Elektron ekskursiya


Elektr tokning inson organizmiga ta’siri



Download 0,51 Mb.
bet2/3
Sana18.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#821642
1   2   3
Bog'liq
xfx

Elektr tokning inson organizmiga ta’siri.
Elektr toki organizm orqali o’tganda issiklik, elektrolitik va biologik ta’sir ko’rsatadi. Issiklik ta’siri badanning ayrim joylarining kuyishi, qon tomirlari, asab va boshka to’qimalarning qizishi bilan xarakterlanadi. Elektrolitik ta’sir qonning va boshqa organik suyukliklarning ko’rinishiga va ularning fizik-ximik tarkibining buzilishiga olib keladi. Elektr tokidan olingan jarohatlarini shartli ravishda maxaliy va umumiy turlarga bo’lish mumkin. Umumiy to’rini odatda tok urishi deyiladi. Mahaliy turlari organizmining ma’lum qismini elektr toki yoki elektr yoyi ta’sirida shikastlanishidir. Elektr tokidan kuyish balandan tok o’tganda hamda elektr yoyi ta’sirida bo’lishi mumkin. Birinchi xolatda jarohat nisbatan yengil o’tadi. Bunda terining qizarishi, pufakchalar paydo bo’lishi kuzatiladi. Elektr yoyi ta’sirida bo’lgan kuyish odatda ancha ogir xarakterga ega bo’ladi.
Elektroftalmiya-elektr yoyidan chiqadigan kuchli ultrabinafsha nurlar oqimining ko`zga ta’siri natijasida tashki pardasining yallaglanishdir. Odatda kasallik bir necha kun davom etadi. Ko`zning muguz pardasi jarohatlaganda davolash murakkablashadi va uzoq davom etadi. Tokining biologik ta’siri organizmining tirik to’qimalari yallig`lanishi va asabiylash ishida namoyon bo’ladi. Bunda mushaklar, shu jumladan, yurak va o`pka mushaklari ixtiyorsiz ravishda tortishib koladi. Natijada organizmda xar xil buzilishlar ro`y berishi, masalan, nafas olish va qon aylanish organlarining ishi buzilishi yoki xatto batamom tuxtab kolishi mumkin. Elektr toki ta’sirining bu turlari shikastlanishning ikki turini keltirib chiqaradi: elektr toki shikastlanishi va elektr toki urishi.
Elektr toki shikastlanishi - bu, elektr toki yoyi ta’sir etishi natijasida organizmining ayrim joylaridagi to’qimalarning yaqqol shikastlanishidir. Elektr toki shikastlanishning kuyidagi turlari bilan farqlanadi: elektr tokidan kuyish, elektr izlari, terining metallanishi va mexanik shikastlanishlar.
Elektr izlari tok ta’sir etgan odamning tanasi sirtida aniq ko’rinib turadigan kulrang yoki och sarik rangdagi doglardir. Izlar, tirnalishlar, kichik jaroxatlar, kesiklar yoki latlar ko’rinishida bo’ladi. Terining shikastlangan qismi kadok singari kattiklashib koladi. Terining metallanishi - elektr yoyi ta’sirida erigan metall mayda zarralari terining ustki katlamiga kirib kolishidir. Bu xodisa, masalan, kiska tutashuvlarda, kuchlanish ostida bo’lgan ajratgich va rubilniklarni tarmoqdan uzayotganda ro`y beradi. Mexanik shikastlanishlar odam orqali o’tayotgan tok ta’sirida mushaklarning ixtiyorsiz ravishda keskin tortishib kolishi oqibatida yuz beradi. Natijada teri, kon tomirlari va asab to’qimalari uzilishi, shuningdek, bug`inlar chiqishi va xatto suyaklar sinishi mumkin. Elektr toki o’rinishi deganda, organizm orqali elektr toki o’tganida tirik to’qimalarning asabiylashishi natijasida mushaklarning ixtiyorsiz ravishda tortishib qolishi tushiniladi.
Odam organizmiga elektr tokining ta’siri qanday oqibatlarga olib kelishiga karab, elektr toki o’rinishi shartli ravishda kuyidagi to`rt darajaga ajratish mumkin:
I daraja - odamning mushaklari tortishib koladi, ammo u hushidan ketmaydi;
II daraja - odamning mushaklari tortishib koladi, u hushidan ketadi, lekin u nafas oladi a yuragi ishlaydi;
III daraja - odamning mushaklari tortishib, yuragining ishlashi yoki nafas olishi buziladi (yoki ikkalovi barvar ro`y beradi);
IV daraja - klinik o`lim yuz beradi, ya’ni nafas olish va qon aylanishi tuxtaydi.
Klinik (o’tkinchi) o`lim xayot bilan o`lim o`rtasidagi holat bulib, yurak va o`pka ishlashdan tuxtagan paytdan boshlanadi. Klinik o`lim xolatida bo’lgan odamda xech qanday belgilari bo’lmaydi: u nafas olmaydi, yuragi ishlamaydi, og`riqni sezmaydi, ko`z qorachig`i kengayadi va yorug’likni sezmaydi. Ammo bu davrda organizmda xayot xali butunlay so`nmagan bo’ladi, chunki uning to’qimalari darrov o`lmaydi va turli a’zolar xali ishlab turadi. Garchi bu jarayon endi juda sust, odatdagi ravishda kechsa-da, ammo eng kichik xayot faoliyati uchun yetarli bo’ladi.
Birinchi navbatda kislorod yetishmasligiga juda sezgir bo’lgan bosh miya qobig`ining xujayralari o`la boshlaydi. Ong va taffakkur ana shu xujjayralarning faoliyatiga boglik. Shu sababli klinik o`limning davom etish vaqti yurakning ishlashi va nafas olish tuxtagan paytdan to bosh miya xujayralari o`la boshlaydigan paytga qadar o’tadigan vaqt bilan aniqlanadi. Kup hollarda bu vaqt 4-6 minut, sog`lom kishilarda tasodifan elektr toki urishi natijasida o`lganda esa 7-8 minutni tashkil etadi. Biologik (haqiqiy) o`lim qaytarib bo’lmaydigan xodisa bo`lib, bunda organizm xujayralari va to’qimalarida biologik jarayonlar tuxtaydi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish