015
|
2
|
2 016
|
2017 (reja)
|
Nominal YaIM
o’sishi, foiz
|
,2
|
0
,6
|
,1
|
2
|
,8
|
2
|
1
,5
|
2,5
|
Nominal YaIM,trln. Yen
|
94,7
|
4
07,1
|
17,9
|
5
|
02,2
|
5
|
5
40,2
|
553,5
|
Real YaIM o’sishi, foiz
|
,9
|
0
,6
|
0,4
|
-
|
,3
|
1
|
1
,30
|
1,5
|
Isteomolchilar narx indeksi, foiz
|
0,3
|
-
,9
|
,9
|
0
|
,2
|
0
|
0
,0
|
1,1
|
Ishsizlik darajasi, foiz
|
,3
|
4
,9
|
,5
|
3
|
,3
|
3
|
3
,1
|
2,9
|
Manba: FY2016 and FY2017: based on “FY 2017 Economic Outlook and Basic Stance for Economic and Fiscal Management” (Approved by the Cabinet on December 20, 2016).
Yaponiya iqtisodiyoti nominal YaIM ko’rsatkichlari bo’yicha jahonda uchinchi, iste’mol qobiliyati pariteti bo’yicha esa to’rtinchi o’rinni egallab kelmoqda. Jahon Bankining 2016-yilgi hisobotiga ko’ra Yaponiya YaIM hajmi 4,525 trillion AQSH dollarini tashkil etdi (4 525 563 000 AQSH dollari). Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining manbalariga ko’ra rivojlangan mamlakatlar guruhida ikkinchi o’rinni Yaponiya egallaydi. Xalqaro Valyuta Fondining ma’lumotlariga ko’ra, Yaponiyada aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM hajmi 2016-yilda 36,2 ming AQSH dollarini tashkil etib, bu jahon mamlakatlari bo’yicha
22-eng yuqori ko’rsatkichdir. Yaponiya Katta sakkizlik guruhi a’zosi18. Tarixan “yapon mo’jizasi” fenomeni bilan qisqa sur’atlarda vayron iqtisodiyotdan barqaror iqtisodiyot darajasiga ko’tarila olgan mamlakat.
1.4-diagramma
Yaponiya YaIM ko’rsatkichlari (mlrd dollar da)
Manba: Trading economics.com; The World Bank Group
Agar Yaponiya davlat qarzlarining 2017-yildagi tarkibiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, undagi uchta asosiy soha jami harajatlarning qariyb 70 foizdan ortig’ini tashkil etayotganining guvohi bo’lamiz (1.3-rasm). Bular: ijtimoiy ximoya (33,3 foiz), davlat qarzlari bo’yicha majburiyatlarni bajarish (24,1foiz) soliq tushumlarini mahalliy qayta taqsimlash (16 foiz).
2017 moliya yili uchun Yaponiya davlat byudjeti harajatlari tarkibi
Umuman olganda, elektron tijoratni institutsionalizatsiya qilish (bir tizimga solish) bo‘yicha chet el tajribasi bo‘yicha yo‘nalish oladigan bo‘lsak, uni institutsional boshqarishning uchta asosiy modelini: Yevropa, Amerika va Xitoy modelini ajratish mumkin.
Yevropa modeli elektron tijorat subyektlarini va ular amalga oshirayotgan bitimlarni total reglamentga solishni va ro‘yxatga olishni ko‘zda tutadi. Bu kabi faoliyatning misoli sifatida yetakchi Yevropa mamlakatlari (Germaniya, Fransiya va Shveysariya) tomonidan soliq organlarida ro‘yxatda turuvchi halol sotuvchilarning umumochiq reyestrining yuritilishini keltirish mumkin. Tovarlar taklif etilgan saytlarda sotuvchilar o‘zlarining davlat ro‘yxatidan o‘tganda olgan identifikatsion raqamlarini ko‘rsatishlari shart.
Bunda Yevropa modeli o‘zini oqlaydi, deb hisoblash mumkin emas, chunki, masalan C2C sohasida Yevropa savdo infratuzilmasi institutsional cheklashlar tufayli elektron tijorat bo‘yicha jahonda yetakchilik o‘rnini egallamaydi. Undan asosan tashqi raqobatning cheklanishi hisobiga yirik an’anaviy tovar ishlab chiqaruvchilari va chakana savdo tarmoqlari yutadilar.
Amerika modeli “tarmoqning iqtisodiy salohiyatidan foydalanishda milliy iqtisodiyot uchun foydani maksimallashtirish maqsadida” davlatning elektron tijorat sohasiga aralashuvini deyarli to‘liq rad qilishni taqozo etadi. Mazkur model asosida 1998-yilda uch yilga qabul qilingan “internetda soliq erkinligi to‘g‘risida”gi bill yotadi.
Mazkur normativ hujjat “internet-servislarda yoki onlayn servislardagi davlatlararo savdoga davlat tomonidan va mahalliy aralashuvga qarshi milliy siyosatni belgilash va internet orqali erkin oqimiga aralashishi 171 mumkin bo‘lgan talablarni qo‘yishga moratoriy belgilagan holda, kongressning davlatlararo yurisdiksiyasini cheklash” mo‘ljallangan.
O‘sha vaqtdan beri belgilangan moratoriy muntazam ravishda hozirga qadar uzaytirilib kelinmoqda.
Elektron tijoratni boshqarishning Amerika modelining mohiyati AQSh hududida uning infratuzilmasining bir joyda joylashishi va ustuvor rivojlanishi uchun institutsional sharoitlarni yaratishdan iborat. Eng yirik global savdo maydonlari (Amazon, eBay) va to‘lovlar provayderlari (PayPal) ko‘p milliardlik aylanmalari bilan aynan o‘sha yerda joylashganliklari bejiz emas.
Xitoy modeli elektron tijoratning institutsional rivojlanishining ustuvorligini Xitoy tovarlarini tashqi bozorga surish va Xitoyning o‘zida taqsimlovchi infratuzilmani rivojlantirishni taqozo etadi.
Elektron tijoratga Xitoyda nafaqat soliq tushumlari manbai, balki sanoatda ishlab chiqarishni rag‘batlantirishning strategik muhim mexanizmi sifatida ham qaraladi. Aynan shuning uchun ham “Xitoydagi ko‘plab logistikaga oid faoliyat turlari hokimiyat organlari tomonidan boshqariladi va ular tomonidan qattiq nazorat qilinadi”.
Boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, Xitoyda davlat tomonidan elektron tijoratni rivojlantirish uchun maqsadga yo‘naltirilgan holda qulay institutsional sharoitlar yaratilmoqda: soliqlarning mavjud emasligidan tortib, to zamonaviy tovar harakatlanishi tizimi hamda imtiyozli bojxona rejimiga qadar. Xitoy iqtisodiyoti soliqlarni elektron tijoratdan ( B2C va C2C) emas, balki sanoatda ishlab chiqarishdan oladi.
Shu bilan birga Xitoyda elektron tijoratda tadbirkorlarga soliq solish borasida hech qanday choralar ko‘rilayotgani yo‘q, deb aytish mumkin emas. Rejalashtirilayotgan soliq islohoti shaxsiy daromad solig‘ini “soliqlarning asosiy turlaridan biriga aylantiradi”, u “korxonalarning daromad solig‘iga nisbatan yanada muhimroq rol o‘ynaydi”. Shu tarzda, elektron tijoratni institutsional boshqarish sohasida yondashuvlarning butun spektrini topish mumkin: qattiq reglamentatsiya qilishdan tortib, to beparvolikka va ongli rag‘batlantirishgacha.
Faqat bir joydagina elektron tijoratning institutsionalizatsiya qilinishiga barcha yondashuvlar yagona – u o‘zida global normalar bilan boshqarilish 172 lozim bo‘lgan global hodisa ekanligini anglashda. Institutsional ma’noda elektron tijorat hali o‘zining huquqiy toifasiga ega bo‘lmagan va uning normativ-huquqiy holati uzil-kesil belgilanmagan.
Ushbu muammo butun xalqaro huquq tizimining muammosidir. Savdo maydonlari qo‘shimcha afzalliklarni ham taklif qilishlari mumkin: tovarlar reklamasini, mahsulotlarni upakovka qilish bo‘yicha xizmatlarni yoki to‘liq boshqariladigan logistikani va mahsulotlarni yetkazib berishni. Bularning barchasi kichik biznes egalarini jalb qiladi.
Ayrim Yevropa mamlakatlarida mahalliy internet-do‘konlar o‘zlarining milliy bozorlarida ustunlikka egalar: Buyuk Britaniyada Play.com (rakuten) va PriceRunner, Germaniyada Zalando va Otto, Buyvip va Ebay.es Ispaniyadagi eng ommaviy saytlar hisoblanadi. Shunday bo‘lsada, amazon Yevropada ustunlik qiluvchi maydon hisoblanadi.
Fransiyada savdo maydonlari o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Rueducommerce, CDiscount, Fnac, La Redoute va Priceministerga o‘xshash saytlar Amazonga qo‘shimcha ravishda bozor yetakchilaridan biri hisoblanadilar. Yevropaning turli mintaqalaridagi jahon savdo maydonlarining keyingi yillardagi rivojlanishini tahlil qila turib, shuni ishonch bilan aytish mumkinki, 2015-yil internet-do‘konlar jahon elektron tijorat gigantlarining saytlarida mahsulotlarni joylashtirish evaziga o‘zlarining investitsiyalarni qaytarish ko‘rsatkichlarini oshiruvchi yana bir yilga aylanadi.
Biroq Yevropa ittifoqining to‘lov xizmatlari to‘g‘risidagi direktivasining qoidalarining o‘zgarishi barcha maydonlarning operatorlari avvaldan elektron to‘lovlarni amalga oshirish borasida kelishuvga erishishi lozimligini anglatadi. Forrester tahlil agentligi AQShda E-commerce texnologiyalariga bo‘lgan harajatni 12-foizlik o‘rta yillik o‘sish sur’atini bashorat qiladi.
Ekspertlar bahosiga ko‘ra, 2015dan 2019 yilga qadar bo‘lgan davr mobaynida Amerika kompaniyalari ushba sohaga o‘zlarining byudjetlarini deyarli ikki barobar oshradilar – 2015-yildagi $1,2 mlrddan 2019-yilda $2,1 mlrdga qadar. Shu tarzda ushbu davr mobaynida elektron tijorat texnologiyalariga bo‘lgan harajatlar 75 % o‘sadi.
Asosiy omillardan biri jahonda onlayn-xaridlarning o‘sishi bo‘ladi. 173 Forrester bashoratlariga ko‘ra, 2018-yilda rivojlangan davlatlarda ular $1,64 trillionni tashkil qiladi.
Xulosa
Zamonaviy sharoitlarda davlatlar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar boshqa omillar tomonidan davlatlar irodasiga qaraganda boshqa bir qator omillar tomonidan belgilanadi. Ayniqsa Uzoq Sharqda Yaponiya tomon uzoq muddatli o'zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikka undaydi. Biroq, ba'zi shikoyatlar albatta etarli emas. Yaponiyalik ishbilarmonlar va tahlilchilar ta'kidlaganidek, Rossiyaning Uzoq Sharq bozori hali ham mukammal emas va bu pozitsiyani tuzatish uchun juda oz ish qilinmoqda. Agar Rossiyaning Evropa qismida Yaponiya kompaniyalari Rossiya bozorini muvaffaqiyatli, keyin Uzoq Sharqda, bu ko'rsatkichlar juda kichikdir. Shu bilan birga, Rossiya rasmiylari Osiyo qo'shnilari bilan yaqin hamkorlikda uzoq umr ko'rishdagi yaqinlashish qiyin bo'lishini tushunishadi. Yaqinda Rossiyaning Uzoq Sharqdagi iqtisodiy siyosati tez rivojlanayotgan Xitoyga ko'proq yo'naltirildi. Shu bilan birga, Yaponiya iqtisodiyot miqyosida dunyoda uchinchi o'rinni egallaydi, ammo AQSh, Buyuk Britaniya yoki ba'zi arab davlatlaridan farqli o'laroq, global miqyosning moliyaviy holati emas. Yaponiyaning iqtisodiy qudrati sanoat, texnologiyalar va innovatsiyadan keladi. Yaponiya ishi o'ziga xos xususiyatlari va xususiyatlariga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar
Anarina N. G. Sakralnaya telesnost yaponskoy xudojestvennoy veщi // Veщ v yaponskoy kulture. M.: Vost. lit., 2003, s. 185-201.
Grigoreva T. P. Ponimanie iskusstva v Yaponii // Grigoreva T. P. Dvijenie krasoti: Razmishleniya o yaponskoy kulture. M.: Vost. lit., 2005, s. 180-192.
Xiroaki Sato. Samurai // Xiroaki Sato. Samurai: Istoriya i legendi. SPb. 1999, s.10-26
A. Meщeryakov. Istoriya sake // A. N. Meщeryakov Kniga yaponskix simvolov. M., 2003, s.419-431
Donald Richi. Potseluy v Yaponii // Mir po-yaponski. SPb., 2000, s. 79-83
Rolan Bart. Xokku // Bart R. Imperiya znakov. M.,2004, s. 87-109
Ye.S. Shteyner. Fenomen cheloveka v yaponskoy traditsii // Chelovek i kultura: Individualnost v istorii kulturi. M., 1990, s. 164—190
Google.ru internet platformasi
Do'stlaringiz bilan baham: |