Registrlar va sanash qurilmalari.
Bir nechta triggerlarni ketmaket yoki parallel ulash va ularning kirishlarini mantiqiy elementlar bilan boshqarish orqali registrlar va sanash qurilmalari sxemaslarini xosil kilish mumkin.
Registr deb axborotni qabul qiluvchi, saqlovchi, murakkab bơlmagan ơzgartirishlar(chapga va ơngga surish)ni amalga oshiruvchi, hamda axborotni tơg’ri va teskari kodlarda uzatuvchi qurilmaga aytiladi. Registrlar ketma-ket kodlarni parallel kodga va aksincha ơzgartirishda xam ishlatiladi. Registrlarning asosini triggerlar xosil qiladi va triggerlarni ketma-ket yoki parallel ulash orqali registr sxemasi xosil qilinadi.
Sonning xar bir razryadi registrning razryadiga (saqlovchi triggerga) mos keladi.
Registrlarning parallel`, ketma-ket prinsipda ishlovchi, ơngga va chapga suruvchi, hamda reversiv turlari mavjud.
Parallel` prinsipda ishlovchi registrlarda kodlar parallel` yoziladi va ơqiladi, ketma-ket prinsipda ishlovchi registrlarda esa kodlar ketma-ket yoziladi va ơqiladi.
Ơngga va chapga suruvchi registrlar kodlarni ơngga va chapga surish uchun xizmat qiladi.
Quyidagi rasmda D-trigger asosida qurilgan ơngga suruvchi, ketma-ket prinsipda ishlovchi registr sxemasi keltirilgan (2.11-rasm).
Har bir taktda “X” kirishdan ikkilik raqamlar ketma-ket kodda kiritiladi, va bitta razryadga ơngga suriladi.
D-triggeri asosidagi chapga suruvchi registr sxemasi 2.12-rasmda keltirilgan.
Reversiv registrlar saqlanayotgan axborotni xam ơngga, xam chapga surish uchun xizmat qiladi.
Sanash qurilmasi kirishdagi impul`slar sonini hisoblash uchun xizmat qiladi. Har bir impul`s sanash qurilmasida saqlanayotgan sonni bittaga ơzgartiradi. Ular bajaradigan vazifasiga kơra qơshuvchi, ayiruvchi va reversiv (xam qơshuvchi, xam ayiruvchi) turlarga bơlinadi.
Quyidagi rasmda T-trigger asosida qurilgan, ketma-ket bog’lanishli, qơshuvchi sanash qurilmasi sxemasi keltirilgan (2.14-rasm). Kirishdagi xar bir impul`s qurilmadagi sonni bittaga oshiradi.
Bu qurilma dinamik prinsipida ishlaydi, ya`ni uning triggerlari kirishdagi impul`sning orqa fronti (impul`s spadi)ga mos ravishda ơz xolatini ơzgartiradi.
Qơshuvchi sanash qurilmasining ishlash jadvali.
№
|
Q3
|
Q2
|
Q1
|
0
|
0
|
0
|
0
|
1
|
0
|
0
|
1
|
2
|
0
|
1
|
0
|
3
|
0
|
1
|
1
|
4
|
1
|
0
|
0
|
5
|
1
|
0
|
1
|
6
|
1
|
1
|
0
|
7
|
1
|
1
|
1
|
Ayiruvchi sanash qurilmasida kirishdagi har bir impul`s undagi sonni bittaga kamaytiradi. 2.15-rasmda ayiruvchi dinamik sanash qurilmasining sxemasi va ishlash vaqt diagrammasi keltirilgan.
Bu qurilma dinamik prinsipida ishlaydi, ya`ni uning triggerlari kirishdagi impul`sning frontiga mos ravishda ơz xolatini ơzgartiradi.
Ayiruvchi sanash qurilmasining ishlash jadvali quyidagicha.
№
|
Q3
|
Q2
|
Q1
|
7
|
1
|
1
|
1
|
6
|
1
|
1
|
0
|
5
|
1
|
0
|
1
|
4
|
1
|
0
|
0
|
3
|
0
|
1
|
1
|
2
|
0
|
1
|
0
|
1
|
0
|
0
|
1
|
0
|
0
|
0
|
0
|
Sanash qurilmalari kirishdagi impul`sning maksimal chastotasi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
bu yerda : tcx - sinxrosignal davri; n – sanoq triggerlari soni; tT – sanoq triggerida ơtish jarayoni vaqti
Sanash qurilmasining asosiy kơrsatkichi sanash koeffisienti bilan xarakterlanadi.
bu yerda n- sanovchi triggerlarning soni.
Reversiv sanash qurilmasi ikki yoqlama yơnalishda sanash imkoniyatiga ega bơlib, sanash yơnalishi uchun maxsus boshqarish kirishlari (“+” va “-”)ga ega.
Sanash qurilmalaridan chostata bơlgichlari sifatida ham foydalanish mumkin. Uning triggerlari chiqishlari kirishga nisbatan chastotani Q1 - ikki marta, Q2 - tơrt marta, Q3 - sakkiz marta bơladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |