Yan Amos Komenskiy (1592-1670) “Buyuk didaktika” nomili mashgur asarida tilga olindi. Lekin Komenskiy “didaktika bu faqat ta`limgina emas, balki tarbiyalash ham”, -deb ta`kidlaydi. Mazkur asarda olim ta`lim nazariyasining muhim masalalari: ta`lim mazmuni, ta`limning ko`rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so`z yuritiladi. - Didaktika haqida hadislar va allomalar
- Imom Al Buxoriy. Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmag‘ay.
- Muhammad payg‘ambar: “Ilm egallang! Ilm - sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘izlik damlarida yo‘ldosh, baxtli daqiqalarda rahbar, qayg‘uli onlada madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir”.(Axloq odobga oid hadislardan).
- O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lar. Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lar. Yusuf Xos Xojib.
- Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir. Abdullo Avloniy.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |