Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta’lim jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o’qitish tizimlariga qo’shimcha ravishda yangi o’qitish shakli – masofaviy o’qitish yaratilishi ga omil bo’ldi.
Masofaviy ta’limda talaba va o’qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o’zaro maxsus yaratilgan o’quv kurslari, nazorat shakllari, electron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo’ladilar. Internet texnologiyasini qo’llashga asoslangan masofaviy o’qitish jahon axborot ta’lim tarmog’iga kirish imkononi beradi, integratsiya o’zaro aloqa tamoyiliga ega bo’ladi.
Masofaviy o’qitishda turli xil axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniladi, ya’ni har bir texnologiya maqsad va masala mohiyatiga bog’liq.
Bugungi kunda taraqqiyot juda tеz rivojlanmoqda va juda tеz o`zgarmoqda. Dеyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o`zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqеa hodisalar sodir bo`moqda. Har bir kunimiz kuchli informatsiya oqimi ostida kеchmoqda. Informatsiya oqimi bizni uyda, ishxona va ta'tilda ta'qib etadi. Inson informatsiya ta'siridan xoli normal faoliyat yurita olmaydi. Hayotni anglash, uni o`rganish informatsiyalarni yig`ish va o`zlashtirish orqali kеchadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma'lum davr ichida shaxs tomonidan o`zlashtirilgan informatsiyalarning ko`p yoki ozligi bilan bеlgilanadi.

Elektron ta’lim texnologiyasining rivoji elektron o‘qitish tizimida ta’lim strategiyasining tuzilishi va har bir o‘quvchi uchun o‘quv materiallarini yakka tartibda taqdim etish kabi imkoniyatlarni bermoqda. Shunga muvofiq ishlab chiqarishga sarf-xarajatlar, doimiy talablarning o‘sishi va elektron ta’lim tizimini amalga oshirishda zaruriy baholash va boshqarish sifatlari shakllandi. Hozirgi avtomatlashtirilgan ta’lim tizimi sifatini baholash uslublari o‘qish jarayoni natijalari nuqtai nazaridan, o‘qitish tizimlarini baholashga, shuningdek, ushbu uslublar umumiy bo‘lib, paydo bo‘lgan va elektron ta’lim tizimi hayot siklining turli bosqichlari sifatini boshqarishga yetarli darajada imkon bermaydi