Ishlab
chiqarish
binolarni
yoritish.
Korxonalarni
va
ochiq
maydonchalarni tabiiy va sun’iy yorug‘lik bilan yoritish mumkin. Agar tabiiy
yorug‘lik etarli bo‘lmasa aralashgan yorug‘lik bilan yoritadi, ya’ni bir vaqtning
o‘zida ham tabiiy ham sun’iy yorug‘lik bilan yoritadi.
Tabiiy yorug‘lik bilan yon tomon, yuqoridan va umumlashgan ravishda
yoritiladi (yon tomondan derazalar, yuqoridan fonarlar (to‘ynuklar) yordamida).
YUqoridan va umumlashgan yoritilganlik xonaning hamma nuqtasida deyarli
bir xilda bo‘ladi. YOn tomonda yoritilganlik deraza yonidan uzoqlashgan sari
susayib boradi. Bu hol deraza oynasining tabiatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Tabiiy
yorug‘likning o‘zgaruvchanligi qisqa vaqt ichida tez o‘zgarishi uning (KEO)
tabiiy yoritilganlik koeffitsenti yordamida me’yorga solishga olib keladi.
Tabiiy yoritilganlik koeffitsenti (tek) e xona ichi yoritilganligini xonadan
tashqaridagi yoritilganlikka nisbatining % hisobida olinganligi bilan aniqlaydi:
e= (E
vn
/E
nor
) - 100%,
30
bu erda, Evn- xona ichidagi ixtiyoriy nuqtaga nisbatan yoritilganlik;
E
nor
- xonadan tashqaridagi yoritilganlik.
Ko‘z nurining talab qilishiga qarab me’yorda 8 ta razryadga bo‘lingan juda
katta aniqlikni talab qiluvchi ishdan tortib ishlab chiqarish jarayonini
kuzatishgacha TEKning birinchi etti ryazryadi kuzatilayotgan ob’ektning
o‘lchami asosida qiymati tanlanadi.
Me’yorda berilishicha qiymati yuqoridan va umumlashgan yoritishda yon
tomondan yoritishga nisbatan katta. YUqoridan va umumlashgan yoritishda
devorlardan yoki to‘siqlardan birinchi va oxirgi nuqtasi 1m uzoqlikda
joylashgan ish joylarining har bir nuqtasidagi TEKning o‘rta qiymati me’yorga
solinadi. Bir tomonlama yonidan yoritilganda esa eng kichik (derazadan eng
uzoqda joylashgan devordan 1m masofadagi) TEK qiymati asosida me’yorga
solinadi.
Xonani ikki yonidan yoritilganda TEKni xonaning o‘rtasidagi eng kichik
qiymati orqali me’yorga solinadi. Tabiiy yorug‘lik tushayotgan yuza TEKning
me’yordagi qiymatidan xulosa chiqarish mumkin.
YOrug‘lik tushayotgan yuza quyidagicha hisoblanadi:
yon tomondan yoritilganda,
100 S
0
/S
n
= e
n
∙K
3
∙η
0
∙ K
3g
/ r
1
yuqoridan yoritilganda,
100 S
f
/ S
n
=e
n
∙ K
3
∙ η
f
/ r
2
∙ K
f
bu erda,
S
0
-yon tomondan yoritilganda yorug‘lik o‘tayotgan derazalar yuzasi;
S
n
-xona polining yuzasi;
e
n
-TEKning normadagi qiymati;
K
3
-zapas koeffetsenti (1, 2, 2);
η
0
-derzalarning yorug‘lik tabiati;
K
3g
-qarama-qarshi tomonda turgan binoning soyasini hisobga oluvchi
koeffetsenti;
31
? -umumiy yorug‘lik yo‘qotish koeffitsenti;
r
1
-yon tomondan yoritilganda TEKni, xona sirtidan qaytayotgan
yorug‘likni hisobga, ortishini oluvchi koeffitsenti;
S
f
-yuqoridan yoritilganda yorug‘lik o‘tkazayotgan fonlar yuzasi;
η
f
-fonlarning yorug‘lik tabiati;
r
2
-yuqoridan yoritilganda TEKni ortishini hisobga oluvchi koeffitsenti;
K
f
-fonar turini hisobga oluvchi koeffitsenti.
Bu qiymatlarning hammasini CA i P-4-79 ilova 5dan olamiz.
Amaliyotni ko‘rsatishi bo‘yicha binoni ekspluatatsiya qilish jarayonida
deraza oynasi, devor va liftlarning ifloslanishi tabiiy yorug‘lik saviyasini
sezilarli darajada kamaytiradi. SHuning uchun deraza oynalarini yiliga 2-4
marta tozalab, devor va shiftlarni yilliga kamida bir marta ohaklab turish kerak.
Ba’zi hollarda (shimoliy tumanda joylashgan katta binolarda I, II
ryazryadli ko‘z nurining ishlarida) aralashgan yoritish ishlatiladi, qachonki
tabiiy yorug‘lik etishmagan holda sun’iy yorug‘lik ham qo‘shiladi.
Sun’iy yorug‘lik bilan kuning qorong‘i vaqtida yoki tabiiy yorug‘lik
etishmagan paytda yoritish uchun ishlatiladi. Sun’iy yorug‘lik sun’iy nur
manbalari (chug‘lanma lampa, gazoryazryadli lampa) yordamida hosil qilinadi
va ularni quyidagi turlari bor: ishchi, avariya holati uchun, evakuatsiya va
qo‘riqlovchi. Sun’iy yoritish ikki tizimda loyhalanadi: umumiy va birlashgan.
Oxirgi holatlarda umumiy yoritishga mahalliy yoritish qo‘shiladi.
Umumiy yoritsh xonalarni bir tekis yoki lokalizli yoritishda qo‘laniladi.
Umumiy bir tekisda yoritilayotgan maydonning ixtiyoriy joyda ishlash
imkoniyati yaratilgan bo‘ladi. Umumiy lokalizli yoritishda yoritgichning ish
joyini yaxshi yoritish maqsadida jihoz joylashganiga qarab o‘zgartiriladi.
Birlashgan yoritish umumiy va mahalliy yortishlardan iborat. Uni katta
aniqlikdagi ishlarda qo‘llash maqsadga muvofiq. Mahalliy yoritish faqat
ishlovchi yuzani yoritishda qo‘llaniladi. Ular qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan
bo‘ladi. Ishlab chiqarish binolarida faqat mahalliy yoritish qo‘llash man
qilinadi.
32
Halq xo‘jaligi nuqtai nazaridan yo‘l qo‘yiluvchi mablag‘ materiyalar va
elektroenergiyalar harajatlarini hisobga olgan holda sun’iy ratsional yoritish ish
uchun qulay sharoit yaratish kerak.
Ishlab chiqarish binolarida ishlovchi sirtning eng kam yoritilganligi ko‘z
nuri ishining harakteristikasiga bog‘liq ravishda belgilanadi va SA i P P-4-79.
Bu me’yorlar tarmoqlar harakteriga ega. Ular asosida sanoatning ajralgan
tarmoqlari uchun me’yorlar ishlab chiqariladi. Me’yorlar gazoryazryadli
lampalar uchun berilgan, ammo maxsus hollarda cho‘g‘lanma lampa qo‘llashga
ruxsat etiladi. 1.4-rasm
1.4 – rasm. Gazorazryadli lampalar.
Ko‘z nuri ishining sharoitiga va ob’ektning o‘lchamiga asosan SA i P-4-
79 da hamma ko‘z nuri ishlarini 8 ryazryadga bo‘lingan. Birinchi 4ta razryadga
birlashgan yoritish tizimi qo‘llash tavsiya etiladi, chunki umumiy yoritish
tizimida katta elektr energiya sarflanadi va maqsadga muvofiq emas.
Birlashgan yoritish uchun yoritgich yaratayotgan umumiy yoritish
normada 10 %ni tashkil qilishi kerak, agar qachonki mahalliy yoritish
qo‘llanilayotgan bo‘lsa. SHu vaqtda yoritgichning umumiy yoritish
gazorazryadi lampalar uchun 500...150 lk, cho‘g‘lanma lampalar uchun esa
100...50lk dan oshmasligi kerak.
Birlashgan tizimda umumiy yoritish uchun mahalliy yoritishning
yorug‘lik manbai turiga bog‘lik bo‘lmagan holda gazorazryadli lampalar
tanlanadi. Umumiy yoritishda ish joyini yoritgich bilan notekis yoritish iloji
33
boricha kam bo‘lishi kerak. Me’yor bo‘yicha eng katta yoritilganlik bilan eng
kichik yoritilganlik orasidagi nisbat I…III razryadli ishlar uchun lyuminissent
lampalarda 1, 5, boshqa turdagilarda esa 2 dan oshmasligi kerak.
YAxshi yoritilganlik ko‘rish jarayonini zaiflashtirishi (osleplyonnost)
mumkin emas. SHuning uchun yoritgichlarning ko‘rishni zaiflashtirish
ko‘rsatkichlari me’yorlarda beriladi. Bu ko‘rsatkichlar ko‘z nuri ishining
razryadiga bog‘liq ravishda 20-30% dan oshmasligi kerak.
Ko‘rishni zaiflashtirish ko‘rsatkichi yoritish moslamalarining qo‘rishga
ta’sirini baholash uchun ishlatiladi va quyidagicha ifodalanadi:
P= (W-1) ·100%,
bu erda, W-ko‘rishni zaiflashtirish koeffitsienti.
Gazorazryadli lampalar ishlatilganda yoritish sifati yoritilganlikning
pulslanish koeffitsenti yordamida harakterlanadi, ya’ni yoritish tizimi va ko‘z
nuri ishi razryadiga bog‘langan holdan 10...20% dan oshmasligi kerak.
YOritilganlikning
pulslanish
koeffitsenti
Kd
o‘zgaruvchan
tokdagi
gazorazryadli lampa yorug‘lik oqimining vaqt davomida o‘zgarishdan hosil
bo‘lgan yoritilganlikning tebranish amplitudasini harakterlaydi:
K= ((E
max
-E
min
)/2E
sr
)·100%,
bu erda E
max
, E
min
- yoritilganlikning tebranish vaqtida eng katta va eng
kichik qiymatlari;
E
sr
- o‘sha vaqtdagi yoritilganlikning o‘rta qiymati.
Binoni sakkiz razryadga mos ravishda yoritish me’yoridan farqli, binodan
tashqaridagi ko‘z nuri ishlarning 5 ta razryadi (IX...XIII) ko‘zda tutilgan va
ularning yoritilganlik me’yorlari 50 dan 2 lk gacha.
Avariya holatidagi yoritish portlash, yong‘in va ko‘p dastgohlarning ishdan
chiqishni oldini olishga ishlatiladi. U yoritilganlikni kamida 5%ni tashkil
34
qilishi, ammo bino ichida 2lk dan, korxona teritoriyasida 1lk dan kam
bo‘lmasligi kerak:
odamlar o‘tadigan havfli joylarida;
odamlarning soni 50 dan oshganda evakuatsiya qilish yo‘laklarda va
zinalarda;
ishlab chiqarish xonalarining asosiy yo‘laklarida;
agar bir vaqtning o‘zida 100dan ortiq odam bo‘lsa, umumjamoa bino
korxonalarida.
Bu yoritilganlik asosiy yo‘lak pollarida va zina pog‘onalarida 5lk (bino
ichida) va 0,2lk (ochiq maydonida) tashkil qilishi kerak.
Qo‘riqlovchi yoritish kechki paytda korxona chegarasi bo‘ylab erda 0,5 lk
yoritilganlikni ta’minlash uchun qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |