Elektron pedagogika fanidan 200 ta test



Download 57,19 Kb.
Sana05.04.2022
Hajmi57,19 Kb.
#531251
Bog'liq
Elektron pedagogika fanidan 200ta test


Elektron pedagogika fanidan 200 ta test
1.An’anaviy pedagogikaning predmeti bu…..?
A) pedagogik tizimdir
B)Innovatsion ta’lim
C)Elektron ta’lim
D)Zamonaviy axborot
2. Elektron pedagogikaning maqsadlari (ta'lim natijasi sifatida) nechi xil bo’ladi?
A) 2 xil
B) 3 xil
C) 4 xil
d) 5 xil
3. Pedagogikaning ham o'z predmeti bor-…….?
A) u o'rganadigan voqelik sohasidir.
B) pedagogik tizimdir
C)Elektron ta’lim
D)Zamonaviy axborot
4. Har qanday pedagogik tizimning tuzilishi nechta o'zgarmas elementlarning quyidagi o'zaro bog'langan to'plami bilan ifodalanishi mumkin?
A)7 ta
B)6 ta
C)3 ta
D)8 ta
5. Pedagogika fanlar tizimiga kirmaydigan fan qaysi qatorda keltirilgan?
A) Falsafa
B) Pedagogika tarixi
C) Maktabgacha pedagogika
D) Pedagogik texnologiya
6.Ta`lim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda o`rganadigan fan sohasi” ushbu ta`rif qaysi fanga nisbatan qo`llanilgan?
A) Pedagogika
B) Mantiq
C) Falsafa
D) Tarbiya
7.Pedagogika fanining obyekti qaysi qatorda keltirilgan?
A) Yaxlit Pedagogik Jarayon
B) Ta`lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari
C) yosh avlodni har tomonlama o`stirish, xulq- atvori va dunyo-qarashini tarkib toptirish jarayoni.
D) o`quvchilami nazariy bilim, amaliy ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish,
8.Muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli” ushbu ta`rif quydagi keltirilgan tushunchalardan qaysi biriga tegishli?
A) Malaka
B) Bilim
C) Ko`nikma
D) Ma`lumot
9. Pedagogik mahorat bu...
A) o`qituvchilami pedagogik faoliyatga tayyorlash taktikasi, pedagogik qobiliyatlami shakllantirish, pedagogik madaniyat va texnikani tarkib toptirish hamda nutq texnikasini egallash yo'llarini o`rganadi
B) maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalami tarbiyalash, ulami intellektual, ma`naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o`rganadi.
C) pedagogikaning konseplual masalalari va amaliy jihatlarini tadqiq etadi. qonuniyatlar va tamoyillari hamda tasniflashga oid masalalarni o`rganadi
D) pedagogikaning umumnazariy masalalari, qonuniyatlari va tamoyillari hamda tasniflashga oid masalalarni o`rganadi
10. Pedagogik kengash huquqlari qaysi qatorda keltirilgan?
A) ta`lim muassasasini rivojlantirish yo`nalishlarini istiqbol rejasini belgilash
B) pedagogik jamoaning ma`lum yo`nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va yaknniy xulosa chiqaradi
C) ta`lim muassasasi pedagogik jamoasi uchun o`z vakolati doirasida me’yoriy talablami ishlab chiqadi,
D) ta`lim muassasasi pedagogik jamoasi uchun o`z vakolati doirasida me’yoriy talablami ishlab chiqadi,
11. Maqsadga qaratilganligi va g`oyaviy yo`nalganligi – bu tarbiyaning
A) Tamoyili
B) Metodi
C) Vositasi
D) Qonuniyati
12. Pedagogik diagnostikada baho turlari?
A) Falsafiy, pedagogik, psixologik
B) Umumiy, xususiy, jamoaviy
C) Falsafiy, huquqiy, pedagogik
D) Ijtimoiy, psixologik
13. Pedagogik diagnostika metodlarini ayting?
A) Kuzatish, test, taxlil
B) Adabiyot bilan ishlash, eksprement
C) aqliy xujum, insert
D) matematik taxlil, tajriba
14. Pеdаgоgik mаhoratgа to’g’ri tаvsif bеrilgаn jаvоbni bеlgilаng ?
A) O’z kаsbiy bilimlаrini, ko’nikmа vа mаlаkаlаrni dоimiy o’zlаshtirib bоrish xususiyatlari
B) O’qituvchining shахsiy vа kаsbiy fаzilаtlаrini rivоjlаntirishni bеlgilоvchi хususiyatlаr
C) Pеdаgоgik- psiхоlоgik bilimlаrni puxta va mukаmmаl egаllаsh xususiyatlari
D) So’nggi ахbоrоt tехnоlоgiyalаri vа zаmоnаviy bilimlаrni o`zlashtirishi bilаn qurоllаnishi
15. Pedagogning kommunikativ madaniyati nima?
A) Pedagogning kishilar bilan qisqa muddatda muloqot o‘rnata olishi, ular bilan muloqot o‘rnatishga bo‘lgan domiy intilishi.
B) Pedagogning dunyoga, pedagog voqelikka va pedagogik jarayonga bo‘lgan intelektual va hissiy munosabati.
C) O‘qituvchining obyektivlik mezoni, uning ma’niviy tayyorgarlik darajasi.
D) Pedagogik jarayonning asosiy birligi, o‘ziga xos tizimidir.
16. Pedagogikaning qaysi sohasi shaxsi va faoliyatida nuqsoni bor bolalarni o‘qitish va tarbiyalash bilan shug‘ullanadi?
A) korreksion pedagogika
B) xalq pedagogikasi
C) maktab pedagogikasi
D) kasbiy pedagogika
17. Pedagogik diagnostika darajalarini aniqlang?
A) Monitoring, ekspertiza
B) Komponentlik, tuzilmaviy, tizimli
C) Mazmunli, normativli, nazorat
D) Monitoring, normativli
18. Faoliyat natijalarini sarxisob qilish, amaliy xulosalar yasash, bo‘sh yoki muvaffaqqiyatli o‘rinlarni belgilab olish nima deyiladi?
A) Pedagogik nazorat
B) Pedagogik diagnostika
C) Pedagogik profilaktika
D) Pedagogik korreksiya
19. Pedagog, pedagogika atamalari qaysi so’zdan kelib chiqqan va qanday ma‘noni bildiradi?
A) Qadimgi grek tilidagi paydogogos so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “bola yetaklovchi” degan ma‘noni bildiradi.
B) Pedagogika atamasi qadimgi lotin tilidagi “paydagogos” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “bola yetaklovchi” degan ma‘noni bildiradi.
C) Qadimgi grek tilidagi paydogogoc so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “o’qitaman”, “o’rgataman” degan ma‘noni anglatadi.
D) Ingliz tilidagi “payne” so’zidan olingan bo’lib, bolani rivojlantirish, yetaklash, tarbiyalash degan ma‘nolarni bildiradi.
20. Pedagogika qanday fan?
A) Ta‘lim-tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni,qonuniyatlari,metodlarini o’rganuvchi ijtimoiy, fan.
B) Pedagogika tarbiya jarayonining qonuniyatlari, prinsiplari, shakl va metodlari haqidagi gumanitar fan
C) Pedagogika tarbiyaning nazariy asoslarini tadqiq etuvchi ijtimoiy- gumanitar fan.
D) Pedagogika tarbiyaning mazmuni, qonuniyatlari, metodlarini o’rganuvchi, ijtimoiy, umumkasbiy fan
21. Oxirgi nechchi yillikda ta’lim tizimi ishida yuzaga kelgan vaziyatda, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini takomillashtirish va zamonaviylashtirish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda.
A)20
B)30
C)40
D)25
22. Har bir pedagog, u hoh maktab yoki oliy o‘quv yurti o‘qituvchisi bo‘lsin, ularning asosiy maqsadi, ta’lim berish sifatini yuksaltirishdir, bu ishda ularga qanday texnologiyalardan foydalanish juda yaxshi yordam beradi?
A) axborot va kommunikatsiya
B)Pedagogik
C)Iqtisodiy
D)kompyuter
23. “Axborot madaniyati” tushunchasi nechta fundamental tushunchalarga asoslanadi.?
A)2ta
B)3ta
C)4ta
D)6ta
24. ………………. shaxsning o‘quv, ilmiy-bilish, mustaqil ta’lim olish, dam olish va boshqa ko‘rinishli faoliyati jarayonida paydo bo‘ladigan axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan, shaxsiy axborot faoliyatini samarali tashkil qilishni ta’minlaydigan bilimlar, malaka va ko‘nikmalarning tizimlashtirilgan majmuasidir
A) Axborot madaniyati
B)Ta’lim madaniyati
C)Ekskluyiz ta’lim
D)Axborot texnologiyalari
25. Ta’lim hamjamiyatini shartli ravishda ……… guruhga ajratish mumkin?
A)ikki
B)uch
C)besh
D)to’rt
26. Axborot resurslari yaratuvchilar va tashkil etuvchilarga asosan kimlarni kiritsak bo’ladi.
A) kutubxona xodimlari va professor-o‘qituvchilarni
B) dasturchilarni
C) professor-o‘qituvchilarni
D) pedagoglarni
27. Axborot iste’molchilariga kimlarni misol qilsak bo’ladi?
A) talabalar va o‘z bilimini boyitib borishga intiluvchi pedagoglarni
B) kutubxona xodimlarini
C) kuchli ITT xodimlarini
D)Elektron pedagika yaratuvchi dasturchilarni
28. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari
A) Rivojlanish, shakllanish, ma’lumot, ta’lim, tarbiya
B) O’qish, oqitish, ta’lim, rivojlanish, tarbiya
C) Rivojlanish, shakllanish, bilim, ko’nikma, malaka
D) bilim, ko’nikma, malaka, O’qish, oqitish
29. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari?
A) Pedagogik kuzatish, suhbat, anketa, interv’yu metodi, test metodi
B) Kuzatish, pedagogik tjriba, matematik-ststistika, og’zari
C) Suhbat, tushintirish, ma’ruza, hikoya, pedagogik tajriba
D) Pedagogik kuzatish, suhbat, anketa, ersprement, tajriba
30. Pedagog so’zining ma’nosi
A) Bola yetaklovchi
B) O’qituvchi
C) tarbiyachi
D) Tarbiyashunos
31. Pedagogik xodimlarni tayyorlash ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish kaysi organlarning vakolatlariga kiradi?
A) tegishli Oliy va o’rta maxsus hamda Xalq ta’limi vazirligi vakolatiga
B) fakat Xalq ta’limi vazirligi vakolatiga
C) fakat Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi vakolatiga fakat Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi vakolatiga
D) O’zbekiston Respublikasi vazirlar maxkamasi vakolatiga
32. Pedagogika fanining metodologiyasi -...
A) Pedagogik bilimlarni egallash to`g`risidagi ta’limot
B) Ta’lim – to`g`risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
C) Milliy – umum milliy qadriyat va an’analar
D) Islom ta’limoti, o`tmish – ma’naviy meros
33. ……. ta’limiy faoliyatning xilma- xil turlari bilan shug’ullanuvchi shaxsga nisbatan qo’llaniladigan unumiy tushuncha.
A) Pedagog
B)Didaktik
C)Muhandis
D)Mutaxassis
34. Pedagogik tushunchalar qaysilar?
A) Ta’lim, tarbiya, ma’lumot, pedagogik jarayon.
B) O`quvchi, maktab, ma’lumot
C) Tarbiya, faoliyat, g`oya
D) Mafkura, ta’lim, tarbiya
35. Ta’lim oluvchining bilim ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash deganda nima tushuniladi
A) Nazorat
B) Tekshirish

C) Hisobga olish
D) Baholash




36……..-bu raqamli texnologiyalarni о‘rganadigan didaktika, informatika va boshqa fanlarning ilmiy g‘oyalarini о‘zaro о‘tkazish bilan tavsiflangan ilmiy bilimlarning integral sohasi.
A) Raqamli didaktika
B)Raqamli texnologiya
C)Innovatsion texnologiya
D) Elektron pedagogika
37. Ta’lim tizimidagi о‘zaro bog‘liq bо‘lgan, uning barcha tarkibiy qismlariga ta’sir etuvchi hamda raqamli va pedagogik texnologiyalarning о‘zaro moslashuviga asoslangan chuqur о‘zgarishlar majmuasi.
A) Ta’limning raqamli transformatsiyasi
B) Pedagogik tizim
C) Elektron pedagogikaning asosiy maqsadi
D) Raqamli ta’lim jarayoni
38. "Raqamli kompetensiya" tushunchasi nechta xususiyatlarni ta’kidlash mumkin?
A) 3ta
B) 4ta
C) 2ta
D) 6ta
39. Ta’limini raqamli didaktikasining asosiy vositalari:
A) shaxsiylashtirilgan ta’lim jarayoni;raqamli pedagogik texnologiyalar; metaraqamli ta’lim komplekslari.
B) metaraqamli ta’lim komplekslari; vositalar tо‘plami.
C) raqamli pedagogik texnologiyalar; qо‘llaniladigan usullar
D) yondashuvlar, texnologiyalar,
40. AKTdan foydalanish uchun minimal tо‘plam bilan Internetga ulangan standart kompyuter qо‘shimcha qurilmalar
A) Naushniklar, dinamiklar, proyektor.
B)Kalonkalar,sichqoncha
C) 3D printer,dinamiklar
D)Fotoaparat,quloqchin,klaviatura
41. Onlayn kurslar asosida о‘qituvchi va talabaning masofadan turib о‘zaro ta’sirini о‘z ichiga olgan о‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi
A) Masofaviy ta’lim
B) Elektron ta’lim
C) Onlayn ta’lim
D) Onlayn kurs
42. Axborotni qayta ishlash texnologiyalari, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlaridan ma’lumotlarni uzatuvchi texnik vositalardan foydalangan holda ma’lumotlar bazasidan olingan ma’lumotlarga asoslangan о‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi (kunduzgi yoki talabalar va о‘qituvchilar о‘rtasidagi о‘zaro aloqada).
A) Elektron ta’lim
B) Masofaviy ta’lim
C) Onlayn ta’lim
D) Onlayn kurs
43. Internet resurslaridan foydalanishga asoslangan о‘qitish usuli, masofaviy ta’lim shakli.
A) Onlayn ta’lim
B) Elektron ta’lim
C) Masofaviy ta’lim
D) Onlayn kurs
44. Elektron yoki masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda о‘quv jarayonini yoki uning alohida qismini tashkil etish usuli.
A) Onlayn kurs
B) Masofaviy ta’lim
C) Elektron ta’lim
D) Onlayn ta’lim
45. Ta’limni boshqarish tizimining funksiyalarini amalga oshiradigan va uni umumiy yoki shaxsiy foydalanishga joylashtirish imkonini beruvchi dasturiy va texnik vositalar tо‘plami.
A) Onlayn ta’lim platformasi
B) Raqamli ta’lim mahsulotlari
C) Ommaviy ochiq onlayn kurs
D) Onlayn kurs
46. Ta'limga yo'naltirilgan elektron vositalarni yaratish nechta muhim bosqichning o'zaro bog'liqligini ta'minlaydi
A)uchta
B)to’rta
C)ikkita
D)beshta
47. Ta'lim maqsadlarida elektron vositalarni yaratish nechta kontseptual tamoyillarga ega bo'lishi kerak
A)5ta
B)6ta
C)3ta
D)2ta
48. Elektron darsliklarni yaratish texnologiyasini ishlab chiqish nechta bosqichni o'z ichiga oladi?
A) 7ta bosqich
B) 5ta bosqich
C) 4ta bosqich
D) 6ta bosqich
49. «Innovatsion pedagogika» termini va unga xos boʼlgan tadqiqotlar qachon paydo boʼlgan.
A) XX asrning 60-yillarida Gʼarbiy Yevropa va АQShda
B) XIX asrning 50-yillarida Jaubiy Yevropa va Meksikada
C) XX asrning 70-yillarida Shimoliy Yevropa va Yaponiyada
D) XX asrning 60-yillarida Osiyo va Germaniyada
50. Yangilik kiritishning psixologik aspektini amerikalik innovatik olimlardan biri _____ tomonidan ishlab chiqilgan
A) E.Rodjers
B) F.N.Gonobolin
C) Dj.Basset
D) N.Gross
51………..- Bu metod ni dars jarayonida faollashuviga, maʼlum bir holat va voqelikga nisbatan fikrlashga-muloxaza yuritishga undaydi
A) Аktiv metod
B) Passiv metod
C) Interaktiv metod
D)Aqliy xujum metod
52. …….- bu vositadir
A) Yangilik
B)Texnologiya
C)Metod
D)Dars
53. Pedagogikadagi yangi bu faqatgina gʼoya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir, lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmuan yoki alohida olingan unsurlari boʼlib, oʼzgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda taʼlim va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilgʼor boshlanmalarini oʼzida aks ettiradi.Ushbu tar’if kim tomonidan berilgan?
A) V.I.Zagvyazinskiy
B) R.N.Yusufbekova
C) D.Gamilton
D) R.Edem
54. "Raqamli didaktika" tushunchasi birinchi marta nechanchi yillarning oxirida ilmiy nashrlarda paydo bo'ldi.
A) 2010
B)2011
C)2012
D)2014
55. ……..-pedagogika sohasi, ilmiy yo‘nalishi bo‘lib, uning predmeti ta’lim jarayonini raqamli o‘zgartirish, raqamli iqtisodiyot va tarmoq jamiyatiga o‘tish sharoitida o‘quv jarayonini tashkil etishdan iborat.
A) Raqamli didaktika
B) Raqamli texnologiya
C) Raqamli innovatsiya
D) Innovatsion texnologiya
56. Raqamli didaktikaning predmeti bu ……?
A) raqamli ta’lim muhitida talaba faoliyatini tashkil etishdan iborat.
B) elektron ta’lim muhitida talaba faoliyatini tashkil etishdan iborat
C) masofaviy ta’lim muhitida talaba faoliyatini tashkil etishdan iborat
D) masofaviy ta’lim muhitida o’quvchi faoliyatini tashkil etishdan iborat
57. Ta’limda raqamli ta’lim jarayonining didaktik tamoyillari nechta?
A) 11ta
B) 9ta
C) 5ta
D) 7ta
58. Qaysi tamoyil raqamli ta’lim muhitida o‘quvchining o‘z o‘quv faoliyatiga mas’uliyatini oshirishni nazarda tutadi.
A) o‘quv jarayonining ustunlik tamoyili
B) Shaxsiylashtirish tamoyili
C) Maqsadlilik tamoyili
D)Kuchli tamoyil
59. O'qituvchining faoliyati …….. - o'quv jarayonini tashkil etish sifatida qaraladi.
A) o'qitish
B) talab qilish
C) tushuntirish
D) izohlab berish
60. O'quvchining ta'lim maqsadlarini belgilashda, individual ta'lim yo'nalishini loyihalashda, ta'lim dasturining ayrim elementlarining rivojlanish sur'ati va darajasini, o'qitish shakllari va usullarini belgilashda tanlash erkinligini nazarda tutadi bu qaysi tamoyil
A) Shaxsiylashtirish tamoyili
B) Moslashuvchanlik tamoyili
C) Shaxsiylashtirish tamoyili
D) Kuchli tamoyil
61. Raqamli ta'lim jarayoni sharoitlari bilan bog'liq holda o'rganishga individual yondashuv g'oyasini ishlab chiqish,qaysi tamoyil haqida gap ketyapti?
A) Moslashuvchanlik tamoyili
B) Maqsadlilik tamoyili
C) Shaxsiylashtirish tamoyili
D) o‘quv jarayonining ustunlik tamoyili
62. ……… tamoyili raqamli ta’lim jarayoni sharoitlariga nisbatan ko‘rinishning didaktik tamoyilini ishlab chiqishdir
A) Polimodallik
B) Qo'shilgan baholash
C) Ta'lim muhitini to'ldirish
D) Murakkablikni oshirish
63. ……….. tamoyili ta'lim jarayoniga nafaqat ko’rish (vizual) va eshitish (eshitish), balki idrokning motor (kinestetik) kanalini ham jalb qilishni talab qiladi
A) Polimodallik
B) Qo'shilgan baholash
C) Ta'lim muhitini to'ldirish
D) Murakkablikni oshirish
64. ……… tamoyili nazorat bahosini bevosita ta'lim vazifalarini bajarish jarayonida amalga oshiriladigan ta'lim muvaffaqiyatining doimiy, shaxsiylashtirilgan diagnostik va formativ baholashiga aylantirishni talab qiladi
A) Qo'shilgan baholash
B) Ta'lim muhitini to'ldirish
C) Murakkablikni oshirish
D) Polimodallik
65. Talabaning fikrlash va xarakat strategiyasini inobatga olgan xolda uning shaxsi, o’ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim qanday ta’lim hisoblanadi?
A) Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim
B) Shaxsga yo’naltirilmagan ta’lim
C) Faoliyatga yo’naltirilgan ta’lim
D) Malakaga yo’naltirilgan ta’lim
66. Qaysi tamoyil talabaning ichki pozitsiyasini o‘rganishga yo‘naltirilgan?
A) Moslashtirish tamoyili
B) Murakkablikni oshirish
C) Ta'lim muhitini to'ldirish
D) Qo'shilgan baholash
67. Interaktivlik qaysi so’zdan olingan?
A) inglizcha interaction - "o'zaro ta'sir"
B) arabcha interation - "o'zaro ta'sir"
C) fransuzcha interpation - "o'zaro bog’liqlik"
D) nemischa intertution - "qarama qarshilik"
68. Bunda, ta’lim muassasalari, pedagoglar, tahlilchilar va tadqiqotchilar tomonidan ta’limning elektron shakli orqali eng ilg’or usuli sifatida baholanib kelinmoqda.Bu qaysi ta’lim?
A) Elektron ta’lim
B) Innovatsion ta’lim
C) Dual ta’lim
D) Hamkorlikdagi ta’lim
69. Internet yoki Multimediya vositalari yordamida o’quv mashg’ulot jarayonlarini tashkillashtirish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi.Gap qaysi ta’lim haqida ketyapti?
A) Elektron ta’lim
B) Innovatsion ta’lim
C) Dual ta’lim
D) Hamkorlikdagi ta’lim
70. Elektron o’quv kurslarni ishlab chiqishda nechta bosqichlarni nazarda tutadi?
A)10ta
B)12ta
C)9ta
D)8ta
71. Elektron ta’lim yo’nalishida faoliyat olib borayotgan mutaxassis bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan elektron o’quv kursi qaysi tamoyillarga tayangan holda yaratilishi kerak?
A) pedagogik dizayn
B) Ta'lim muhitini to'ldirish
C) Murakkablikni oshirish
D) Polimodallik
72. Qaysi Professor elektron ta’lim kurslarda testdan foydalanish to’g’risida egallangan bilim darajalarni nazorat qilish maqsadida yakuniy test savollardan foydalanadi.
A) V.S Avanesov
B) A.K.Bateriyev
C) K.A.Sandiyev
D) A.A.Avliyov
73. ………-bu shunchaki interaktiv matn yoki gipermatnli material emas, u video va audio fayllarga ega va elektron shaklda taqdim etiladi
A) Elektron o‘quv kursi
B) Elektron ta’lim
C) Ta’limiy kurs
D) Pedagogik ta’lim
74. Elektron o‘quv kursi kontseptual, ma'lumotnoma, illyustrativ, o‘quv va nazorat qismlarining kombinatsiyasi orqali talabaga turli xil ta'sir ko‘rsatish vositasidir
A) Elektron o‘quv kursi
B) Elektron ta’lim
C) Ta’limiy kurs
D)Pedagogik ta’lim
75. Elektron o‘quv adabiyotlarini (darsliklarni) yaratish tamoyillari nechta?
A) 8 ta
B) 7 ta
C) 6 ta
D) 9 ta
76. ……..-o‘quv materialini hajmi bo‘yicha kichik, ammo tarkibi bo‘yicha bir butun bo‘lgan modullardan (bo‘limlardan) iborat bo‘lgan bo‘laklarga bo‘lib chiqilganligi;
A) modullilik tamoyili
B) ko‘rgazmalilik tamoyili
C) to‘liqlik tamoyili
D) boshqaruvchanlik tamoyili
77. har bir bo‘limda (modulda) yangi tushunchalar, fikrlar hamda uslublarni tushunarli va eslab qolishni yengillashtiruvchi matnlar hajmi o‘lchamlari kichik bo‘lgan kadrlarning ketma-ketligidan iborat bo‘lishi;
A) ko‘rgazmalilik tamoyili
B) modullilik tamoyili
C) to‘liqlik tamoyili
D) boshqaruvchanlik tamoyili
78. Elektron darslikka qo‘yiladigan o‘ziga xos didaktik talablar nechta?
A) 5ta
B) 3ta
C) 4ta
D) 2ta
79. ……..-jonli ravishda, o‘qituvchi talabalar bilan real vaqtda gaplashganda yoki oldindan yozib olingan darslar sifatida o‘tkazilishi mumkin.
A) Onlayn darslar
B) Elektron ta’lim
C) Ta’limiy kurs
D) Pedagogik ta’lim
80. ………- bu onlayn kurslarni yaratish uchun vositalar to‘plami
A) Articulate 360
B) Articulate 380
C) Articulate 392
D) Articul 752
81. Mukammal elektron ta'lim loyihasini yaratish uchun ishlatiladigan muharrir?
A) iSpring
B) Articul 752
C) Articulate 360
D) PowerPoint
82. Ispiring muharririda Bir foydalanuvchi uchun narxlar yiliga nechi dollardan boshlanadi?
A) 770$
B) 650$
C) 860$
D) 1000$
83. Elektron ta'lim kurslarini yaratuvchi dasturlarning bepullari ham bor bu qaysi dastur?
A) Adapt Learning
B) Ispiring
C) Articulate 392
D) PowerPoint
84. Qaysi dasturi HTML va HTML5 formatlarida kurslar yaratish uchun yaratilgan bo‘lib, u erda rasm mobil qurilmalar uchun ham moslashtirilgan.
A) Adapt Learning
B) Ispiring
C) Articulate 392
D) PowerPoint
85. …….-bu elektron ta’lim darslari uchun kontent yaratish uchun ochiq kodli dasturiy ta'minot.
A)Moodle
B) Ispiring
C) Articulate 392
D) PowerPoint
86. asosiy vazifasi elektron taʼlim tizimlarini ommalashtirish va oʻqituvchilar, repetitorlar va oʻquv kurslariga yordam berishdir. Bu qaysi platforma?
A)Moodle
B) Ispiring
C) Articulate 392
D) PowerPoint
87. Mac OS X, Windows, Linux tizimlarida ishlaydigan platforma?
A)Moodle
B) Ispiring
C) Articulate 392
D) PowerPoint
88. Qaysi dasturning kamchiligi shundaki, platforma ma’lumotlar xavfsizligini kafolatlamaydi.
A)Moodle
B) Ispiring
C) Articulate 392
D) PowerPoint
89. Onlayn ta'lim va vebinarlar uchun platforma
A) MyOwnConference
B) Ispiring
C) Articulate 392
D) PowerPoint
90. Qaysi platforma katta sinflar va kichik guruhlarni o'qitish uchun ishlatilishi mumkin?
A) MyOwnConference
B) Ispiring
C) Articulate 392
D) PowerPoint
91. …………-ixtisoslashgan ta’lim turi bo‘lib, talaba nazariy bilimlarni ta’lim muassasasida, amaliy ko‘nikmalarini esa bevosita ish joyida, ya’ni tashkilotda olish imkoniyatini yaratib beradi.
A) Dual ta’lim tizimi 
B)Ananaviy ta’lim tizimi
C)Eksternat ta’lim tizimi
D)Masofaviy ta’lim tizimi
92. Nechanchi yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari haqida”gi 163-son qarori qabul qilingan.
A) 2021 yil 29 martda
B) 2020 yil 12 martda
C) 2018 yil 1 martda
D) 2017 yil 8 martda
93. 2021 yil 29 martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari haqida”gi nechanchi son qarori qabul qilingan.
A) 163-son
B) 174-son
C) 215-son
D) 125-son
94. ………-professional ta’lim muassasasi va tashkilotda ta’lim oluvchining muayyan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha kasbiy faoliyatini va mehnat vazifalarini bajarishiga qaratilgan davlat ta’lim standarti, o‘quv rejasi, o‘quv dastur (modul)lari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti dasturlaridan iborat hujjatlar to‘plam
A) Dual ta’lim dasturi
B) Ananaviy ta’lim dasturi
C) Eksternat ta’lim dasturi
D) Masofaviy ta’lim dasturi
95. Dual ta’lim dasturi kim tomonidan tasdiqlangan o‘quv-metodik hujjatlar asosida professional ta’lim muassasasi tomonidan tashkilot bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi
A) vazirlik
B) oliy ta’lim
C)hokimiyat
D)o’qituvchi
96. Masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi qaysi tashkilot tomonidan belgilanadi?
A) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
B) ) O‘zbekiston Respublikasi IIB
C) ) O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi
D) ) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi
97. …… - bu yangi narsalarni uzluksiz o'rganish tarixi, inson hayoti esa o'zini, atrofdagi dunyoni va undagi o'rnini bilishning doimiy jarayonidir.
A) Sivilizatsiya taraqqiyoti
B)Inklivizatsiya taraqqiyoti
C)Mehanizatsiya taraqqiyoti
D)Yuksalish taraqqiyoti
98. Masofaviy ta'lim tarixi nechanchi asr oxiridan boshlanadi
A)XVIII
B)XIV
C)XX
D)XV
99. “muxbirlar ta’limi” (корреспондентское обучение) atamasini Buyuk Britaniyada stenografiya sohasi talabalariga dars bergan ………. tomonidan kiritilgan.?
A) Isaak Pitman
B) Anna Tiknor
C) Reyni Xarper
D)Stanislav Kovchak
100. Qaysi olim demokratik qarashlarga ega bo‘lgan inson sifatida millati, diniy afzalligi va moliyaviy farovonligidan qat’i nazar, har bir kishi oliy ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblardi.
A) Isaak Pitman
B) Anna Tiknor
C) Reyni Xarper
D)Stanislav Kovchak
101. amerikalik qaysi yozuvchi 19-asrning 70-yillarida pochta orqali ayollarni o'qitishning masofaviy tizimini tashkil qilgan
A) Anna Tiknor
B) Reyni Xarper
C) Stanislav Kovchak
D) Isaak Pitman
102. 1892 yilda qaysi Shahar universiteti talabalarni birinchi masofaviy ta'lim bo'limiga taklif qildi.
A) Chikago universiteti
B) Baloniya universiteti
C) Parij universiteti
D) London universiteti
103. Masofaviy ta'lim sohasida katta yutuq nechanchi yilda Buyuk Britaniyada dunyodagi birinchi ochiq universitet (Open University) tashkil etilganida yuqori darajadagi voqea bo'ldi
A) 1969 yilda
B) 1988 yilda
C) 1963 yilda
D) 1957 yilda
104. , Nechanchi yilda"Maktab elektron pochtasi" paydo bo'ldi
A) 1988 yilda.
B) 1962 yilda
C) 1971 yilda
D) 1981 yilda
105. 1906 yil –qayerda pochta orqali o‘qitish boshlandi
A) Viskonsin universitetida (AQSh.)
B) Brisbendagi Kvinslend universitetida
C) Buyuk Britaniyada ochiq universitet
D) Xitoy universitetlarda
106. 1960-yillarga kelib, qayerda allaqachon 11 ta "ochiq" universitet mavjud edi.
A)Rossiyada
B)Belgiyada
C)Xitoyda
D)Singapurda
107. Nechanchi asrda masofaviy ta'lim rivojlanishining navbatdagi bosqichi boshlandi.
A) XXI
B)XXI
C)XIV
D)XX
108. Qanday darslar Internetdan foydalangan holda tashkil etiladi?
A) Web darslar
B) Chat darslari
C) Onlayn darslari
D) Muxim darslar
109. Qaysi shaklidagi darslar ham matnli muloqotni, ham ovozli yoki video aloqadan foydalangan holda aloqani o'z ichiga olidi?
A) Chat darslari
B) Web darslar
C) Onlayn darslari
D) Muxim darslar
110. O'qituvchi va talabalar o'rtasida ikki tomonlama audio va video aloqani ta'minlaydi va ko'pincha masofaviy ta'lim dasturlarida qo'llaniladi
A) Video konferentsiya
B) Web darslar
C) Audio konferentsiya
D) Onlayn darslari
111. Ishtirokchilar ovozli aloqa uchun maxsus mo'ljallangan telefonlar yoki jihozlardan foydalanadiladigan konferensiya turi?
A) Audio konferentsiya
B) Video konferentsiya
C) Onlayn darslari
D) Web darslar
112. …….. texnik yordam ko'rsatishda qiyinchiliklar yo'qligi sababli ancha arzon ta'lim turidir
A) Audio konferentsiya
B) Video konferentsiya
C) Onlayn darslari
D) Web darslar
113. ……yuqori tezlikdagi Internetga ulangan va mikrofonlar va raqamli videokameralar bilan jihozlangan shaxsiy kompyuterlar yordamida o'tkaziladigan videokonferentsiyalardir.
A) Kompyuter telekonferentsiyasi
B) Audio konferentsiya
C) Video konferentsiya
D) Onlayn darslari
114. Internetga ulangan ikki yoki undan ortiq suhbatdoshlar real vaqt rejimida kompyuterlardan yuborilgan, barcha guruh a'zolariga ko'rinadigan matnli xabarlarni almashadigan elektron aloqa tizimi.
A) Chat darslari
B) Web darslar
C) Onlayn darslari
D) Video konferentsiya
115. masofaviy seminarlar, konferentsiyalar va telekommunikatsiyalar va boshqa internet resurslaridan foydalangan holda o'tkaziladigan o'quv faoliyatining boshqa shakllaridir
A) Web darslar
B) Chat darslari
C) Onlayn darslari
D) Video konferentsiya
116. ………- bu kompyuter dasturiga asoslangan ta'lim vositasi yoki tizim bo‘lib, istalgan joyda va istalgan vaqtda o‘rganish imkonini beradi
A) Elektron ta'lim
B) Virtual ta’lim
C) Onlayn ta’lim
D) Web darslar
117. Tarmoqdagi oddiy platformada multimediyadan foydalanish imkonini beruvchi kompyuter dasturi
A) Brauzer
B)PowerPoint
C)Offis dasturi
D)Total Comander
118. …………..— inson real borliqda harakat qilayotgani
illyuziyasini kompyuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol
texnologiya.
A) Virtual borliq
B) Elektron ta'lim
C) Masofaviy ta’lim
D) Dual ta’lim
119.Virtual so’zi qaysi tildan olingan?
A)Lotincha
B)Fransuzcha
C)Arabcha
D)Ruscha
120. «Virtual borliq» atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida kim tomonidan о‘ylab topilgan.
A) Jaron Lanier
B)Bastian Barber
C) Andrey Krose
D) Barbara Krol
121. Qachon dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etilgan.
A) 1984 yilda
B) 1972 yilda
C) 1976 yilda
D) 1973 yilda
122. «Virtual borliq» atamasi muomalaga amerikalik qaysi soha vakillari tomonidan kiritilgan.
A) kinematografchilar
B) dasturchilar
C) o’qituvchilar
D) shifokorlar
123. ………— inson borlig‘ining о‘ziga xos
shakli va odamlar ma’naviy aloqasining alohida madaniy ifodasidir
A) Virtual olam
B) Elektron ta'lim
C) Masofaviy ta’lim
D) Dual ta’lim
124. Odamning virtual borliqda о‘zini faraz qilishini tushunish lozim deyilgan tushuncha nima deyiladi?
A) Immersivlik
B) Interfaollik
C)Tezkorlik
D)Xotirjamlik
125. Foydalanuvchi real vaqtda virtual borliqdagi obyektlar bilan о‘zaro muloqotda bо‘lib ularga ta’sir kо‘rsatishga ega bо‘ladi, bu qanday tushuncha?
A) Interfaollik
C)Tezkorlik
D)Xotirjamlik
D) Immersivlik
126. Virtual borliq turlari nechta?
A) 3ta
B) 4ta
C) 5ta
D 6ta
127. …………-elektron ta'limni didaktik qo'llab-quvvatlash tizimining tarkibiy qismlari bo'lib xizmat qiladi, ularning har bir elementi faqat tegishli ma'lumotlarning tashuvchisi emas, balki aniq funktsiyalar va didaktik vazifalarni bajaradi
A) Elektron ta'lim vositalari
B) Elektron ta'limning asosiy muammosi
C) Elektron ta'lim usullari
D) O'qitish usuli
128. ………….- bu maqsadlarni belgilash va shakllantirish uchun barchaga ma’lum va samarali texnologiya.
A) SMART
B) Elektron ta'limning asosiy muammosi
C) Elektron ta'lim usullari
D) O'qitish usuli
129. Polymedia kompaniyasi nechanchi yildan beri interaktiv doskalarni yetkazib beradi.
A) 1998
B) 1997
C) 1996
D) 1995
130. interaktiv doskalarni qaysi kompaniya yetkazib beradi?
A) Polymedia
B) Intermedia
C) Good luck
D) Adidas
131. Plazma ekranlar yuqori tasvir kontrastiga ega, va nechi gradus katta ko'rish burchagiga ega
A) 160 °
B) 150 °
C) 145 °
D) 155 °
132. Smart Education qanday ma’noni bildiradi?
A) aqilli ta’lim
B) ijodiy ta’lim
C) dual ta’lim
D) inklyuziv ta’lim
133.Qaysi texnologiyasisiz, innovatsion faoliyat yuritib bo‘lmaydi.
A) Smart
B) Elektron ta'limning asosiy muammosi
C) Elektron ta'lim usullari
D) O'qitish usuli
134. Inklyuziv sо‘zi qaysi tildan olingan?
A) fransuzcha
B) lotincha
C) grekcha
D) arabcha
135. ……..-vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat.
A) Inklyuziv ta’lim
B) Dual ta’lim
C) Aralash ta’lim
D) Masofaviy ta’lim
136. Amaliy informatika va robototexnikaning boshlanishi bo'yicha dizayner dastur qaysi?
A) LEGO PervoRobotWeDo
B) Ispiring
C) Articulate 392
D) PowerPoint
137. ……..- ta’lim olish uchun teng imkoniyatni ta’minlash va barcha bolalarning individual xususiyatlaridan, oldingi ta’lim yutuqlaridan, tili, madaniyati, ota-onalarning ijtimoiy va iqtisodiy holatidan qat’iy nazar ta’limda muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir.Bu ta’rif qaysi ta’limning maqsadiga kiradi?
A) Inklyuziv ta’lim maqsadi
B) Dual ta’lim maqsadi
C) Aralash ta’lim maqsadi
D) Masofaviy ta’lim maqsadi
138. Elektron ta'limning asosiy vazifasi-bu….?
A) o'quvchilarning psixofizik xususiyatlari va cheklovlarini hisobga olgan holda o‘qitishni individuallashtirish.
B) elektron ta'limni didaktik qo'llab-quvvatlash tizimining tarkibiy qismlari bo'lib xizmat qiladi
C) o'qituvchilarning psixofizik xususiyatlari va cheklovlarini hisobga olgan holda o‘qitishni individuallashtirishdan iborat.
D) professional ta’lim muassasasi va tashkilotda ta’lim oluvchining muayyan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha kasbiy faoliyatini va mehnat vazifalarini bajarishiga qaratilgan davlat ta’lim standarti
139. Nogironlar va imkoniyati cheklangan bolalar uchun elektron ta'limni joriy qilishda ta'limning qulayligi va sifatiga ta'sir qiluvchi nechta komponent mavjud?
A) 3ta
B) 4ta
C) 5ta
D) 6ta
140. …………- bu barcha odamlarga moslashtirilgan yoki shaxsiy dizaynga ehtiyoj sezmasdan maksimal darajada foydalanishi mumkin bo'lgan mahsulotlar, muhitlar, dasturlar yoki xizmatlarning dizayni.
A) Universal dizayn
B) Murakkab dizayn
C) Aralash dizayn
141. “Portfolio” tushunchasi nechanchi asrlarda paydo bo’lgan?
A) XV-XVI asrlarda
B) XVII asrlarda
C) XVIII asrlarda
D) XIX asrlarda
142. “Portfolio” tushunchasi qayerdan kirib kelgan?
A) Gʻarbiy Yevropadan
B) Shimoliy Yevropadan
C) Shimoliy Amerikadan
D) Osiyodan
143. “Portfolio” atamasini birinchi qaysi kasb soha egalari ishlatishgan?
A) arxitektorlar
B) o’qituvchilar
C) Nashrchilar
D) Shifokorlar
144. Portfolioni ta’lim sohasida qo‘llash g‘oyasi qayerda paydo bo’ldi?
A) AQSH
B) Germaniya
C)Fransiya
D) Rossiya
145. Rossiyada portfolio g’oyasi nechanchi asrdan qachon keng tarqaldi?
A) XXI
B)XIV
C)XII
D)XIII
146. Portfolio so’zi fransuzchadan tarjima qilinganda qanday ma’noni bildiradi?
A) bayon qilmoq, ifoda etmoq
B) hujjatlar solingan papka
C) portfel
D) zarur ishlar va hujjatlar uchun papka
147. ……– bu o‘qituvchining aniq faktlar asosida yozilgan pedagogik sifati va yutuqlari hisoblanadi.
A) pedagog portfoliosi
B) talaba portfoliosi
C) ishchi portfolio
D) o’quvchi portfoliosi
148. Boshqaruv va pedagog kadrlarning kasbiy faoliyati natijalarini baholashda ko‘maklashishga qaratilgan o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ish materiallarini qamrab oluvchi elektron resurslar majmuasi.
A) Elektron portfolio
B) pedagog portfoliosi
C) o’quvchi portfoliosi
D) talaba portfoliosi
149. Elektron portfelni yaratish uchun qanday instrumental dasturiy vositalardan foydalanish mumkin?
A) Microsoft FrontPage, Adobe Dreamweaver, Adobe Flash
B)Power Point,MS Exzel
C)Adobe Reader,iSpring,
D)Corel Draw,Adobe Flash,Auto Play
150. Nechanchi yili London universitetida Eksternat turida o`qitish uslubi o’ylab topilgan?
A) 1836
B) 1832
C) 1825
D) 1829
151. Qandaydir sabablarga ko`ra stasionar o`quv yurtiga borolmagan o`quvchi va talaba uchun mo`ljallangan o’qitish uslubini ayting?
A) Eksternat turida o`qitish
B) Bir universitet negizida o`qitish
C) Yakka holda o’qitish
D) Avtonom o`qitish
152. Bu stasionar o`qimaydigan (on-campus), ya`ni masofadan turib, sirtdan yoki masofali va kompyuterli telekommunikasiyani o`z ichiga olgan yangi axborot texnologiyalari asosida (off-campus) o`qiqtgan talabalar uchun butun bir ta`lim tazimidir
A) Bir universitet negizida o`qitish
B) Eksternat turida o`qitish
C) Yakka holda o’qitish
D) Avtonom o`qitish
153. Avstraliya Janubiy Uelsning yangi universitetida nechta talaba stasionar holda o`qisa, 5000 ta talabaga sirtqi va masofali ta`lim tizimi orqali o`qitiladi.
A)3000 ta
B)2000 ta
C)2500 ta
D)2700 ta
154. ……….-Sirtqi va masofali o`qitish dasturini amalga oshirishda qilinadigan hamkorlik ularni, sifatliroq va kam xarajatli bo`lishini ta`minlaydi.
A) Bir necha o`quv yurtining hamkorligi.
B) Eksternat turida o`qitish
C) Yakka holda o’qitish
D) Avtonom o`qitish
155. Britaniya hamdo`st mamlakatlarining yurtboshilari qaysi yili barcha hamkor davlatlar uchun masofali o`qitish tarmog`ini tashkil etishni kelishib olish uchun bir joyga yig`ilishgan
A) 1987
B) 1985
C)1983
D)1980
156. Maxsus masofali o`qitish maqsadida tashkil etilgan avtonom ta`lim muassasalardan eng yirigi qayerdagi ochiq universiteti hisoblanadi
A) Londondagi
B)Berlindagi
C)Varshavadagi
D)Maskvadagi
157. AQShda Milliy texnologik universiteti qaysi shtatda joylashgan
A) Kolorado shtati
B) Texas shtati
C) Kaliforniya Shtati
D) Boston Shtati
158.AQSHning Kolorado shtatidagi Milliy texnologik universitetida 1991 yili universitet shtat raxbariyati va biznes sohasi bilan yaqin hamkorlikda nechta kollejni masofali o`qitish tarmog`i bilan birlashtirdi.
A) 40 ta
B) 38 ta
C) 32ta
D) 30ta
159. Qaysi tizim tizimlar doirasida o`qitish to`la TV va radiodastur, shuningdek, qo`shimcha nashr etilgan qo`llanmalar asosida o`qitiladi?
A) Avtonom o`qitish tizimlari
B) Eksternat turida o`qitish tizimlari
C) Yakka holda o’qitish tizimlari
D) Avtonom o`qitish tizimlari
160. Qaysi model tashkiliy tuzilishiga ko`ra faqat masofali o`qitishda va "masofali" talabalar bilan ishlash maqsadida tashkil etiladi
A) Yagonalik modeeli.
B) Ikkilangan modeli.
C) Aralash model
D) Konsorsium model
161. Yagonalik modeli bo’yicha o’qitish Ochiq universitetlardan qaysi davlatning universitetlarida dastlabki bo’lib tashkil etilgan?
A) Buyuk Britaniya
B) Fransiyada
C) Germaniyada
D) Ukrainada
162. Qaysi tizimda oliygox kunduzgi talabalarni ham, qisman kunduzgi va qisman masofali dastur asosida o`qitadi. Har ikkalasida ham dars jadvallari, o`qitish dasturlari, imtihonlari va baholash mezonlari bir xil bo`ladi.
A) Ikkilangan modeeli.
B) Yagonalik modeli.
C) Aralash model
D) Konsorsium model
163. Bu model universitet talabalarini masofali o`qitishning turli shakllarini, aniqrog`i shakllarning integrasiyasini nazarda tutadi,gap qaysi model haqida ketyapti?
A) Aralash modeel
B) Ikkilangan modeeli.
C) Yagonalik modeli.
D) Konsorsium model
164. Qaysi modelda ikki universitetni birlashmasidan iborat. Bunda ular o`quv materiallari bilan almashadilar yoki ba`zi vazifalarni bo`lishib oladilar.
A) Konsorsium modeel
B) Ikkilangan modeeli.
C) Yagonalik modeli.
D) Aralash model
165. Uzoqlashtirilgan auditoriyalar model bo’yicha qaysi davlatda masofali o`qitish tashkil etilgan.
A) Xitoy
B) Belarusiya
C) Latviya
D) Yaponiya
166. Konsorsium model bo’yicha qaysi davlatda masofali o`qitish tashkil etilgan.
A) Kanada
B) Argentina
C) Braziliya
D) Meksika
167. “Adaptiv” so’ziga izoh bering?
A) moslashuvchanlik
B) almashuvchanlik
C) shaxsiylashtirilgan
D) almashuvchanlik
168. “Adaptiv” so’zi qaysi tildan olingan?
A) lotincha
B) grekcha
C) arabcha
D) o’zbekcha
169. ……… - bu o'quvchilarning individual ehtiyojlarini qondirish uchun kursni aniq so’zlashga qaratilgan umumiy o'qitish va o'rganish amaliyotidir,bu qanday ta’lim hisoblanadi?
A) Shaxsiylashtirilgan ta'lim
B) Dual ta’lim
C) Masofaviy ta’lim
D) Aralash ta’lim
170. Adaptiv kontent vositalari nechta maqsadga xizmat qiladi?
A) 2 ta
B) 3 ta
C) 4 ta
D) 5 ta
171. Adaptiv baholashni tushunishning kaliti shundaki, …. Gapni davom eting?
A) ushbu vositalar o'quvchi ko'rgan savollarni oldingi savolga javobiga qarab o'zgartirishini yodda tutishdir.
B) maxsus vositalar o'quvchi ko'rgan savollarni oldingi savolga yoki javobiga qarab o'zgartirishini yodda tutish shaklidir.
C) maxsus savollar o'quvchi ko'rgan savollarni oldingi savolga javobiga qarab o'zgartirishini yodda tutishdir.
D) ushbu savollar o'quvchi ko'rgan savollarni keying savolga javobiga qaramay o'zgartirishini yodda tutishdir.
172.Adaptiv baholashda An'anaga ko'ra, ballar ikki shaklda ishlab chiqiladi bular qaysilar?
A) qat'iy ruxsat etilgan shakl va moslashuvchan
B) qat’iy ruxsat etilmagan shakl va baholash
C) moslashuvcha va baholash
D) interaktiv baholash va moslashuvchan
173. Pedagogik testlash modeli o‘rga­nuvchilarning ……………….. baholashda keng qo‘llani­ladi.
A) bilim, ko‘nikma va malakalarini
B) malaka va bilimini
C) ko‘nikma va malakalarini
D) xulqi va aktivligini
174. Bu o‘rganuvchiga testli vazifalar ketma-ketligini ko‘rsatish va testlash natijalari bo‘yicha uning bilim darajasini ajratish uslubidir,bu qanday testlash modeli hisoblanadi?
A) Psixologik testlash modeli
B) Vazifaga javob berish vaqti bilan pedagogik testlash modeli
C) O‘zlashtirish darajasi bo‘yicha vazifalar bo‘linishi bilan pe­dagogik testlash modeli.
D) Test vaqtini chegaralanishi bilan pedagogik testlash modeli. 
175. Test vazifalarini o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning nechta darajasi mavjud?
A) 5 darajasi mavjud
B) 12 darajasi mavjud
C) 8 darajasi mavjud
D) 7 darajasi mavjud
176. Qaysi ta'limda - bu har bir o'quvchiga ma'lumotni yanada qulayroq va individual ravishda etkazish uchun kompyuter dasturlaridan foydalanadigan ta'lim shakli bo’ladi.

A) Adaptiv (moslashuvchan) ta'lim


B) Dual ta’lim
C) Ananaviy ta’lim
D) Masofaviy ta’lim
177. Adaptiv (moslashuvchan) ta'lim qanday foyda keltirishi mumkin?
A) vaqtni tejash, mavzuga qayta-qayta qaytish tufayli materialni to'liq o'zlashtirish imkoniyati, o'quv jarayoniga ishtiyoqning oshishi
B) tez yod olish,o’zlashtirish, o'quv jarayoniga ishtiyoqning oshishi,
C) kompyuter dasturlari video animatsiya, audio, ko'rgazmali materiallar bilan to'ldiriladi,vaqtni tejash,onlayn ishlash
D) mavzuga qayta-qayta qaytish tufayli bilimlarnii to'liq o'zlashtirish imkoniyati,
178. Adaptiv (moslashuvchan) ta'limda O'qituvchi materialni nechchi daqiqadan ko'p bo'lmagan vaqt davomida tushuntirib berishi lozim?
A) 10 daqiqa
B) 12 daqaiqa
C) 15 daqaiqa
D) 20 daqaiqa
179. Birinchi adaptiv platformalardan biri nechanchi yillarda tashkil etilgan? Lexia Learning edi.
A) 1980-yillarning oʻrtalarida
B) 1975- yillarning oʻrtalarida
C) 1977- yillarning oʻrtalarida
D) 1979- yillarning oʻrtalarida
180. Birinchi adaptiv platformalardan birinchisi qaysi edi?
A) Lexia Learning
B) Mathspace
C) DreamBox
D) Knewton
181. Xorijiy intellektual adaptiv platformalar orasida eng mashhurlari qaysilar?
A) Loud Cloud, Blackboard, Knewton, RealizeIT, Geekie, Smart Sparrow
B) Oefenweb, DreamBox, Mathspace, Geekie,
C) ALEKS, Pearson: My lab&Mastering, Blackboard,
D) Lexia Learning, Knewton, RealizeIT,
182. Avstraliya interaktiv va moslashtirilgan o'quv kurslarini yaratish uchun qaysi ochiq o'quv platformasidan foydalanadi.
A) Smart Sparrow
B) DreamBox
C) Knewton
D) Geekie
183. kollej talabalari uchun mo'ljallangan moslashtirilgan raqamli o'quv platformasi qaysi?
A) Aero
B) Geekie
C) RealizeIT,
D) My lab&Mastering
184. ………..- bu pedagogik model bo'lib, unda ma'ruzalarning tipik taqdimoti va uy vazifalarini tashkil etish teskari bo'ladi.
A) Flipped Class
B) Moodle
C) Smart Texnologiya
D) Google classroom
185. Kattalarni o‘qitish, o‘rgatish sohasi hisoblangan atama nima deyiladi?
A) androgogika
B) pedagogika
C) subdrogika
D) generodigika
186. Turli xil resurs va xizmatlardan tizimli tarzda ko`p pog`onali birlashma sifatida tashkil qilingan sayt qanday nomlanadi?
A) Portal
B) moodle
C) platforma
D) www domenidagi saytlar
187. ZiyoNET Resurs Markazining elektron kutubxonada Ayni paytda qanchadan ortiq resurslar jamlangan?
A) 55 mingdan ortiq
B) 57 mingdan ortiq
C) 60 mingdan ortiq
D) 65 mingdan ortiq
188. ……. - umum talim darsliklarini (o’zbek,rus,qoraqalpoqvatojiktillarida) mobil telefonlarda va planshetlarda o’qish imkoniyatini beruvchi mobil dasturdir.
A) e-Darslik
B) e-Learning
C) moodle
D) ziyoNET
189. Nechanchi yildan boshlab oʻqituvchining talabalar bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash maqsadida masofaviy (axborot-kommunikatsiya) texnologiyalardan foydalanishni huquqiy tartibga solishga qaratilgan turli hujjatlar qabul qilindi
A) 1995
B) 1997
C) 1998
D) 1999
190. An’anaviy ta’limning asosiy kamchiligini ko‘rsating?
A) Talabaning aqliy, ijodiy, kommutativ bilim olishini etarlicha ta’minlanmaydi
B) Ta’limda o‘quvchining maqsadlari inobatga olinmaydi
C) Ta’lim faqat darslik va o‘quv qo‘llanmalarga asoslanadi
D) Zamonaviy ta’limning talablariga butunlay javob bermaydi
191. Pedagogik jaraёnning vazifasi nimalardan iborat?
A) Bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish;
B) ko‘nikma, malaka hosil qilish
C) O‘quv fanlarni mazmunini o‘zlashtirib olish
D) Bilish faoliyatini rivojlantirish
192. O‘qitish jaraёnida nazoratning rivojlantiruvchi funkцiyasini toping
A) O‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash;
B) Talabalarda barqaror diqqatni vujudga keltirish
C) pedagogik prinsiplari mustahkamlash
D) Pedagogika kategoriyalari
193. Smart darslik nima?
A) Aqilli darslik, internetda ishlaydigan va mahsus sayt orqali kiriladigan darslik, unga vikipediya yoki ensiklopediya misol bo’la oladi.
B) Aqilli o’qitish uchun adabiyot
C) Aqilli darslik, u hamma narsani biladi
D) Smart muhitni tashkil etishga mobil telefonda ishlaydigan
194. Smart ta’lim konsepsiyasi — ….
A) mavjud manbalarga tez mosla­shuvchanlik, multimedianing maksimal xilma-xilligi, tinglovchi­ning saviyasi va talabi darajasiga tezkorlikda moslashuvchanlikdan iborat.
B) mavjud manbalarga tez mosla­shuvchanlikdan iborat.
C) multimedianing maksimal xilma-xilligidan iborat.
D) tinglovchi­ning saviyasiga tezkorlikda moslashuvchanlikdan iborat.
195. Interaktiv texnоlоgiyalar:
A) audiоkоnferentsiyalar; videоkоnferentsiyalar; elektrоn kоnferentsiyalar; ish stоlidagi videоkоnferentsiyalar; оvоz kоmmunikatsiyalari; ikki tоmоnlama sputnik alоqa; virtual bоrliq.
B) audiоkоnferentsiyalar; videоkоnferentsiyalar; elektrоn kоnferentsiyalar; virtual bоrliq. C) bоsib chiqarilgan materiallar; audiоkassetalar; videоkоnferentsiyalar; elektrоn kоnferentsiyalar; virtual bоrliq. D) videоkassetalar; bir tоmоnlama sputnik alоqa; audiоkоnferentsiyalar; videоkоnferentsiyalar; televiziоn va radiо ko’rsatuvlari.
196. Zamonaviy Web texnologiyalar sarasiga kiruvchi dasturlarni toping?
A) Macromedia Dreamweaver, PHP
B) CourseLab, MyTest
C) iSpring, AkelPad
D) Camtasia Studio, Universial test
197. “Ommaviy ochiq onlayn kurs” termini kim tomonidan taklif qilingan
A) Brayn Aleksandr va Deyv Korm’e
B) Sebestyan Trun
C) A.Andreev
D) Bedral Xan
198. Virtual reallik tizimi deganda nima tushiniladi?
A) imitatsion dasturiy va texnik vositalar
B) moslashuvchanlik
C) tarixiy noyob tasvirlarni qayta ishlangan ko`rinishi
D) fikrlash
199. Multimedia nima ?
A) Matn, tasvir, ovoz va videodan iborat ma’lumotlar bilan ishlovchi texnik va dasturiy vositalar majmui
B) kompyuter tizimlarida ovoz yaratishga mo`ljallangan texnik vositalarning yig`indisi
C) ovoz, video, tasvir, matnli axborotlardan iborat ilovalarni yaratuvchisi
D) Inson va kompyuter orasidagi muloqat
200. Raqamli ta’lim resurslarida quyidagi yangi pedagogic vositalar qo`llaniladi:
A) interaktiv, multimedia
B) Blits so`rov jamoa
C) modeling
D) kommunikativlik, to`laqonli
Download 57,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish