1-rasm ko`p emitterli tranzistorning tarkibiy sxemasi a) va sxemada belgilanishi b)
Unipolyar tranzistorlardan eng ko`p tarqalgani MOP turdagi trapzistorlardir. Bunga sabab ularnnng kirish karshiligi katta va tuzilishining soddalngidir. Ayrim IMSda p yoki r — turdagi kanalga ega MOP tranzistorlar jufti keng ishlatiladi. Bundan juft tranzistorlar komplementar tranzistor deb ataladi va elektron kalit vasifasida ishlatiladi.
IMSlarning turlarini aniqlash GOST 18682—73 tasdiqlagan shartli belgilar asosida olib boriladi. U mikrosxemaning kanday shakl va texnologik asosda ishlab chikarilganini, kanday maksad uchun ishlatish mumkinligini xisobga oladi. Kup mikrosxemalar manba kuchlanishining kattaligi, kirish va chikish qarshiligi, signal satxi kabi kattaliklarni xisobga olgan xolda to`plamlar — seriyalarga birlashtiriladi. Bir seriyaga kiradigan mikrosxemalar shunday tanlanadiki, ulardan bir butun radioelektron qurilmani yasash mumkin bulsin. YAsalish shakli va texnologiyasiga qarab IMS lar 3 ta guruxga bulinadi va raqamlar orqali ifodalanadi:
a) 1, 5, 6, 7—yarim o`tkazgichli mikrosxema;
b) 2, 4, 8—duragay mikrosxema;
v) 3—pardasimon, vakuumli, keramikali (sopol)mikrosxema.
Mikrosxema belgisida uning seriyasi raqamlar bilan ifodalanadigan ikki elementdan tashkil topadi. Unda birinchi raqam mikrosxemani yasashdagi shakl va texnologiyasini ifodalasa, ikkinchisi — ikki xonali (eskicha) yoki uch xonali (yangicha) raqam — seriyaning tartib nomerini ko`rsatadi. Masalan, 1801 seriya 801 tartib nomerli yarim o`tkazgichli" IMS deb o`kiladi. 252 seriya—52—nomerli duragay mikrosxemadir. Kanday maksadga xizmat kilishiga karab IMS lar yana gurux bo`limlari (podgruppa) va kurinishga ajratiladi. (Masalan, generatorlar, kuchaytirgichlar, mantiqiy elementlar va boshkalar). U mikrosxema belgisida seriyadan keyinyoziladigan ikki xarf bilan ifodalanadi.
Mikrosxema belgisida seriya belgisidan oldin K, KM, KN, KR va KA xarflar yozilgan buladi. Ular mikrosxemani ishlab chiqargan zavoddanqabul qilib olinganlik shartini ifodalaydi. Bunda K xarfi mikro- sxemaning keng kullanish maksadida ishlab chiqarilganini bildiradi.
Masalan, K155IE 7 deb belgilangan mikrosxema quyidagicha o`qiladi: Keng ko`llanish maksadida ishlab chikarilgan 155 seriyadagi 7 tartibli (nomerli) schetchik (xisoblagich) vazifasini bajaradigan yarim utkazgichli mikrosxema; seriya tartibi (nomeri) 55. Qobiqsiz mikrosxemalar belgisida seriya raqami oldidan B xarfi, oxirida esa, chiziqchadan keyin biror raqam qo`yiladi. Bu raqam mikrosxemaning qanday shaklda yasalganligini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |