Laboratoriya ishi № 1
Mavzu: Elektrometrik kuchaytirgich yordamida elektrostatikaning asosiy tajribalarini bajarish.
Ishdan maqsad: Elektrostatik maydonda ekvipotensial sirtlarni yasashni o’rganish.
Kerakli asbob va uskunalar:
1. O’zgarmas kuchlanish manbasi
2. Zond
4. Elektrostatik vanna
5. Voltmetr
5. Ulovchi simlar
Nazariy ma’lumotlar.
Zaryadlangan jism atrofida elektr maydoni hosil bo`ladi. Elektr maydoni materiyaning 2 chi turi bo`lib, fazoda zaryadlangan jismlar bilan elektr kuchlari orqali ta’sirlashadi.
Elektr maydonining berilgan nuqtasidagi kuchlanganligi deb, shu nuqtada joylashgan nuqtaviy birlik musbat zaryadga ta’sir qilayotgan kuchga miqdoran teng bo’lgan vektor kattalikka aytiladi.
E=F/q
Elektr maydonning berilgan nuqtasidagi potensial deb, shu nuqtada joylashgan nuqtaviy birlik musbat zaryadning potensial energiyasining uning zaryad miqdori nisbatiga teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi.
U=W/q
Maydonning kuchlanganligi va potensiali quyidagi munosabat bilan bir-biriga bog`langan.
E=grad U
Elektr maydonining potensiallari bir xil bo’lgan nuqtalaridan tashkil topgan geometrik sirt ekvipotensial sirtni hosil qiladi. Ekvipotensial sirtning berilgan nuqtasidagi kuchlanganlik vektori sirtiga perpendikular yo`nalgan. ( 1-rasmdagiday)
1-rasm
Qurilma va metodning tavsifi.
Bu ishda ekvipotensial sirtlar anqlanadi. Buning uchun potensiallari bir xil bo’lgan bir necha nuqta vannada voltmetr yordamida topiladi. So`ngra ular biriktirilib sirtlar yasaladi.
Elektrostatik vannaga elektrodlar tushiriladi. Elektrodlar o’zgarmas kuchlanishli manbaga ulaniladi. Agar vannaga suv solinsa bu suv orqali to’q oqa boshlaydi. Ekvipotensial sirtlarning shakli huddi to’q oqmaganidek bo`lib qoladi.
Bunday vannaga indikator (voltmetr) bilan ulangan elektr zondi tushirilsa potensiallar farqi bir xil bo’lgan nuqtalar topilishi mumkin.
2-rasm.
2-rasmda elektrostatik vanna, unga tushirilgan elektronlar va tartibli xarakatlanayotgan zarralar ko`rsatilgan. Elektrostatik maydon ekvipotensial sirtlarning shakli elektrodlarning shakliga mos ko`rinishga ega bo`ladi. Bu sirtning har bir nuqtasi kuchlanganlik vektoriga perpendikular bo`lib qoladi.
Vanna shaffof jismdan yasalgan bo`lib pastki qismi millimetrlarga bo`lingan qog`oz yopishtirilgan. Bu sirt nuqtalarining qoordinatalarini aniqlashga yordam beradi.
3-rasm.
Ishni bajarish tartibi.
1. Sxemada keltirilgan zanjirni yig`ing. ( 3-rasm)
2.Elektrodlarni kuchlanish manbasiga ulang.
3.Voltmetrning birinchi qlemmasini zondga 2 chi qlemmasini esa elektrodning biriga ulang.
4.Zondni vannaga tushirib shu nuqtaning qoordinatalarini aniqlang, potensiallar farqini voltmetrda aniqlang.
5.Aniqlangan kuchlanishingiz uchun ( ya’ni, keyingi nuqtalar uchun kuchlanish o’zgarmasdan qolsin) yana 3-4 nuqta qoordinatasini toping.
6.2-potentsial sirtga tegishli nuqtalarni topish uchun zondning elektrodlarga nisbatan joylashishini o`zgartiring. Buning uchun zondni biror bir elektordga yaqinroq tushirish kerak xolos. Endi 4-5 punktlardagi ishlarni takroriy bajaring.
7.4-5-6-punktlarda ko`rsatilgan ishlarni takrorlab 3- ekvipotensial sirtga tegishli 4; 5 ta nuqtaning qoordinatasini va ularga tegishli kuchlanishni voltmetr yordamida aniqlang.
8.Natijalarni jadvalga tushiring.
№
|
U1=
|
U2=
|
U3=
|
x
|
Y
|
X
|
y
|
x
|
Y
|
1.
2.
3.
4.
5.
|
|
|
|
|
|
|
9.Jadvaldan foydalanib millimetrlarga bo`lingan qog`ozda ekvipotensial sirtlarni yasang.
Sinov savollari.
1.Elektrostatik maydon deb nimaga aytiladi?
2.Elektrostatik maydon kuchlanganligi deb nimaga aytiladi?
3.Potensial deb nimaga aytiladi?
4.Maydon kuchlanganligi bilan potensial orasida qanday bog`lanish bor?
5.Qanday sirtga ekvipotensial sirt deb aytiladi ?
6.Zaryadni ekvipotensial sirt bo`ylab ko`chirilishida bajarilgan ish nimaga teng?
Do'stlaringiz bilan baham: |