Standart (solishtirish) elektrodlar
Turli zanjirlarning EYuK ni o‘lchaganda potensiali oson qayta takrorlanadigan va muvozanat qiymatiga tezda yetadigan elektrodlardan keng foydalaniladi. Bunday elektrodlar solish-
tirish yoki standart elektrodlar deyiladi. Ularga quyidagi talablar qo‘yiladi:
–ularning potensiallari o‘zgarmaydigan va vodorod elektrodiga nisbatan aniq o‘lchangan bo‘lishi kerak;
–standart elektrodlar potensialining harorat koeffitsienti kam bo‘lishi kerak;
–ushbu elektrodlarning tayyorlanishi oson va arzon bo‘lishi kerak;
–bunday elektrodlarni ishlatish qulay bo‘lishi zarur.
Odatda, standart vodorod elektrodini kalomel elektrodi bilan almashtiriladi. Kalomel elektrodi ikkinchi tur elektrodlarga mansub bo‘lib, u simobdan iborat bo‘ladi va uning usti Hg2Cl2 va Hg larning aralashmasi bilan qoplangan bo‘ladi. Elektrolit
sifatida KCl ning ma’lum konsentratsiyali (0,1–1,0 n li yoki to‘yingan eritma) eritmasidan foydalaniladi. Simobning ichiga platina simi tushirib qo‘yiladi, u faqat o‘tkazgich vazifasini bajaradi. Kalomel elektrodi zanjiri quyidagicha ifodalanadi:
Hg / Hg2Cl2 , KCl(C)
Kalomel elektrodi simob elektrodi hisoblanadi, uning potensiali simob ionlarining aktivligiga bog‘liq. Ammo Hg2Cl2 eritmasi to‘yingan bo‘lganligi sababli, a Hg 22 const bo‘ladi va elektrodning potensiali faqat Sl- ionlarining aktivligi bilan belgilanadi. Sl- ionlarining konsentratsiyasi qanchalik yuqori bo‘lsa, 2Hg2 ionlarining aktivligi shunchalik kam va elektrodning potensiali shunchalik manfiyroq bo‘ladi. Normal kalomel elektrodi
(CKCl 1) uchun elektrodning potensiali 0,283 V ga teng, ya’ni kalomel elektrodi standart vodorod elektrodiga nisbatan 0,283 V ga musbatroqdir. Agar quyidagi
(- )(Pt )H+a=1 //KCl CKCl=1, Hg 2Cl 2 /Hg ( +)
zanjirni tuzib uni EYuK ni o‘lchasak, o‘rganilayotgan eritmaning pH ni oson hisoblash mumkin.
Shunday qilib, pH ni o‘lchayotganda standart vodorod elektrodini kalomel elektrodi bilan almashtirish mumkin. Eritmadagi ikkinchi vodorod elektrodini ham o‘zgartirish mumkin, masalan, xingidron elektrodi bilan. Ma’lumki, xingidron elektrodi oksidlovchi–qaytaruvchi elektrodlardandir. U oddiy yarim element bo‘lib, unga pH noma’lum bo‘lgan eritma quyiladi va kam miqdorda xingidron solinadi. Eritmaga o‘tkazgich vazifasini bajaruvchi
platina simi tushiriladi. Bunday elektrodni normal kalomel elektrodi bilan tutashtiriladi va zanjirning EYuK o‘lchanadi. EYuK ni bilgan holda eritmaning pH ni hisoblash mumkin.
Xingidron xinon bilan gidroxinonning ekvimolekulyar birik masidir: C6H4O2 C6H4(OH)2, u suvda yomon eriydi. Eritmada xenon bilan gidroxinon o‘rtasida quyidagi oksidlanish-qaytarilish muvozanati o‘rnatiladi:
C6H4(OH)2 C6H4O2 H2 ; H2 2H 2e yoki C6H4(OH) 2 C6H4O2 2H 2e
Bu muvozanatda vodorod ionlari qatnashgani sababli, oksidlanish-qaytarilish potensiali eritmaning vodorod ko‘rsatkichi pH ga bog‘liq bo‘ladi. Xin-gidron elektrodini ishqoriy eritmalarda qo‘llash mumkin emas, chunki gidroxinonning ishqoriy tuzlari hosil
bo‘lishi natijasida xinon bilan gidroxinonning nisbati ekvimolekulyar bo‘lmay qoladi. Xinon bilan gidroxinonning nisbati kuchli elektrolit tuzlari ishtirokida ham o‘zgarib qolishi mumkin.
Xingidron elektrodi vodorod elektrodga nisbatan oksidlov-
chilarga chidamli bo‘ladi. Kalomel va xingidron elektrodlaridan
iborat bo‘lgan galvanik elementda xingidron elektrodi musbat
bo‘ladi.
Shunday qilib, xingidron elektrodi o‘zini vodorod elektrodi
kabi tutadi, ammo unda standart vodorod elektrodiga o‘xshab atmos-
fera bosimida emas, balki juda kichik parsial bosimda Pt
Do'stlaringiz bilan baham: |