Hozirda iste'molchi-ma'muriyat modeli ishlab chiqilmoqda. Uning amalga oshirilishi, masalan, ijtimoiy ta'minot kabi sohalarda elektron hamkorlikni kengaytiradi.
5. Model (C2C)
"Iste'molchidan iste'molchiga" modeli - bu iste'molchilar bir veb-saytga tashrif buyurish orqali birlashgan, bir-biri bilan muloqot qiladigan sektor. Har qanday elektron do'konni elektron tijoratning ushbu sohasiga kiritish mumkin, deb ishoniladi. Muayyan veb-sayt atrofida bir xil manfaatlar bilan birlashgan odamlarning ma'lum bir jamiyati shakllanadi. Ko'proq yoki kamroq barqaror jamiyatga misol elektron auktsionlardir. Bundan tashqari, barcha tashrif buyuruvchilar odatda "qiziqishlari bo'yicha" juda aniq kichik guruhlarga bo'linadi: kimdir avtomobil auktsionlariga tez-tez tashrif buyuradi, kimdir kitob auktsionlariga tashrif buyuradi. Elektron tijorat sohasidagi mutaxassislarning fikriga ko'ra, o'z atrofida potentsial xaridorlarning o'ziga xos va doimiy hamjamiyatini birlashtirgan saytlarda reklama samaradorligi nisbatan yuqori.
Рақамли иқтисодиётга ўтиш муаммолари.
Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish jarayonlari va platformalari yondashuvi tashkilotlarda va ularning biznes modellarining o'zgarishini anglatadi. Bunda Biznes jarayondagi ketma-ket bajariladigan ishlar BPR-Biznes process reingineering asosida qayta ko'rib chiqiladi va optimallashtiriladi. Bunga yaqqol misol elektron hukumati https://my.gov.uz , https://pm.gov.uz va https://my.soliq.uz kabi portalini misol tariqasida keltirish mumkin. Bu portaldagi hizmatlar asosan a'nanaviy usulda murojat bo'ladigan holatlarni "raqamli" ko'rinishga transformatsiya qilinib BPR texnologiyasini qo'llab, ommaga optimal tarzda davlat xizmatlarini taqdim etib kelmoqda. Hozirgi kunda respublikamizdagi biznes tizimlarini tahlil qiladigan bo'lsak tizimlarning aksariyat qismi birinchi avlodning biznes-axborot tizimi modeli - 1.0 asosida tashkil qilingan va 2.0 avlod biznes axborot tizimiga o'tish ishlari boshlab yuborilgan. Ushbu 2.0 avlod biznes axborot tizimlari modelida Internetga o'tishda asosiy e'tibor turli biznes analitika vositalari orqali turli tahlillar, shu jumladan o'zaro faoliyat, bulutli va aqilli hisoblashlar, mashinalarni o'rgatish vositalaridan foydalanishga o'tishmoqda. Sababi korxona faoliyati o'zgaruvchan bozor talablariga tezda moslashishi va turli hizmatlarni ommaga taklif etish asosiy sababchisidir. Bu erda ham katta muammo ayon bo'lib bormoqda yuqorida aytilgan texnologiyalardagi hizmatlar mavjud bo'lishiga qaramasdan foydalanuvchilar eski ananaviy usulda davlat hizmatlariga murojaati saqlanib qolmoqda. Sababi foydalanuvchilarning AKT sohasidagi bilimi va Internet tizimidan foydalanish ko'nikmalari hali ham pastligini keltirish mumkin.
. Agarda sohalarda raqamlashtirish darajasi hamda ulardan foydalanuvchilar soni ham oshsa, o'z navbatida havfsizlik muammosini keltirib chiqaradi. Elektron identifikatsiya va ma'lumotlar oshgan sari ularni ximoyalash muammosi dolzarb bo'lib boraveradi.
O'zbekiston davlati ham raqamli iqtisodiyotga o'tish davrini bosib o'tishi lozim, bunga yuqoridagi tahlil natijalariga katta etibor qaratish lozim. Chunki olingan natijalar asosida raqamli iqtisodiyotga o'tish hamda uni rivojlantirishdagi texnologik, platforma va sohalardagi muammolar hamda YaIM ga ulushini o'lchash kabi masalalrni yechish orqali hukumat tomonidan tegishli chora tadbirlarni ishlab chiqishni talab qiladi.
.