Bog'liq Elektron hukumat tizimi va uning ahamiyati Elektron hukumat
— Markazning xalqaro hamkorlik sohasidagi asosiy yo‘nalishlari, kelgusi rejalaringiz haqida ham so‘zlab bersangiz. — «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi «Elektron hukumat» axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha jamlangan ilg‘or tajribalarni o‘rganish, eng yaxshilarini o‘zi mas’ul bo‘lgan faoliyatda qo‘llash maqsadida xorijiy hamkorlari bilan xalqaro aloqalarni faol va bevosita yo‘lga qo‘ymoqda hamda rivojlantirmoqda. Bugungi kunda elektron hukumatni rivojlantirish sohasida tajriba almashish yo‘li bilan hamkorlik, tadqiqotlar, davlat boshqaruvini modernizatsiyalash jarayonlari bilimlari hamda zamonaviy usullarini o‘rganishni ko‘zda tutuvchi Davlat boshqaruvi Koreya instituti (KIPA) va Axborot jamiyati masalalari bo‘yicha milliy agentlik (NIA) bilan o‘zaro hamjihatlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.
Mazkur hujjatlar joriy yil aprel oyida «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi davrida imzolangandi. Shuningdek, ushbu tashrif doirasida delegatsiya «O‘tish davri sharoitlarida davlat boshqaruvi islohotlari: yutuqlarning asosiy yo‘llari va metodlari» mavzusidagi nufuzli xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi. Shu bilan birga, davlat axborot-resurslari va tizimlarini shakllantirish uchun ma’lumotlarni qayta ishlash zamonaviy markazlarini yaratish bo‘yicha tajriba o‘rganish maqsadida Axborot va kompyuterlashtirishni qayta ishlash milliy agentligi (NCIA) bilan, shuningdek, jamoat transporti tizimida AKT’ni joriy etish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish imkoniyatlarining istiqbol yo‘nalishlari masalalarini muhokama etish Seuldagi Transport nazorat-axborot markazi (Seoul TOPIS)da uchrashuvlar o‘tkazildi.
Koreyalik hamkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish doirasida joriy yil mart oyida Axborot jamiyati masalalari bo‘yicha milliy agentlik (NIA) vakillari bilan videokonferensiya o‘tkazildi. NIA xodimlari tomonidan mamlakatda «Elektron hukumat» tizimini joriy etish bo‘yicha tayanch institut sifatida tashkiliy tuzilma va o‘z rivojlanish yo‘li tajribalari haqida taqdimot o‘tkazildi. Shu bilan bir vaqtda, markaz uchun axborot texnologiyalari industriyasini rivojlantirish bo‘yicha milliy agentlik (NIPA) hamda Koreya Axborot jamiyatini rivojlantirish instituti (KISDI) kabi Koreya Respublikasi yetakchi tashkilotlari tomonidan maslahatli hamkorlikka jalb etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlik doirasida «O‘zbekiston aholisi orasida kompyuter savodxonligi darajasini oshirish tizimini yaratish va rivojlantirish» Konsepsiyasi loyihasi tayyorlandi va Qo‘mita AKT’ni strategik rivojlantirish bo‘limiga topshirildi. Konsepsiyada aholining kompyuter savodxonligini yaxlit va umumiy hajmda oshirish hamda interaktiv davlat xizmatlariga ulanishda teng sharoitlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Konsepsiya loyihasi O‘zbekiston Respublikasi tegishli vazirlik va idoralariga muvofiqlashtirish uchun tayyorlanmoqda.
Bundan tashqari, BMT rivojlanish dasturi hamkorlik mexanizmi, jumladan, «davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun Elektron hukumatni ilgari surish» loyihasi yo‘lga qo‘yilmoqda. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida muvofiqlashtirish bosqichida. «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi Jahon Banki bilan hamkorlik texnik dasturi doirasida salohiyatli yo‘nalishlarni amalga oshirish, jumladan, e-Hukumat sohasida salohiyatni yaratish; e-Hukumat uchun maqbul sharoitlarni yaratish, jumladan, muvofiq siyosat va qonunlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, keng polosali aloqani kengaytirish uchun salohiyatlarni yaratish bo‘yicha o‘z takliflari va aniq tadbirlarni taqdim etdi. Bundan tashqari, Markaz faoliyatiga axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi mamlakatimiz va umuman, hukumat faoliyatiga hamda elektron hukumat tizimi rivojiga chuqur hurmat bilan yondashuvchi ko‘plab SAP, Andmevara AS, Oracle, Microsoft, ESET kabi xorijiy kompaniyalar qiziqmoqda.
Albatta, markaz oldida aholi manfaatlarini ko‘zda tutgan, vaqt va mablag‘ni tejash imkonini beruvchi kechiktirib bo‘lmaydigan muhim vazifalar ko‘p. Davlat organlari, biznes vakillari hamda aholi o‘rtasidagi aloqani mustahkamlashda o‘z vazifalarini muvaffaqiyat bilan amalga oshirish hamda taqdim etiladigan imkoniyatlarda mazkur «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifalar markazning belgilab qo‘yilgan kelgusidagi istiqbol rejalari asosida amalga oshiriladi.