapazonini bundan xam orttirish mumkin. Termoparalarda xarorat ikkita xar xil jinsli metallardan tayyorlangan va uchlari bir biriga kavsharlangan juftlikning erkin uchlarida issiqlik taʼsirida paydo boʻluvchi Termoelektr yurituvchi kuch (EYuK)ning qiymatiga koʻra aniqlanadi (Zeebek effekti). Termoparalar tayyorlangan metall qotishmalariga koʻra bir necha turlarga boʻlinadi. Eng koʻp tarqalgani XK (xromel kopel) va XA (xromel alyumel) termoparali boʻlib, XK termoparasida 0-600 (qisqa muddatga 800) °C gacha XA da esa 0-1100 (qisqa muddatga 1300) °C gacha xaroratni oʻlchash mumkin. Platina- platinarodiy qotishmasidan tayyorlangan termoparalarda esa 0-1600°C (qisqa muddatga 1800) gacha xaroratni oʻlchash mumkin. Undan yuqori xaroratlar esa optik usulda masofadan oʻlchanadi. Termorezistorlar yordamida xarorat oʻlchash issiqlik taʼsirida zanjirdagi qarshilikning ortishi yoki kamayishi prinsipiga asoslanadi.
6
9
22.02.2022
Optik va radiatsion harorat o‘lchash asboblari turlari,tuzilishi va parametrga sozlash
Nurlanish pirometrlari Bu о‘lchov asboblarining ishlashi jismdan nurlanayotgan nur energiyasining uning temperaturasiga va fizik-kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq о‘zgarishini о‘lchashga asoslangan. Nurlanish pirometrlarining asosiy afzalligiga temperaturani о‘lchash chegarasining kattaligi (100-50000 S), hamda о‘lchashning kontaktsizligi kiradi. Isitilayotgan jism temperaturasining ortishi bilan, uning nurlanishi ortadi. Jism 5000 S gacha kо‘rinmaydigan katta tо‘lqin uzunligidagi infraqizil nurlarni, temperaturaning ortishi bilan avval kо‘rinadigan kichik tо‘lqin uzunligidagi nurlarni, sо‘ngra, jism rangi о‘zgarib oqarib boradi. Ya’ni, jism qizdirilganda, u avval tо‘q qizil rangda, sо‘ngra, qizil, tо‘q sariq, sariq va nixoyat, xar xil tо‘lqin uzunligidagi nurlardan tashkil topgan oq rangga ega bо‘ladi. Qizdirilayotgan jism temperaturasi ortishi bilan, monoxramatik nurlanish faolligi ortib boradi va shuning bilan birga, jismdan nurlanayotgan integral (tо‘liq) nur energiyasi ham ortadi. Qizdirilayotgan jismdagi bu ikki xususiyatdan foydalanib jism temperaturasini о‘lchash mumkin. Shunday qilib, qisman nurlanishli , hamda tо‘liq nurlanishli pirometrlar mavjud. Qisman nurlanishli pirometrlar Optik pirometrlar. Optik pirometrlarda temperaturasi о‘lchanayotgan nur tarqatayotgan qizdirilgan jismning monoxramatik nurlanish rangi, о‘lchov asbobiga о‘rnatilgan pirometrik lampaning qizdirilayotgan simining nurlanish rangi bilan solishtiriladi. Pirometr teleskopiobyektiv linza 1, okulyar 2 dan tashkil topgan bо‘lib, obyektiv fokusida yoysimon volfram simli pirometrik lampa joylashgan. Uning issiqlik darajasini reostat R yordamida о‘zgartirish mumkin. 0,65 mkm tо‘lqin uzunligidagi monoxramatik (bir xil rangli) nurlanishga erishish uchun okulyardan oldin qizil shisha yorug‘lik filtri 4 о‘rnatilgan.
Fotoelektrik pirometrlar Bu pirometrlarning ishlash prinsipi ham temperaturani monoxramatik nurlanishlar intensivligiga qarab о‘lchashga asoslangan. Bunda nur oqimiga proporsional ravishda fototok miqdori о‘zgaradi. Temperaturani 500-40000 S chegarada о‘lchashga mо‘ljallangan. Vizual ravishda qisman nurlanish pirometrlariga nisbatan ular quyidagi afzalliklarga ega: о‘lchashning uzluksizligi, nisbatan inersiyasizligi va о‘lchashning obyektivligi 800-13000 S chegarada temperaturani о‘lchovchi FEP-4 fotoelektrik pirometrinurlarni yо‘naltiruvchi fokuslovchi obyektiv 1 va qizil yorug‘lik filtri kassetasining yuqori tirqishi orqali fotoelement 3 ga yо‘naltiradi. Pastki tirqish orqali esa, yorug‘lik oqimi bо‘yicha aks ta’sir signalini hosil qilish maqsadida kuch blokining chiqish kaskadining anod zanjiriga ulanib qizdirilayotgan lampadan chiqayotgan nurlar beriladi. О‘zgaruvchan tok manbaidan о‘ramga berilayotgan manbaa ta’sirida kasseta tirqishi 50 gs chastota bilan nurlarni uzib tebranadi.
Radiatsion pirometrlar. Bu pirometrlar yordamida temperaturani о‘lchash isitilgan jismlarni issiqlik nurlanishlaridan foydalanishga asoslangan.Pirometryordamida ushlab qolinayotgan issiqlik nurlari yig‘uvchi linza 1 yordamida termobatareya kо‘rinishidagi termo sezgir element (4) da (ketma-ket ulangan termoparalar) konsentrlashadi. Nur oqimi yig‘uvchi linza yordamida termoparalar ishchi kovsharlariga yо‘naltiriladi va ularni isitilish darajasiga qarab nur taratuvchi jism teperaturasi aniqlanadi. Ikkilamchi о‘lchov asbobi sifatida pirometrik millivoltmetrlar yoki avtomatik potensiometrlar ishlatiladi. Tо‘la nurlanish pirometrlarining afzalligi о‘lchash usulining obyektivligi, aloxida manbaaning kerakmasligi, hamda о‘lchash natijalarini masofaga uzatish imkonining mavjudligi. Ammo ularning aniqligi oldingi pirometrlardan pastroq.Shkalasi bir tekis emasRadiatsion pirometr RAPIR teleskop-obyektiv linza 1, rangli shishali (5) okulyar 2 va nurlarni kamerada joylashgan tarmobatareya 4 ga yо‘naltiruvchi diafragma 3 dan tashkil topgan. Termobatareya ishchi kovsharlariga yо‘naltirilgan nur oqimi elektr signaliga aylantirilib, ikkilamchi о‘lchov asbobiga uzatiladi.
6
10
23.02.2022
Bosim o‘lchash asboblari bilan tanishish va ishlashni o‘rganish.