Elektron kuchaytirgichlar



Download 88,61 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi88,61 Kb.
#568456
Bog'liq
elektron kuchaytirgichlar


ELEKTRON KUCHAYTIRGICHLAR
Kuchlanish, tok va quvvatni kuchaytirish turlari
Kuchaytirgichlar deb, uning yordamida berilgan (mumkin bo‘lgan) buzish darajasida elektr signallarini kuchaytirib berishi mumkin bo‘lgan uskunaga aytiladi. Quvvat kuchaytirish uskunasini oziqlantiruvchi (oziqlanish manbayi) elektr toki manbayining energiyasi hisobiga kuchayadi. Kuchaytirish asbobini umumiy ko‘rinishda faol to‘rt qutbli qilib tasvirlash mumkin (2.41-rasm). U zanjirga elektr signallarini Ukir. kuchaytirish uchun mo‘ljallangan ikkita chiqish zajimi va kuchaygan signalni Uchiq. olish uchun va uni yuklanish (nagruzka) zanjiriga berishga mo‘ljallangan 2 ta chiqish zajimiga ega. Nagruzkani majmuaviy Zn qarshilik deb tasavvur qilish mumkin. Manba faol to‘rt qutbli kuchaytirgichning ichida joylashgan.


Kirish signalining turlari bo‘yicha:
a) garmonik tebranishli;
b) impuls;
d) o‘zgarmas tok kuchaytirgichlari farqlanadi (2.42-rasm).
Undan tashqari, faza sezgir kuchaytirgichlar va operatsion kuchaytirgichlar bo‘ladi. 2.42-rasmda kuchlanishning signal turlari keltirilgan.

Kuchaytirish miqdorining turlari. Kuchlanish, tok va quvvat kuchaytirgichlari bo‘ladi. Shuni esda saqlash kerakki, quvvatni kuchaytirish hamma kuchaytirgichlarning asosiy xususiyatidir, lekin ulardan bir xillari eng ko‘p kuchlanishni, boshqalari tok bo‘yicha, uchinchilari quvvat bo‘yicha kuchaytiradi. Shu sababli ularni mos ravishda kuchlanish, tok va quvvat kuchaytirgichlari deyiladi. 2.43-rasmda kuchlanishning chastotalari tasvirlangan. Spektr chastotasi bo‘yicha garmonik tebranishlarni kuchaytirgich yordamida kuchaytirilishi:
a) past chastotali kuchaytirgichlar (30ч100 Hz dan 5ч20
kHz gacha) radioaloqada, ovozli kinoda, televideniye orqali ovoz
uzatishda, ovoz yozishda ishlatiladi;
b) keng polosali kuchaytirgichlar (1 dan o‘nlab mHz largacha)
elektron ossillograflarda, televizorlarning ko‘rish kanallarida va
boshqalarda ishlatiladi;
d) rezonans kuchaytirgichlar (30 kHz dan 3000 mHz gacha
va undan yuqori) radiopriyomniklarda, televizorlarda, radioloka-
tsion stansiyalarda va boshqalarda radiosignallarni topa oladigan
kuchaytirgichlar sifatida ishlatiladi.
Kuchaytirish asbobining kuchaytirish koeffitsiyenti uning asosiy parametri bo‘lib hisoblanadi. Kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffisiyenti quyidagicha aniqlanadi:

Ku = Uchiq. /Ukir. ,
bu yerda: Uchiq. , Ukir. — mos ravishda kuchaytirgichning chiqish va kirish kuchlanishi.
Тok bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti quyidagicha topiladi:
Ki = Ichiq. /Ikir. ,
bu yerda: Ichiq. – kuchaytirgich chiqishiga ulangan nagruzkadagi tok; Ikir. – kuchaytirgich kirishidagi tok.
Quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi:
Kp = Pchiq./Pkir. ,

bu yerda: Pchiq. – nagruzka chiqarayotgan faol quvvat; Pkir. – kuchaytirgichning kirish zanjiridagi ishlatiladigan quvvat. Kuchaytirish texnikasida logarifmik birlik – detsibel ishlatiladi. Shuni aytib o‘tishimiz lozimki, inson eshitish organi signallar darajasini 1 db ga o‘zgarganligini sezishi mumkin.



Kuchaytirgichning dinamik doirasi quyidagi ko‘rinishga ega va D harfi bilan ifodalanadi:

Odatda kuchaytirgichning dinamik doirasi detsibellarda baholanadi:


Past chastotali kuchaytirgichlar dinamik doirasi 40ч60 db dan ko‘p bo‘lmaydi. Amplituda tavsifi deb, o‘rtacha tovush chastotalarida olingan kuchaytirgich chiqish kuchlanishining Uchiq. kirish kuchlanishiga Ukir. bog‘liqligiga aytiladi (2.44-rasm).




Kuchaytirgichlardagi teskari aloqa
Kuchaytirgichlarda teskari aloqa deb, chiqish zanjiridagi signalning kirish zanjiriga ta’siriga aytiladi. Kuchaytirgichning chiqish signalini kirish bilan bog‘lovchi elektr zanjiriga teskari aloqa zanjiri deyiladi. Umumiy kuchaytirish koeffitsiyentining oshishini keltirib chiqaradigan teskari aloqani – musbat, umumiy kuchaytirish koeffitsiyentining kamayishini keltirib chiqaradigan teskari aloqani esa manfiy deb ataladi (2.45-rasm).
Тeskari aloqa kuchlanishi quyidagiga teng:
Utes.a. = β Uchiq. ,
bunda, β – teskari aloqa zanjiri uzatish koeffitsiyenti (teskari aloqa koeffitsiyenti):
β = Utes.a./ Uchiq .

Тeskari aloqada kuchaytirish koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi:
Ktes.a. = Uchiq. / Usign. ,
bu yerda: Usign. – teskari aloqali kuchaytirgich kirishida faoliyat ko‘rsatayotgan kuchlanish.
Download 88,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish