S i n o v s a v o l l a r i
1. Standartlashtirishning maqsad vazifalari nimalardan iborath
2.Sertifikatlashtirish omillari deganda nimalar tushiniladih
3.Sertifikatlashtirshning qanday sxemalari mavjudh
4.Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish o'rtasida qanday farq borh
5.Sartifikatlashtirish milliy tizimi nimah
7-Amaliy mashg’ulot
Maxsulot sifati va uni baholash usullarini o'rganish
Sifat tizimi deganda, tashkiliy tuzilishi, mas'uliyati, ish tartibi, jarayonlar, resurslar
yigindisi bo'lib, sifatning umumiy boshqaruvining amalga oshirilishi tushiniladi. Maxsulot
sifatiga ta'sir etuvchi omillarni turt toifaga, ya'ni texnikaviy, tashkiliy, iktisodiy va
ijtimoiylarga bulish mumkin.
Mahsulot sifatini tashkil topishi, uning hamma hayotiy bosqichlarida-tadqiqot va
loyihalash ishlarida, ishlab chiqarishda, muomilada, iste'molda yoki ishlatilishda namoyon
bo'ladi. Sifatni har tomonlama o'z ichiga oluvchi, uning hamma tomonlarini ta'minlovchi
hamda mahsulotning barcha hayotiy bosqichlarini qamrab oluvchi faoliyat sifat tizimlarini
bildiradi.
Sifat tizimlarida mahsulot sifatini baholashning uslubiy asoslariga, ayniqsa, mahsulotni
majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirishda alohida talab qo'yiladi, ya'ni:
-mahsulotning iste'moldagi hamma xossalarini kompleks taxlil qilinishi va xolisona
baholanishi, xavfsizliligi va ekologikliligi namoyon bo'lish imkoniyati;
-keltirilgan baholanishga asoslanib, iste'molchi tomonidan mahsulotning ishlatishdagi va
ekologikliligidagi xavfdan hamma mahsulot va uning sifatini noto’g’ri baholanish xavfidan
ijtimoiy himoya qilishga zamin yaratish.
Maxsulot sifatining darajasini baxolashda turli usullardan foydalaniladi: differensial,
kompleks, arlashgan va statistik.
Differensial usul deb, maxsulotning sifatini birgina ko'rsatkichidan foydalanishga
asoslangan maxsulot sifatini baxolash usuliga aytiladi.
Kompleks usul deb maxsulot sifatini kompleks ko'rsat-kichlarini qo'llanishiga
asoslangan maxsulot sifatini baxolash usuliga aytiladi.
Aralashgan usulda bir vaktning ichida ham birgina ko'rsatkichidan, ham kompleks
ko'rsatkichlaridan foydalanib maxsulotning sifati baxolanadi.
Statistik usul bilan maxsulotning sifatini baxolashda matematik statistika usullaridan
foydalaniladi.
Mahsulot sifatini oldindan aytib berish deganda berilgan vaqtda yoki berilgan vaqt
oraliG’ida erishilishi mumkin bo'lgan mahsulot sifati ko'rsatkichlarining imkoniy qiymatlarini
aniqlanishi tushuniladi.
21
Mahsulot sifatini rejalashtirish deganda mahsulotni chiqarish bo'yicha berilgan vaqt
ichida yoki berilgan vaqt oraliG’ida kerakli sifat ko'rsatkichlarining qiymatlari bilan
asoslangan topshiriqni belgilash tushuniladi.
Mahsulot sifatini bir mi'yorda bulishini ta'minlashda maxsulot sifatini boshqarish
aloxida urin egallaydi.
Maxsulot sifatini boshqarish deganda maxsulotni yaratishda, uning kerakli sifatini
ta'minlash va me'yorida bo'lib turish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar tushiniladi.
Maxsulot sifati jarayonlarning qanday tashkil etilgan-ligiga, ularni qanday me'yorda
ishlashiga, nazorat o'lchov asboblarining nakadar tekis ishlashiga va shu jarayonlarda
ishlayotgan xodimlarning malakasiga so'zsiz bog’liqdir.
Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni boshqarishning umumiy nazariyasiga binoan
quyidagi ishlardan tashkil topadi:
-boshqarish rejasini ishlab chiqish;
-mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish;
-mahsulot sifatiga ta'sir etuvchi har qanday ob'yektning xolati xaqida axborotlar olish va taxlil
qilish;
-sifatni boshqarish bo'yicha qaror qabul qilish va ob'yektga ta'sir etish usulini tayyorlash;
-ta'sir etadigan boshqaruvchi ko'rsatmalar berish;
-boshqaruvchi ko'rsatmalar berish natijasida ob'yektdagi sifatning o'zgarishi xakida axborotni
olish va taxlil qilish.
Mahsulot ishlab chiqarilishida, ayniqsa yangi mahsulot bilan bog’liq bo'lsa, turli xil
muammolar paydo bo'ladi, bu va shunga o'xshash muammolarni tezkorlik bilan hal qilishda
mahsulot sifatini boshqarish tizimlari va uni boshqaruvchi idoralari hal qiluvchi vazifani
bajaradi.
Maxsulot sifatini oshirishda standartlashtirish va ser-tifikatlashtirish faoliyatining roli
kattadir, chunki har qanday texnologik jarayonlarni bir me'yorda ishlashi, ularni har bir
boskichida me'yori xujjatlarning bajarilishiga kanchalik rioya qilishini, jamoaning mexnat va
texnologik intizomi xal kiluvchi rol o'ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |