Bosimni o'lchash asboblari
Bosimni o'lchash asboblari o'lchanayotgan kattalikning turiga va ishlash usuliga ko'ra tasniflanadi. O'lchanayotgan kattalikning turiga ko'ra bosimni va siyraklanishni o'lchaydigan asboblar quyidagilarga bo'linadi:
barometrlar - atmosfera bosimini o'lchash uchun mo'ljallangan;
manometrlar - ortiqcha bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan;
differensial manometrlar - bosimlar farqini o'lchash uchun mo'ljallangan;
vakuummetrlar - siyraklangan bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan;
manovakuummetrlar - ortiqcha hamda siyraklashgan bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan.
Kichik hajmdagi (40 kPa gacha) bosim, siyraklanish va bosimlar farqini o'lchash uchun mo'ljallangan asboblar naporomerlar, tyagomerlar va tyagonaporomerlar deyiladi.
Ishlash usuliga ko'ra bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan asboblar to'rt guruhga bo'linadi:
1. Suyuqlikli manometrlar, ularda o'lchanayotgan bosim suyuqlik ustuni hosil qilgan bosim bilan muvozanatlashib, uning balandligi bo'yicha bosim qiymati aniqlanadi.
2. Deformatsion (prujinali) manometrlar, bu asboblarda o'lchanayotgan bosim turli konstruksiyadagi egiluvchan elementlarning deformatsiyalanish qiymati yoki ularda hosil bo'ladigan kuch qiymati bilan aniqlanadi.
3. Yuk porshenli manometrlar, ularda o'lchanayotgan bosim porshen massasi yoki qo'shimcha yuklar hosil qiladigan bosim bilan muvozanatlashadi.
4. Elektrik manometrlarning ishlashi ma'lum materiallarning ularga tashqi bosim ta'sir etganda elektrik xususiyatlarining o'zgarishiga asoslangan.
|
|
6
|
|
11
|
24.02.2022
|
Manometrlar tuzilishi va parametrga sozlash ishlari.
Manometr (yun. manos — nozik, siyrak va ... metr) — suyuklik, gaz yoki bugʻning bosimini ulchash uchun moʻljallangan asbob. Mexanik, suyuqlikli, elektr, issiqlik, porshenli, deformatsion, radiometrik, ionizatsion va boshqa xillari bor. M. oʻlchash tizimining asosini birlamchi bosim uzgartirgichidan iborat sezgir element tashkil qiladi. Mexanik M.da bunday element vazifasini naycha, porshen, membrana yoki ulchanayotgan bosimni qabul qiladigan boshqa element oʻtaydi. Suyuqlikli M.da bosimni muvozanatlab turadigan suyuklik (simob, moy va boshqalar) ustuni sezgir elementdir. Elektr M.ning ishi ulchanayotgan bosim taʼsirida sezgir elementning elektr xossalari (mas, elektr qarshiligi) uzgarishiga asoslangan. M.ning boshqa turlarida ham asosiy qism sezgir elementdir (mas, deformatsion M.da elastik qobiq, porshenli M.da porshen va h.k.). M. shkalali va shkalasiz bulishi mumkin. M.bilan atmosfera bosimi (qarang Aneroid, Barometr) siyraklashgan gazlar bosimi (vakuummetr) hamda atm. bosimidan katta ikki bosimlar farqi oʻlchanadi. Suyuklik ustuni balandligi boʻyicha bosimni oʻlchash gʻoyasini 1640-yilda E. Torrichelli ilgari surgan. 1891-yilda fransuz olimi L. Kalyete birinchi suyuklikli M.ni qurib, Parijdagi Eyfel mi-norasiga oʻrnatgan.
|
|
6
|
|
12
|
25.02.2022
|
Sath o‘lchash asboblari bilan tanishish va ishlashni o‘rganish.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |