Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot


Amaliyot o’tash joyining tashkiliy



Download 41,75 Kb.
bet2/7
Sana29.05.2022
Hajmi41,75 Kb.
#617579
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xoliqulov Ulugbek hisobot (3)

Amaliyot o’tash joyining tashkiliy

Odamlar turmush sharoitlari yaxshilanishida qurilish sohasining ham oʻz oʻrni bor. Binobarin, davlatimiz rahbari bir qator chiqishlarida mamlakatimizdagi qurilish ishlarini jadallashtirish, bu jarayonda, avvalo, sifat va samaradorlikni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratib, qurilishni korrupsiyasiz sohaga aylantirish, shaffoflikni kuchaytirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar bergani bejiz emas.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida ishlab chiqilgan axborot tizimlarni respublikani barcha hududlarida 2021 yil 1 yanvar kunidan real vaqt rejimida to‘liq ishga tushirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabrdagi “Qurilish sohasida axborot tizimi va geografik axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 732-son qarori qabul qilindi.
Tashkil etilgan Markaz tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida quyidagi axborot tizimlar ishlab chiqilib,
– “Qurilish sifat nazorati” axborot tizimi;
– “Loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi” axborot tizimi;
– “Loyiha-smeta hujjatlari ekspertiza xulosalari” elektron reyestri;
– “Investitsiya dasturidagi ob’ektlar qurilishi monitoringi” axborot-tahliliy tizimi;
– “Qurilish sohasida davlat xizmatlari” platformasi.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida ishlab chiqilgan axborot tizimlarni respublikani barcha hududlarida 2021 yil 1 yanvar kunidan real vaqt rejimida to‘liq ishga tushirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabrdagi “Qurilish sohasida axborot tizimi va geografik axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 732-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi to‘g‘risida Nizom, shuningdek, uni bosqichma bosqich respublikaning barcha hududlarida joriy etish va boshqa davlat organlari axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvi bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini ishga tushirilishi natijasida qurilish sohasida:
– barcha davlat xizmatlari to‘liq raqamlashtiriladi;
– hujjatlar elektron shaklda kelishiladi va qog‘oz hujjatlar aylanmasi butunlay istisno etiladi;
– hujjatlarni kelishishda vaqt, mablag‘ va inson resurslari tejaladi;
– elektron raqamli imzo yordamida hujjat hamda imzolovchining shaxsi tasdiqlanadi;
– investitsiya dasturidagi qurilish ob’ektlarining holati real vaqt rejimida kuzatib boriladi;
– qurilish ob’ektlarida nazorat jarayonlari avtomatlashtiriladi hamda raqamlashtiriladi;
– barcha zaruriy jadvallar va ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllantiriladi;
– yagona ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi va idoralararo ma’lumot almashuvi ta’minlanadi;
– qurilish sohasida ishbilarmonlik muhitni shakllantirish, to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, qurilish sohasida korrupsiya va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, qurilish jarayonlarining barcha bosqichida jamoatchilik uchun shaffoflik ta’minlanadi.
Qurilish vazirligining 2019 yil 16 oktabrdagi 7856/09-07–sonli xati bilan Adliya vazirligiga shaharsozlikni tartibga soluvchi 21 ta normativ-texnik hujjatlar (SHNK) korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilib, 2019 yil 27 noyabrda 6-15/4-6/17039-sonli xat bilan 21ta SHNKga xulosa olindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 martdagi PF-5963-sonli Farmoniga binoan, Qurilish vazirligi qoshida “Qurilishda texnik me’yorlash Markazi” tashkil etildi va ushbu Markazga barcha normativ hujjatlarni qayta ishlash, xorijiy davlatlar standartlari bilan milliy normalarni uyg‘unlashtirish vazifasi yuklatildi. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 14 maydagi 138-sonli buyrug‘i bilan 2020-2023 yillarda shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir milliy normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish dasturi tasdiqlandi.
Sohada korrupsiyani oldini olishda kadrlar masalasi o‘ta muhimligini inobatga olib, bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni ishga qabul qilishda shaffoflikni ta’minlash maqsadida, qadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish, suhbat jarayonlarini onlayn rejimda kuzatib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yildi.
Ma’lumki, korrupsiyani oldini olishda eng ta’sirchan mexanizmlardan biri bu sohani raqamlashtirish orqali inson omilini cheklashdir. Shundan kelib chiqqan holda qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bugungi kundagi islohotlarimizning eng muhim yo‘nalishiga aylangan.

Shuningdek, hozirda kapital qurilish sohasiga oid 20 ga yaqin normativ-huquqiy hamda 400 ga yaqin shaharsozlik normalari va qoidalarini (SHNK) inventarizatsiya qilish va ularda korrupsiyaga oid holatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash maqsadida tegishli tartibda ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Tizim qurilish jarayonini nazorat va monitoring qilishda ularni roʻyxatga olish, hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tekshiruvlarini va koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni qayd etish, ularni bartaraf etish boʻyicha maʼlumotlar oʻz ichiga oladi.


Yana bir maʼlumot, vazirlik rasmiy saytida “qurilish jarayoni kalkulyatori” joylashtirilishi rejalashtirilgan. Istagan kishi, u investor boʻladimi yoki mahalliy tadbirkor undan xohlagan vaqtida foydalanishi mumkin. Deylik, biror bir obyekt qurmoqchi. Buning uchun ishni nimadan boshlash kerak, qanday bosqichlardan oʻtiladi, yoki qaysi hujjatlar talab etiladi, qoʻyingki sarflanadigan mablagʻ va vaqt ham unda aniq koʻrsatiladi.


Download 41,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish