|
Titrlash borasida hosil bo’lgan egri chiziqning singan joyidan abtsiss o’qiga prependikulyar tushirib, ekvivalent nuqta (E) topiladi. Bu nuqtada titrlash uchun sarflangan ishqor miqdori topiladi. Buning uchun ushbu proportsiyadan foydalaniladi:
|
V1 - berilgan, HCl hajmi ; V2 - ishqor miqdori, grafikdan topiladi; N2 - ishqor kontsentratsiyasi, ma’lum.
2) Kuchsiz kislotani (masalan, sirka kislotasi), kuchli asos (NaOH) bilan titrlash.
|
Titrlash borasida yomon dissotsiatsiyalanadigan sirka kislotasi, yaxshi dissotsiatsiyalanadigan uning tuziga almashinadi. Demak, titrlash borasida elektr o’tkazuvchanlik ortadi. Ekvivalent nuqtada elektr o’tkazuvchanlik OH- ioni hisobiga keskin ortadi. Yuqoridagi
|
proportsiya usuli bilan kuchsiz kislota miqdori aniqlanadi.
Kuchli va kuchsiz kislotalar aralashmasini konduktometrik titrlash.
Masalan, HCl + CH3COOH bo’lsa, NaOH eritmasi bilan titrlansa:
|
Dastlab kuchli kislota titrlanadi. Elektr o’tkazuvchanlik pasayadi (rasm); HCl tugagandan so’ng, CH3COOH titrlanadi; elektr o’tkazuvchanlik atsetat natriy hisobiga yana asta-sekin ko’tariladi. Grafikda 2 ta singan nuqta kuzatiladi; I nuqta HCl ni, II nuqta esa CH3COOH ni
|
titrlashga ketgan NaCI hajmi ifodalaydi.
4. Kuchsiz kislotani kuchsiz asos bilan titrlash.
Masalan,
Yuqoridagi reaktsiyada kuchsiz elektrolitlar ta’siri natijasida kuchliroq elektrolit - tetraborat ammoniy hosil bo’ladi. SHu tufayli titrlash borasida elektr o’tkazuvchanlik ortib boradi. Ekvivalent nuqtadan so’ng, grafik bo’yicha elektr o’tkazuvchanlik qariyib o’zgarmaydi. CHunki hosil bo’lgan tetraborat ammoniy kuchli elektrolit bo’lgani uchun ortiqcha
|
qo’shilsa elektr o’tkazuvchanlikka ta’sir ko’rsatmaydi. Xuddi shunday hol
misolida ham takrorlanadi:
|
5. CHo’ktirish reaktsiyasiga asoslangan konduktometrik titrlash.
Masalan,
|
Reaktsiya natijasida yomon eriydigan BaSO4 hosil bo’ladi (ZR=1,0810-10). Ba++ ionlari titrlash borasida Na+ ioniga almashinadi. Binobarin, elektr o’tkazuvchanlik pasayadi.
|
Suvsiz eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi
Elektr o’tkazuvchanlik suvsiz eritmalarda xam kuzatiladi. Ulardagi o’tkazuvchanlik xam ionlar harakatchanligi va kontsentratsiyaga bog’liq. Biroq suvsiz eritmalarda elektr o’tkazuvchanlik patsroq bo’ladi (ammiak va eritmalari bundan mustasno).
Suv eritmalarda moddalarning dissotsiatsiyalanish darajasi kichik. SHu tufayli elektr o’tkazuvchanlik past. Suvsiz eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi D.I.Mendeleev (1878-1882), I.A.Kablukov (1889), Valden va boshqalar tomonidan o’rganilgan. Kablukov urush yillarida Toshkentda yashagan. U suvsiz eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi erituvchining dielektrik doimiyligiga bog’liqligini ilk bor kuzatdi. Uning tajribasi natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |