Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot


Elektron tijorat faoliyatda dasturiy ta’minot va axborot texnologiyalari



Download 41,75 Kb.
bet6/7
Sana29.05.2022
Hajmi41,75 Kb.
#617579
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xoliqulov Ulugbek hisobot (3)

3. Elektron tijorat faoliyatda dasturiy ta’minot va axborot texnologiyalari
“Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” da amaliyot o’tash davomida quyidagilarni o’rgandim:

  • Avvalambor idora faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdim. Idorada IT sohasi bo’yicha faoliyat yuritganligi sabab barcha xodimlar komputer orqali ish bajaradilar. Korxonada dasturiy taminot mutaxassislari, Grafik dizaynerlar, Community menejerlar, Boshqaruvchi menejer, Dasturchilar faoliyat yuritishadi.



  • Har bir mutaxassisning ishlari bir biriga o’zaro bog’liq, ya’ni Dasturchi dastur yaratsa unga ma’lumotlarni boshqa mutaxassis joylab chiqadi, SMM mutaxassisi ijtimoiy tarmoqlarda brendlarning faoliyatini yuritsa unga Grafik dizayner chiroyli, o’ziga xos rasmlar tayyorlab berish bilan shug’ullanadi.




  • IT kompaniya bilan asosan brenlar, o’quv markazlari, kiyim kechak do’konlari, ovqatlanish shaxobchalari, banklar shartnoma qilishadi. Shartnomaga muvofiq IT kompaniya ularning ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarini yuritib beradi (Instagram, facebook, telegram, youtube). Masalan kiyim do’konini oladigan bo’lsak, asosan Instagram tarmog’i orqali do’kon faoliyatini yanada oshirish mumkin, ya’ni do’kondagi mahsulotlarni chiroyli rasm va unga ta’rif orqali omma e’tiboriga tushirish mumkin. Shu orqali brend yanada rivojlanib, tushum miqdori oshadi.

  • Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar odamlar hayotining bir qismiga aylanib ulgurganini hisobga olsak, bizneslarni ijtimoiy tarmoqlarda rivojlantirish bir muncha qulay va oson.

  • IT kompaniya shartnoma qilinganlar bilan, ma’lum muddatgacha ishlaydi ya’ni brend taniqli bo’lgunga qadar, omma e’tiboriga tushguncha.

  • Asosan men kompaniyada ijtimoiy tarmoqlarda brend uchun maqolalar yozish va oylik kontent plan tuzish bilan shug’illandim

  • Content plan- bu biror kompaniya yoki brendni bir oy mobaynida ijtimoiy tarmoqlarga qo’yib boriladigan postlar ketma ketligi.

  • Maqola- ijtimoiy tarmoqlarda kompaniya yoki brend rasmlari tagiga yoziladigan gaplar jamlanmasi.

Keltirilgan ta‘rif elektron tijoratning "ideal" tushunchasini yoki boshqa so’zlar bilan elektron tijorat tizimlarini tashkil etishda intilishi lozim bo’lgan maqsadni o’zida aks ettiradi. Haqiqatda bugungi kunda faqat takomillashgan elektron tijorat tizimlarigina barcha tijorat kelishuvlar to’liq jarayonlarini (operatsiyalar) elektron yo’l bilan amalga oshirlishini ta‘minlaydi. Keyinchalik biz shunga amin bo’lamizki, elektron tijorat sinfiga kiruvchi deb qabul qilingan tizimlarning asosiy qismi amallar (operatsiyalar) bajarilishining elektron va odatiy usullari, masalan, tovar va xizmatlar to’lovini o’z ichiga oladi. Yuqorida keltirilgan ta‘rifda "savdo" va "Internet" so’zlari yo’q bo’lishiga sabab shuki, elektron tijoratda savdo xususiy holat va Internet elektron tijoratni kiritish bo’yicha axborot texnologiyalari vositalaridan biri hisoblanadi. Elektron tijoratda Internet imkoniyatlari 90-yillardan faol ishlatila boshlandi. Elektron tijoratning o’zi esa bundan uzunroq tarixga ega.
Elektron tijorat tushunchasining paydo bo’lishi 1948 yilda G’arbiy Berlinni kerakli material-texnik xom ashyo bilan ta‘minlash uchun G’arbiy mamlakatlar tomonidan bunyod etilgan havo (avia) ko’prikni tashkillashgirish ishlarida qo’llanilgan amaliyot bilan bog’lanadi. Ushbu ko’prik deyarli 11 oy faoliyat ko’rsatib, shahar ehtiyojlari to’g’risida juda tez va aniq ma‘lumotlar uzatilishini talab qilgan.
Elektron tijorat yuritishning andozalari.
Hozirgi elektron tijorat yuritishning turli xil andozalari qariyb barcha mamlakatlarda, iqtisodiyotning turli sohalarida, turli xil hajmdagi korxonalarda shuningdek davlat muassasalari va turli darajadagi vakolatli qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlarida tarqalmoqda. Bu andozalarning umumiy -qabul qilingan tasnifi asosiga shartli ravishda mahsulot etkazib beruvchi va xaridor deb nomlash mumkin bo’lgan elektron tijoratning o’zaro aloqador tomonlari turlari qo’yilgan. Bu tavsifning mazmuni shundan iboratki, elektron tijoratni yuritish andozalari mahsulot etkazib beruvchi va xaridorlarning aniq turlariga qarab farqlanadi.
Elektron tijoratning an'anaviy savdo turlaridan farqi
Elektron tijoratning an'anaviy savdo turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi:
• xaridor o’ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega;
• savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya'ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjud;
• ko’p sonli xaridorlarning bir vaqtning o’zida bir nechta firmalarga murojaat qila olishi. Bu ko’p sonli xaridorlarning aloqa vositalari yordamida sotuvchilar bilan muloqotda bo’lish imkoniyati;
• kerakli mahsulotlarni tezlikda izlab topish va shu mahsulotlari bor firmalarga murojaat qilishda texnika va transport vositalaridan samarali foydalanish, mahsulotlarni bir joyga yig’ish va ularni sotib olishda aniq manzillarga murojaat qilish. Ortiqcha vaqt va xarajatlarni kamaytiradi;
• xaridorning yashash joyi, sog’lig’i va moddiy ta'minlanish darajasidan qat'iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati;
• hozirgi kunda chiqqan jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati;
• elektron tijorat sotuvchining mahsulotlarini (ish, xizmatlarini) sotish jarayonidagi imkoniyatini yanada kengaytiradi va yangilaydi. Endi sotuvchi mahsulotlarini sotish jarayonini tezlashtirishi, yangi va sifatli mahsulotlarni muntazam almashtirishi, mahsulotlarning aylanma xarakatini tezlashtirishi kerak bo’ladi.
Elektron tijoratda savdoni tashkil qilish firmalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini beradi. Xaridorlar kundalik xayotida kerakli mahsulotlar ichida sifatlilarini tanlashi mumkin. Chet el firmalariga murojaat qiladi.
“Elektron tijorat” tushunchasiga turli adabiyotlarda har xil ta’rif berilgan.
Umuman olganda esa, elektron tijorat deyilganda, elektron axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga os hiriladigan tijoriy faoliyat tushuniladi.
“Elektron tijorat” termini EDI (Elektronic Data Interchange – ma’lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni o’z ichiga oladi. O’z navbatida Elektron tijorat tizimi uch sinfga bo’linadi:
• Chakana savdoni tashkil qilishbo’yicha (biznes-iste’molchi, B2C);
• Biznes hamkor bilan aloqlar o’rnatish (biznes-biznes, B2B);
• Iste’molchilar o’rtasidagi savdo (iste’molchi-iste’molchi, C2C);
Elektron tijorat tizimida mavjud imkoniyatlar turlicha bo‘lishiga qaramay, ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Raqobatning oshishi va xizmat sifatining ortishi, xizmatning ommaviy ravishdan yakka tartibda olib borilishiga o‘tishi, qisqa vaqt va masofalarda xaridorga yetkazib berish sarf harajatlarni kamaytiradi, bu o‘z navbatida, mahsulot tannarxining pasayishiga olib keladi.
Elektron tijoratda real mahsulot bilan elektron mahsulot ma’lumoti materiali o‘rtasida farq bor. Elektron material savdosida (dasturiy ta’minot, tijorat ma’lumotlari, axborot xizmati, video, ovozli mahsulotlar, grafiklar, o‘yinlar, multimedia ilovalari va boshqalar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘liq tijorat kelishuvi bosqichi amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu holatda mahsulot va xizmat o‘rtasidagi farqni aniqlash muammo. Agar kompakt diskka musiqa yozib, pochta orqali yuborilsa,u tovar-mahsulot ko‘rinishiga ega bo‘ladi va mahsulotni sotish hisoblanadi. Agar musiqani raqam ko‘rinishida xaridorga uzatilsa bu mahsulot bo‘ladimi yoki xizmat, degan savol yuzaga keladi. Shuning uchun ham elektron mahsulot almashinuvida elektron mahsulot deb yuritish, yangi elektron bozorni tashkil etadi, jumladan, nashriyotlardagi elektron kitob bunga misol bo‘ladi. Bunday elektron tijoratning ko‘rinishi raqobatni yuzaga keltirib, yangi ish joylarini tashkil etilishiga olib keladi.
Hozirgi kunda elektron tijoratning eng asosiy tamoyillaridan biri shundaki, ikki tomon qo‘llayotgan shartnoma elektron yo‘li bilan amalga oshirilayotganligi uchungina, uning qonuniyligi va haqiqatan ham mavjudligini shubha ostiga qo‘yishga haqli emaslar. Tamoyilning amalga oshirilishi har doim ham kafolatlanmaydi, shuning uchun ham ba’zi yuridik qiyinchiliklar vujudga keladi. Ko‘pgina mamlakatlarda faqatgina ikki tomonning shaxsiy imzolari qo‘yilgan shartnomalargina tan olingani uchun, bunday holatlarda shartnoma yuridik kuchga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun elektron tijorat qonuniy to‘siqlarni oshib o‘tishga qurbi yetmaydi.
Yuqorida aytib o‘tilgan qonuniy to‘siqlarni oshib o‘tishda yordam berish maqsadida xalqaro savdo (Yunistrol) huquqi bo‘yicha OON komissiyasi, 1996 yilda "Elektron tijorat to‘g‘risida" qonun qabul qildi. Bu qonun o‘zida shartnomalarning yuridik kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan, shartnoma originali va nusxalari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etish modelini aks etadi. Qonunda ko‘rilgan, berilganlarning elektron almashuvining huquqiy rejimi funksional ekvivalent nomli tamoyilga asoslanadi. Davlat qonunchiligiga bu qonunning joriy etilishi, tomonlarning elektron almashuvi vositasini tanlaganida, ular uchun huquqiy muhitni yaratishi ko‘zda tutiladi. Bu qonun qabul qilingandan keyin elektron tijorat jarayonlarini oldindan aytib berishni osonlashtiruvchi va shu bilan birga elektron tijoratning butun dunyoda rivojlanishiga turtki bo‘ladigan me’yor va qoidalar ustidagi ish olib borish yuzasidan rozilikka erishilgan. Bunday qonunlar orasida elektron raqamli imzoning munosabatini yo‘lga soladigan holatlar sanab o‘tilgan. Bu savolning bunchalik dolzarb bo‘lishiga, Internet va boshqa tarmoqlar orqali qo‘llanadigan shartnomalar sonining tez o‘sishi sabab bo‘lgan. Elektron imzoga bo‘lgan ishonch, shartnomalarni qabul qilishiga bo‘lgan asosiy shart bo‘lib hisoblanadi.


Download 41,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish