Tayyorladi: Navoiy viloyati 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Informatika va AT fani o‘qituvchisi Axmedova Gulchehra Zayniddinovna
Savol: Elektron hukumat nima?
Savol: Elektron hukumat nima?
Javob: Davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini hamda idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimidir.
Savol: Elektron hukumat nechta yo‘nalishda ish olib boradi va ular qaysilar?
Javob: Elektron hukumat 4 ta yo‘nalishda faoliyat olib boradi.
Elektron pochta (EP) o‘z faoliyatini o‘tgan asrning 70-yilidan boshlagan. Internetning eng birinchi xizmat turlaridan bo‘lib, butun olam to‘rida eng asosiy muloqot vositasiga aylandi. Uning ishlash prinsipi juda sodda bo‘lib, kompyuterda kerakli shaxsga elektron xat jo‘natiladi. Ushbu xat murakkab bog‘langan to‘rlardan o‘tib kerakli manzilga borib yetadi.
Foydalanuvchining agenti sifatida elektron xatlarni tayyorlash, uzatish, qabul qilish va ko`rib chiqish vazifasini bajaradi va foydalanuvchining kompyuterida o‘rnatiladi. Xuddi shuningdek, foydalanuvchining agenti sifatida :Microsoft Outlook, Netscape Communicator, The Bat,Eudora,Elm, Pine va boshqalar bo‘lishi mumkin. Hozirgi paytda CGI interfeysini qo‘llab, xavfsiz HTTPS protokollari asosida web-brauzer yordamida faoliyat olib boruvchi agentlar qo‘llanilmoqda;
Pochta serveri elektron xabarlar Internet tizimidan o‘tib boruvchi tugunlardir. MUA vositasida tayyorlangan xabar bir yoki bir necha MTA lardan o‘tib Internet omborxonasidagi alohida foydalanuvchiga tegishli LDA ga tushadi. MTA ga manzillami tahlil qilish va shu asosda xabar marshrutini aniqlash vazifasi yuklatiladi. MTA uzatilayotgan xabarlami qayta ishlab, virusga tekshiradi, anonim xat spamlami muomaladan chiqaradi.
Hozirgi paytda MTA vazifalarini amalga oshiruvchi Postfix, gmail, exim va boshqa dasturlar ham mavjud.