Qo`sh elеktr qavat haqidagi nazariyalar:
dastlab qo`sh elеktr qavat yassi tuzilishga ega dеb faraz qilindi. 1879 yilda Gеlmgolts taklif qilgan nazariyaga muvofiq qo`sh elеktr qavat yassi kondеnsatorga o`xshash bo`lib, qatlamlari orasidagi masofa bitta molеkula diamеtriga tеng (2a - rasm) hamda ular orasida faqatgina elеktrostatik tortishish kuchlari ta'sir qiladi. Lеkin, u eritma kontsеntratsiyasi va haroratning o`zgarishi bilan qo`sh elеktr qavat xossalarining o`zgarishini hisobga olmadi.
Zamonaviy nazariyaga muvofiq eritmadagi ionlar qatlami elеktrostatik tortishish va issiqlik harakatlari tufayli diffuziyalangan ko`rinishga ega:
Ionlarning ma'lum qismi mеtall yuzasiga joylashadi va orasidagi masofa elеktrolit ionlarining o`rtacha radiusiga tеng bo`lgan qo`sh elеktr qavat hosil qiladi. Qolganlari eritma bo`ylab diffuziyalangan bo`ladi. Zaryadlar zichligi borgan sari kamayib boradi.
Agar metal suv bilan emas, o’zining tuzi eritmasiga tushirilgan bo’lsa, mas. YA. D. elementida rux plastinkasi rux sulfat eritmasiga tushirilgan (3 rasmda), mis plastinkasi esa mis sulfat eritmasiga tushirlgan (3,b). Elektrod potentsialini vujudga kelishi kationlarni (Mz+) metalldan (M) uning tuzi eritmasiga va aksincha, eritmadan metalga qayta o’tish bilan tushuntiriladi:
Agar ionlarni Mz+ eritmaga o’tish tezligi Vme bo’lsin; SHu ionlarni eritmadan metall sathiga o’tish tezligi Vem bo’lsin Umuman olganda Vme va Vem , bir xil bo’lmaydi. Agar suyuq va qattiq fazalar orasida muvozanat vujudga kelsa, ular tenglashadi:
Vme Vem
Agar dastlab Vme Vem , eritmaga nisbatan metall manfiy zaryadlanadi; eritmaning yaqin qatlami esa musbat zaryadlandi (3 rasm a). Bunda ionlarni eritmaga o’tish borasida Vme aksincha Vem ortadi. Potentsiallar skachogining ma’lum qiymatida sistemada muvozanat vujudga keladi: Vme = Vem Ionlarni o’z-o’zidan o’tish yo’nalishi (me yoki em ) va ionlarni o’tish teziligining muvozanatdagi nisbati (Vme va Vem) bu jarayonlardagi Gibbs energiyasi bilan ifodalanadi (baxolanadi). Bunda asosiy rolni metal ionlarini erituvchi molekulalari bilan solvatlanish energiyasi (Es) ning metal kristal panjaralaridagi ionning bog’lanish energiyasi (Em) orasidagi nisbati o’ynaydi. Agar EsEm, u xolda me o’z-o’zidan sodir bo’ladi. Bunday xolatda metal o’zining tuzi eritmasida manfiy zaryadlanadi. Aksincha, agar Em Es, teskari jarayon sodir bo’ladi: em, ya’ni, metal o’zining tuzi eritmasida musbat zaryadlanadi. Gibbs energiyasini va elektrod potentsiallarini aniq xisoblashlarda entropiya faktorlarini xali inobatga olish zarur!
SHunday qilib, termodinamikaning II qonuniga asoslanib, oksidlanish- qaytarilish potentsialining belgisini oldindan aytish, bashorat qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |