II.ASOSIY QISM
2.1. O‘zbekiston energetikasi: bozor munosabatlariga o‘tish
2030 yilga borib O‘zbekiston bugungidan ko‘ra 2 barobar ko‘proq elektr energiyasi ishlab chiqarishi zarur. Shu tarzdagina iqtisodiyot va aholi ehtiyojlarini qanoatlantirish, boshqacha aytganda, mamlakat energiya xavfsizligini taʼminlash mumkin. Mazkur maqsadga erishish uchun esa O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan keng ko‘lamli loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilib, sohani bozor munosabatlariga o‘tkazish uchun isloh etish jarayonlari muvofiqlashtirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |