Научно-практический электронный журнал
ЭЛЕКТРОНИКА, ЭЛЕКТРО-
«ТЕСНика»
№2 2020 года
ТЕХНИКА И ЭНЕРГЕТИКА
31
DOI: 10.24411/2181-0753-2020-10007
©Uzoqov A.A., Abdullayev Sh.A.
O‘ZBEKISTONDA OPTIK ALOQA TARMOQLARINING
QO‘LLANILISHI HAQIDA
Uzoqov Abdulla Abduraimovich -
Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti
Abdullaev Shavqiddin Ubaydullaevich
-
Toshkent viloyati, Zangiota tumani Chorsu qo‘rg‘oni
Annotatsiya. Maqolada optik aloqa tizimining qisqacha tarixi,
so‘ngi yillar davomida jadal rivojlanishi, keng qo‘llanilish
xususiyatlari va omillari ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar
: axborotlashtirish, keng polosali aloqa, foton
texnologiyasi, optik aloqa, passiv optik qurilmalar,
telekommunikatsiya.
Аннотация. В статье рассмотрена краткая история
оптических систем связи, особенности быстрого развития
и факторы их широкого использования в последние годы.
Ключевые слова
: информатизация, широкополосная
связь,
фотонная
технология,
оптическая
связь,
пассивные оптические устройства, телекоммуникация.
Annotation. The article considers a brief history of optical
communication systems, features of rapid development and
factors of their widespread use in recent years.
Key words
: informatization, broadband, photon technology,
optical
communication,
passive
optical
devices,
telecommunications.
Zamonaviy
davr
jamiyatni
axborotlashtirish
jarayonini keskin rivojlanishga olib kelmoqda. Bu
jarayon
axborot-kommunikatsiyalar
xizmatlaridan
foydalanuvchilarni telekommunikatsiyalar tarmoqlariga
yuqori tezlik bilan (keng polosali) ulanishga undaydi.
Bunday talab Internetdan foydalanuvchilarning keskin
o‘sib borishi va multimediya, videokonferensiya, elektr
raqamli imzodan foydalanish, elektron tijorat, elektron
xujjat aylanish va boshqa bir qancha zamonaviy
xizmatlarni hayotga kirib kelishidan chiqib kelyapti.
Ma’lumki, axborot oqimini uzatish hajmi, tezligi va
sifatini oshirish, axborot qabul qilish uchun yuqori
darajadagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan yo‘naltiruvchi
muhit bo‘lishi kerak. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan
talablarga mos keluvchi optik aloqa vositalari bilan
raqobatlashuvchi vositalar hozirgi kunda mavjud emas.
Bundan tashqari, optik aloqa vositalari orqali katta
hajmdagi axborotlarni xohlagan masofalarga uzatish
mumkin. Shuning uchun optik aloqa jamiyatni
axborotlashtirish kommunikatsiya texnologiyalarini
rivojlantiruvchi mukammal va istiqbolli aloqa vositasi
hisoblanadi.
Optoelektronika asosidagi optik aloqa, ya’ni to‘liq
optik
tarmoqlar
AON
(All-optical
Networks)
telekommunikatsiya
tarmoqlarining
kelajagi
hisoblanadi. To‘liq optik aloqa magistral tarmoqlarni,
shuningdek abonentlarning tarmoqqa ulanishini ham
qamrab, mijozlarning telekommunikatsiya tarmoqlariga
keng polosali ulanishlarini ta’minlaydi. to‘liq optik
aloqada
kommutatsiya,
multipleksorlash
va
regeneratsiyalash optoelektron yoki elektrooptik emas,
balki faqat optik texnologiya asosida amalga oshiriladi.
Bunda qurilmaning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari,
samadorligi va uzatish tezligi sifati bir necha marotaba
ortadi. Foton texnologiyasini aloqa tizimlariga tat’biq
etishda optik kommutatorlar, optik regeneratorlar,
kuchaytirgichlar, filtrlar, spektr bo‘yicha zichlashtirish
tizimlari qo‘llaniladi.
Respublikamizda
jamiyatni
axborotlashtirish,
telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish borasida
ko‘pgina ishlar amalga oshirildi va bu ishlar hozir ham
davom etmoqda. Bu maqsadda o‘tgan yillarda TOO
(Trans-Osiyo-Ovropa)
magistralining
jahon
standartlariga mos keluvchi, raqamli transport tarmog‘i
Milliy segmentini qurish boshlandi va uzunligi 830 km
dan ortiq magistral tolali optik aloqa liniyasi
foydalanishga topshirildi. Tolali optik aloqadan Milliy
segmentda Germaniyaning Simens firmasining tolali
optik kabellaridan foydalanildi. Hozirda aloqa va
telekommunikatsiya tizimlari uchun turli vazifali va
tuzilishli optik tolali kabellar ishlab chiqarilmoqda. Keng
polosali uzoq aloqa tizimlari, jumladan magistral aloqa
uchun optik toladan faqatgina asosiy to‘lqin
tarqaladigan bir modali kabellarning yangi turlari ishlab
chiqarilmoqda. Magistral aloqa liniyalarida axborot
uzatishda optik tolaning so‘nish va dispersiya
ko‘rsatkichlariga ham yuqori talablar qo‘yiladi. Bundan
tashqari, optik nurlanish qutblanishi saqlanishini
ta’minlovchi optik tolalar ham ishlab chiqarilmoqda.
Magistral aloqada qo‘llaniladigan bunday kabellarni
ishlab chiqish murakkab va qimmat. Bunday kabellar
qo‘llanilganda lazer uzatgichlardan foydalaniladi. Lazer
uzatgichlarga,
nurlanish
spektrining
tozaligiga,
nurlanish tasvirlarining barqarorligiga yuqori talablar
qo‘yiladi.
Tezligi 100 Mbit/s gacha bo‘lgan va aloqa masofasi
chegaralangan tizimlarda nisbatan arzon va oxirgi
qurilmalar bilan oson moslashadigan ko‘p modali optik
kabellardan foydalangan ma’qul. Bunda to‘lqin manbai
sifatida ko‘p modalarni nurlantiruvchi oddiy turdagi
yarim o‘tkazgichli yorug‘lik diodlarini ishlatish mumkin.
Yangi turdagi optik tolalarning, keng polosali kvant optik
kuchaytirgichlarning yaratilishi to‘liq optik tizim va optik
traktlarni qurish imkoniyatini yaratmoqda. Bunday
axborot uzatish texnologiyalardan 100 va 1000 Gbit/s
o‘tkazish oraliqli tizimlarni yaratishda foydalaniladi.
Ushbu optik aloqa bir qancha afzalliklarga ega
bo‘lishiga qaramay, kamchiliklari ham mavjud. Bunda
optik aloqa qurilmalarining qimmatligi va ba’zi optik
aloqa
texnologiyalarining
mukammal
darajaga
yetmaganligi bilan tushuntiriladi. Shularga bog‘liq holda
quyidagi kamchiliklarni keltirish mumkin: