Amalda, doimo to‘lqinlar guruhiga duch kelamiz, ya’ni real to‘lqin yaqin chastotaga ega bo‘lgan ko‘p sonli sinusoidal to‘lqinlarning ustma-ust tushgan to‘lqin paketidan iborat bo‘ladi. Bu to‘lqin paketining tarqalish tezligi – guruhli tezlik deb ataladi.
Birlik vaqtda qandaydir yuzadan ko‘chiriladigan energiya yuza orqali ko‘chiriladigan energiya oqimi deb ataladi.
Birlik vaqtda to‘lqin tarqalish yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan birlik sirt yuzasidan ko‘chiriladigan energiya – energiya oqimining zichligi deb ataladi. Energiya oqimi zichligi vektorining yo‘nalishi energiya ko‘chishi yo‘nalishiga mos keladi.