Elektron hukumatga oid meyoriy – huquqiy xujjatlar. Reja: Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo'limining asosiy funksiya va vazifalari 2


Informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limining maqsadi



Download 72 Kb.
bet3/3
Sana13.12.2022
Hajmi72 Kb.
#884484
1   2   3
Bog'liq
Elektron hukumat tizimini yaratish bo`yicha xorijiy tajribalar

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limining maqsadi
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va hisoblash texnikasi asoslari kursining ahamiyati uning texnika taraqqiyotida ishlab chiqarish sohasida va kundalik hayotda tutgan o’rni bilan beligilanadi. Maktabda informatika o’qitish ta’limining umumiy maqsadlarga hizmat qilishi, ya’ni o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllanishi va o’sishi, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib topishi hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishi lozim.
Umumiy o’rta ta’limda «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» kursining maqsadi - o’quvchilarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlari haqida puxta va ongli ravishda o’zlashtirish uchun bilim asoslari berishni ta’minlashdan, ularga o’quv va keyingi ish faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona foydalanish ko’nikma va malakalarini berishdan, shular asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo’shadigan hissasi to’g’risida tasavvur hosil qilishdan iborat.
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limining asosiy vazifalari:
- axborotlarni qayta ishlash haqida ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish;
- zamonaviy kompyuter texnikasining tuzilishi, tarkibi, ishi va qo’llash imkoniyatlari bilan tanishtirish;
- kompyuterlar bilan amaliy ishlash ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
- axborot texnologiyalari haqida bilimlar berish hamda ular bilan ishlash ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
- kompyuterda masalalar echish texnologiyalari bilan tanishtirish, uning asosiy bosqichlari haqida aniq tasavvur hosil qilish va ko’nikmalarni shakllantirish;
- asosiy algoritmik tuzilmalarni bilish, algoritmlash va dasturlash asoslari bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish; 
- kompyuterning dastur ta’minoti tarkibi, vazifalarini va ularni o’rnida qo’llash imkoniyatlarini aniqlay bilish;
- o’qish davomida ega bo’lingan bilim va ko’nikmalardan tipik o’quv masalalarini echishda foydalana olish;
- yangi axborot texnologiyalarining jamiyatimizning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim ahamiyati va inson faoliyatining turli jabhalariga ijobiy ta’siri haqida tasavvur hosil qilish.
Umumiy o’rta ta’lim maktabida informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limi oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish ushbu Davlat ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. U umumiy o’rta ta’lim maktabida beriladigan informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limi mazmunining majburiy minimumi hamda o’quvchilarning informatika va hisoblash texnikasi asoslaridan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar majmuasini ifodalaydi.
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limi majburiy minimumi umumta’lim maktablarida o’quvchilarga informatika va hisoblash texnikasi asoslaridan berilishi zarur bo’lgan ta’lim mazmunining minimumini ifodalaydi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarining informatikadan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar uning asosiy mazmunining yo’nalishlari, axborot, kompyuter, axborot texnologiyalari, kompyuterda masalalar echish texnologiyalari, axborot texnologiyalarining istiqbollari bo’yicha belgilanadi.
Axborot. Axborot va axborot jarayonlari. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari kursining maqsadi va vazifalari. Axborot turlari va xususiyatlari. Axborot bilan ishlash jarayonlari va vositalari. Axborot miqdori, uzatish tezligi, o’lchov birliklari. Axborot tarmoqlari. Axborotlarni tasvirlash yo’llari. Sanoq sistemalari. Axborotlarni ikkilik sanoq sistemasida ifodalash. Ikkilik sanoq sistemasida arifmetik amallar bajarish. Ma’lumotlarning kompyuterda tasvirlanishi. Axborotli jarayonlarning boshqarilishini o’rganish.
Kompyuter o’quvchilarning ijodiy va abstrakt fikrlash darajasini yaxshiroq tushunish, o’z navbatida keng va chuqur rivojlantirish imkonini beradi. Ma’lumki, bunday fikrlash uyg’unligi matematika va boshqa fanlarni o’zlashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi.
Informatika fanining boshqa fanlarga o’xshamasligi o’quvchilarda yoqimli o’yin kabi tasavvur qoldirishi bilan birga, o’z ijodiy qobiliyatlarini ochishlariga turtki bo’lib xizmat qiladi.
O’quvchilar kompyuterda ishlab izlanuvchi va tadqiqotchiga aylanishadi. Bunda o’z tajribalariga tayangan holda ular hulosa chiqarish va umumlashtirishga o’rganadilar.
Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda)qonunlariga hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-son “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq umumiy o’rta ta’lim muassasalari 5–9-sinf o’quvchilarining bilimlarini baholash va ularning reytingini aniqlash tizimini belgilab berdi.
1. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida 5–9-sinf o’quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgustdagi 390-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartining tarkibiy qismi hisoblanadi.
2. Reyting tizimi barcha umumiy o’rta ta’lim maktablarida joriy etiladi va mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi.
3. O’quvchilarning bilimini baholash quyidan yuqoriga qarab ijobiy baholash mezoni asosida amalga oshiriladi.


Xulosa:
Xulosa qilib aytganda Xalq ta’limi vazirligining «Ta’lim muassasalarida ijodiy muhitni rivojlantirish o‘quv yili chora-tadbirlari dasturi»ning mazmun va mohiyati haqidagi nizomida kommunikatsiya texnologiyalari rivojlantirish to’g’risidagi qarorlari joriy etilgan bo’lib unda vazirlik rejalari bayon etilgan.
O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya va kompyuter texnologiyalarining taraqqiyoti va istiqboli. Ta’lim tizimiga yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kirib kelish istiqbollari haqida ma’lumotlar. Xalq ta’limi tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan xorijiy loyihalar, ularning maqsad va vazifalari haqida. Yangi axborot va pedagogik texnologiyalardan, o‘quvchilarning faoliyatini faollashtiruvchi usullardan xabardor bo‘lish va mashg‘ulotlarda ulardan foydalanish malakasini o‘zlashtirish.



Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar
1. http://www.lex.uz
2. http://mitc.uz
3. https://tuit.uz/meyoriy-huquqiy-xujjatlar
4. Kommunikatsiya texnologiyalari fanidan ma’ruza matnlari
Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish