Ekologik monitoring
Ekologik monitoringni o'rgatishdan maqsad, faqat ekologiya sohasida bilimlarni shakllantirish emas, tabiatdagi xodisalami ilmiy tahlil qilish, tabiat va jamiyat o'rtasidagi o‘zaro bogiikni fikrlashga hamda tabiatga amaliy yordam berishga o‘rgatish hisoblanadi. Yaxshiroq o‘ylab ko‘rilsa bugungi kunda ekologik monitoring tabiatni o‘rganish borasidagi barcha sohalarda qoMlaniladi: atmosfera, tuproq, suv monitoringi, o'simliklar, hayvonlar, tuproq, qushlar va hokazo. Ekologik monitoringni yaxshi bilish natijasida atrof-muhitga to'g'ri munosabatda bo'iish, uni asrab-avvaylash, kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish mumkin. Insoniyat tabiatga bo'lgan o 'z qarashlari bilan eng so'ngi chegaraga etib bordi, endilikda yangi bilimlar, yangi munosabat, yangi mentalitet, yangi insonni tarbiyalashi kerak. Albatta, yangi shaxsni shakllantirish uchun mehnat bolalikdan boshlanadi. Bolaga go'dakligidan boshlab tabiat qonunlarini tushuntirib uni asrab-avvaylab, uni sevib yashashga o'rgatish lozimdir. Ikkinchi muhim masala ekologik ta’lim bugun hamma yoshdagi insonlar uchun bab-baravar lozim, ekologik ma’naviyat har insonda ustuvor yo'nalishga aylanishi va inson o'zining barcha hayotiy faoliyatida ekologik ta’limni yoshlarga singdirib borishga o'rganishi lozimdir.
Bizni o‘rab turgan tabiat yoki atrof-muhitning monitoringi biosferaning holatini kuzatish va undagi o'zgarishlami uzoq vaqt davomida o‘rganish hamda baholashni o'rganadi. Bundan tashqari antrapogen omillar ta’sirida inson sog'ligi boshqa tirik organizmlar ning rivojlanishiga ta’sir ko'rsatuvchi jiddiy vaziyatlaming oldini olishni maqsad qilib qo'ygan. Monitoring kuzatishlaring hajmidan kelib chiqib, o'rganadigan joyning katta-kiehikligiga qarab monitoring uchga bo'linadi: global, hududiy va lokalfhir-hiriga bog‘liq) monitoring. Global monitoringning bosh vazifasi-butun dunyoda bo'layotgan jarayonlarni va antrapogen omillaming biosferaga ta’sirini o'rganishdir. Hududiy monitoring-o‘z ichiga ma’lum bir hududda kechayotgan jarayonlarni, ularning boshqa hududlardan ko'ra rivojlanishidagi farqi, antrapogen omillaming shu joyda tabiat ta’sirida o'zgarib borishi kabilarni o'rganadi. Lokal monitoringning vazifasi-tabiatda boradigan tabiiy jarayonlarni kuzatib borish, ma’lum bir hududda antrapogen omillar ta’sirini o'rganishdir. Bizni o'rab tuzgan atrof-muhitning monitoringi uzoq muddatli bir qator murakkab kuzatish tizimini o 'z ichiga olib biosferadagi o'zgarishlami aniqlavdi, antrapogen omillaming ta’sirida vujudga keladigan salbiy oqibatlami o'rganadi, inson va boshqa tirik organizmlarning hayotiy omillariga ta’sir ko'rsatadigan jarayonlaming kelib chiqishini komleks holda o'rganib boradi.
Monitoring termini ekologiya faniga o'tgan asming 20 yillaridan so'ng kirib keldi, «monitoring» so'zi kishilarga atrof-muhitning holatini uzluksiz kuzatish so'zini anglatadi. Ilmiy adabiyotga monitoring so'zi 1972 yil iyunda o'tkazilgan BMT ning atrof-muhitni himova qilish bo'yicha konferentsiyasida kiritildi. Bugungi kunda monitoring so'zining ma’nosi atrof-muhitni nazorat qilish deb tushuniladi
Inson omilining tabiiy atrof-muqitga ta`siri (antropoten omil) borgan sari kuchayib borayotganligini e`tiborga olib, maxsus kuzatish tizimi tashkil qilish zarurati vujudga keldi. Mazkur kuzatishlar natijasida to`plangan ma`lumotlar tabiiy atrof-muqitda yuz berayotgan o`zgarishlarni baqolash va tegishlи xulosalar chiqarishga imkon berishi nazarda tutiladi.
Aslida "monitoring" atamasi inglizcha so`z bo`lib, u "kuzatish", "nazorat qilish" ma`nosini bildiradi. Lekin oxirgi yillarda mazkur atamaning luqaviy ma`nosi juda keng miqyosda ko`llanila boshlandi. qozirgi vaqtda "monitoring'" deganda, "atrof-muqxitni kuzatish", "nazorat qilish", "uning qolatini boshqarish", va "tabiiy muqit qolatini bashorat qilish" tushuniladi.
Respublikamizda tabiiy muqit monitoringi vazifalarini O`zbekiston Respublikasi gidrometeriologiya Bosh boshqarmasi, Davlat o`rmon xo`jaligi, qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Geologiya davlat qo`mitasi, Soqliqni saqlash vazirligi va shunga o`xshagan davlat muassasalari bajaradi.
Ekologik monitoring kuzatishlari belgilangan muayyan joylarda tabiiy muqitning inson tomonidan ifloslanishi, buzilishi va boshqa jarayonlar bo`yicha amalga oshiriladi. Masalan, er usti suvlarining ifdoslanishi 94 ob`ektlardagi 187 nuqtalarda ma`lum bir muddatlarda suv namunalari olib tekshiriladi. Ushbu namunalarning tarkibi (fenol va uning birikmalari, nitratlar, xlor va fosfor organik moddalar, oqir metallar, neft maqsulotlari, tuzlar va boshqalar) maxsus tajriba xonalarda taqlildan o`tkaziladi. Gidrobiologik kuzatishlar esa, 50 ta suv ob`ektlarida, 77 joy va 100 kesimda olib boriladi. Yoki yoqinlardan olinadigan namunalar bir necha meteorologik stantsiyalarda o`rganiladi. Olingan namunalarning tarkibi (sulfatlar, xloridlar, gidrokarbonatlar, nitratlar, kaliy, magniy, natriy. kaltsiy, ftoridlar va boshqa elementlarning mavjudligi) maxsus tajriba xonalarda annqlanadi. yoki qor qoplamining ifloslanishi sanoati rivojlangan shaqarlarda 26 ta modda bo`yicha tekshiriladi. qavoning ifloslanishi esa, 34 shaqarning 65 ta turqun punktlarida kuzatiladi. Ifloslangan qavodan olingan namunalarda 30 ta zararli aralashmalarning kontsentratsiyalari o`lchanadi. Yoki suqoriladigan erlarning nurlanish darajasi yilda 2 marotaba (1 aprel va 1 oktyabrda) aniqlanadi. Tuproq tarkibidagi tuz miqdorining o`zgarishi deyarli barcha xo`jaliklarda ma`lum joylarda kuzatib boriladi. Ushbu maydonlarda er osti suvlarining chuqurligi, minerallashuv darajasi, tarkibi va ifloslanishi aniqlanadi. Baqolarda zovur suvlarining minerallashuvi va ifloslanish darajasi qam ma`lum joylarda muntazam ravishda o`rganiladi.
Tabiat komponentlari (havo, suv, tuproq va boshqalar)ning ifloslanishi, o`zgarishi va boshqa xususiyatlari bo`yicha ilmiy-texnik hisobotlar qar yili muayyan dasturlar asosida respublika bo`yichа yoziladi va ular tegishli muassasalarga, shuningdek, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasiga yuboriladi.
Ekologik monitoring natijalari asosan mamlakatda ekologik vaziyatni muntazam nazorat qilib turish, vujudga kelayotgan noqulay qolatlarning oldini olishga tayyorgarlik ko`rish, chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va boshqa maqsadlar uchun zarurdir. Ekologik monitoring axborotlari va ma`lumotlari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ular asosida ekologik vaziyatlar qolatining tadrijiy o`zgarishlarinи va turli kasalliklarning yillar davomida o`zgarishini taqlil qilish uchun darkor. Xususan qo`riqxonalarda olib boriladigan ekologik monitoringning amaliy aqamiyati beqiyos kattadir.
SHuni alohida ta`kidlash kerakki, respublikamizda 9 ta qo`riqxona mavjud bo`lib, shundan 3 tasi Buxoro viloyati hududidadir: Qorako`l, Qizilqum va Vardonze qo`riqxonalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |