1.Transformatorni loyihalashga vazifa
Kuch transformatori TMN 6300/35 loyihalash uchun quyidagi parametrlar berilagan.
1.1-jadval
Hisoblash uchun berilgan miqdorlar(1-ilovaga qarang)
№
|
Parametrlar
|
Miqdorlar
|
1.
|
Nominal quvvat
|
Sn=6300 кВА
|
2.
|
Yuqori kuchlanishli chulg’am
|
Uyuk=35 кВ
|
3.
|
Past kuchlanishli chulg’am
|
Upk=10,5 кВ
|
4.
|
Chulg’amlarning ulanish sxemasi va guruhi
|
Y/∆ - 11
|
5.
|
Chastota
|
f=50 Гц
|
6.
|
Qisqa tutashish isroflari
|
Pq=46500 Вт
|
7.
|
Salt ishlash isroflari
|
P0=7600 Вт
|
8.
|
Qisqa tutashish kuchlanishi
|
Uq=7,5%
|
9.
|
Salt ishlash toki
|
i0=0,6%
|
10.
|
Kuchlanishni rostlash usuli
|
РПН
|
2. Loyihalanuvchi transformatorning asosiy qismlari ta'rifi
Vazifadagi transformator TMN 6300/35 kuch transformatori bo’lib, quvvati va kuchlanish sinfi bo’yicha III gabaritli transformatorlar guruhiga kiradi. Shartli belgisidagi birinchi harf T – uch fazali ikki chulg’amli transformatorlarga oid. M – moy sovutiladigan; N – kuchlanishi yuklamani uzatmasdan rostlanadigan transformator belgisi. Nominal quvvati 6300 kVA, yuqori kuchlanishi 35 kV ga teng. Transformatorning aktiv qismini magnit tizimi va chulg’amlar tashkil etadi. Ular maxsus mineral moy - transformator moyi bilan to’ldirilgan metall bakka joylashtiriladi. Bakning tashqi tomonida trubali radiator o’rnatiladi va bu radiator transformatorda issiqlik almashuvini yaxshilaydi.
Transformatorlarda ko’p hollarda kuchlanishni katta diapazonda rostlash talab qilinadi. Kuchlanish ikki usulda rostlanishi mumkin: yuklama uzilmagan holda va transformatorni tarmoqdan uzib. Birinchi usul (RPN usuli) ancha murakkab va qimmatbaho moslamalar talab qiladi, lekin, kerakli joyda juda qulay bo’lgani uchun ishlatiladi. Ikkinchi usulda (PBV usuli) transformatorning hamma chulg’amlari tarmoqdan uzilgandan so’ng kuchlanishni rostlash sxemasi ulanadi va transformator yana ishga tushiriladi. Kuchlanish asosan yuqori kuchlanish chulg’amida rostlanadi. Buning uchun yuqori chulg’amda maxsus rostlash qismlari ajratiladi va bular bir necha pog’onaga bo’linib, chetlari chiqarib qo’yiladi.
Transformatorni hisoblash natijasida uning asosiy parametrlari aniqlanadi. Shu parametrlar vazifada berilgandan farq qilishi mumkin. Loyihalash standartlari bo’yicha har bir parametr uchun farq qancha bo’lishi mumkinligi aniq belgilab qo’yilgan. Ularga transformatorni loyihalashda rioya qilinish kerak.
2.1-jadval.
Loyihalash standartida bo’lishi mumkin bo’lgan xatoliklar farqi
№
|
Parametrlar
|
Yo’l qo’yarli farqlar, %
|
Qo’llanish doirasi
|
1
|
Qisqa tutashish kuchlanishi
|
±10
|
Hamma turdagi ikki chulg’amli va uch chulg’amli transformatorlar uchun tegishli
|
2
|
Qisqa tutashish isroflari
|
±10
|
3
|
Salt ishlash isroflari
|
±15
|
4
|
To’la isroflar
|
±10
|
5
|
Salt ishlash toki
|
±30
|
Do'stlaringiz bilan baham: |