Multimedia kursiga quyidagilar kiradi:
elektron darslik;
electron ma’lumotnoma;
trenajerli majmua;
misol va masalalar to’plami;
electron laboratoriya praktikumi;
kompyuterli test tizimi.
1997-yil 29-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risidagi» Qonunining 1-moddasida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari belgilab berildi hamda har kimning bilim olishdek konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilganligi ta’kidlandi.
2012-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi barcha OTM o‘rtasida yagona videokonferensiya ta’lim texnologiyasi amalga oshirildi va hozirgi kunda bu borada elektron ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda OTM’larga yangi imkoniyatlar va istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda.
Elektron va masofaviy texnologiyalar — ta’limning axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llangan variantlaridir.
Elektron ta’lim (E-Learning) — avval
«Elektron ta’lim» atamasi kompyuter yordamida o‘qitish deb tushunilgan, biroq axborot texnologiyalari rivoji bilan bu tushuncha yanada kengaytirildi. Bugungi kunda elektron ta’lim ko‘pgina ta’lim texnologiyalarini qamrab olmoqda, ularni shartli ravishda, 2 xil turga, ya’ni sinxron va asinxron turlarga bo‘lish mumkin.
Sinxron elektron ta’lim — masofaviy ta’lim hisoblanadi, lekin bu real vaqtda amalga
oshiriladigan ta’limdiUr. oddiy kunduzgi
ta’limga o‘xshaydi, farqi shundaki, ishtirokchilar bir-biridan uzoq masofada bo‘ladi. Kundan-kunga keng tarqalib borayotgan vebinarlar mazkur ta’lim shaklining eng yorqin ko‘rinishidir.
Ma’ruzalarni tashkillashtirishda maxsus asturiy ta’minotlar qo‘llaniladi.
Asinxron elektron ta’lim — bu talaba barcha kerakli ma’lumotni onlayn- manbalardan yoki elektron axborot tashish vositalari (CD, DVD yoki flash-kartalar)dan olishi va materialni o‘zlashtirish sur’ati va jadvalini o‘zi mustaqil tashkil etishdir.
Asinxron elektron ta’lim tizimiga barcha
turdagi CD-kurslar va elektron o‘qitish kurslari kiradi.
Masofaviy ta’lim texnologiyalari — masofaviy ta’lim bu E-Learningga qaraganda kengroq tushunchadir, u interfaol mustaqil ta’limning va qo‘llab- quvvatlashning intensiv maslahat sintezi hisoblanadi. Shunday qilib, elektron ta’lim masofaviy ta’limning bir bo‘lagi hisoblanadi. Masofaviy ta’lim asosiy o‘quv materialini o‘quvchilarga yetkazib berish va o‘quv jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchi orasida interfaol ishlashni ta’minlaydi. Bunda qo‘llanmalarni yetkazib berish kompyuter va Internetsiz ham amalga
Masofaviy ta’limning afzalliklari
Masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda o‘qitishning juda ko‘p ijobiy tomonlari mavjud.
Yashash joyidan turib, o‘qish imkoniyati — chekka
qishloqlarda yashovchilarda katta shaharlarga borib, universitetga kirib-o‘qish imkoniyati har doim ham bo‘lavermaydi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari ularga o‘z shahridan ketmasdan turib, o‘qish imkoniyatini yaratib beradi.
O‘qish va ishni birga qo‘shib olib borish — o‘quvchilar ishdan ajralmagan holda ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladilar, bu, ayniqsa, malaka oshirish yoki ikkinchi oliy ma’lumot oluvchilarga juda qo‘l keladi.
Sifatli texnologiyalar va o‘quv
mazmunini egallash — talaba sifatli o‘quv materiallari yordamida o‘qitilishi, o‘qituvchi bilan muloqat qilishi va o‘z individual o‘quv rejasini tuzishi mumkin.
Baholashning xolisligi — masofaviy ta’lim texnologiyalari bilim sifatining doimiy nazorati, natijalarning baholanishi, inson omilidan xoli bo‘lgan xolis avtomatlashtirilgan baholash joylarda moddiy manfaatdorlikni yo‘qotishni ko‘zda tutadi.
Ta’limda individual
yondashuv — o‘zgaruvchan grafik, ish va o‘qishni birga qo‘shib olib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |