Elektroakustika


.6. Murakkab tovushlarni eshitish. Niqoblash



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/124
Sana11.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#883511
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124
Bog'liq
61a1e12d478215.06492958

1
.6. Murakkab tovushlarni eshitish. Niqoblash
 
Shu vaqtgacha sinusoidal qonun bo‘yicha o‘zgaruvchi sof tonlar 
ko‘rib chiqildi. Ammo, sof tonlar tabiatda juda kam uchraydi. Ko‘pgina 
musiqa tonlari sof ton emas, balki murakkab tonlardir. Murakkab ton, 
asosiy ton, obertonlar yoki garmonikalardan iborat. Obertonlar asosiy 
ton chastotalari bilan oddiy karrali nisbatda bo‘ladi. Murakkab ton bitta 
emas, bir nechta obertonlardan tashkil topishi mumkin. Tajriba shuni 
ko‘rsatadiki, fazaning juda katta oraliqda o‘zgarishi murakkab 
tonlarning eshitilishiga ta’sir qilmaydi, faqatgina juda baland 
tovushlardagina tonlar tashkil etuvchilarining fazalari ta’sir ko‘rsata 
boshlaydi. Murakkab ton nochiziqli tavsifga ega bo‘lgan u yoki bu 
qurilmaning chiqishida, hatto uning kirishiga sof ton berilgan holda ham 
olinishi mumkin. Shunday qilib, bizning quloq ham nochiziqli qurilma 
hisoblanadi. Quloqqa yetarlicha katta jadallikdagi sof ton ta’sir etib, 
murakkab tonni his etishimiz mumkin. Shu sababdan qulog‘imizga juda 
kuchli infra tovush chastotali ton ta’sir etsa, biz bu tonni qulog‘imizda 
paydo bo‘ladigan garmonikalar hisobiga eshitamiz. Shovqin tovushning 
tonga nisbatan murakkabroq ko‘rinishidir. Murakkab tonlardan farqli 
ravishda shovqin tashkil etuvchilarning chastotalari oddiy karrali 
nisbatda emas. Bundan tashqari bu tashkil etuvchilarning chastota va 
amplitudalari vaqt bo‘yicha o‘zgarib turadi. Sub’ektiv jihatdan ton bilan 
shovqinning bir-biridan farqi shundaki, birinchisida tovush balandligi 
bilan tavsiflash mumkin bo‘lsa, ikkinchisiga nisbatan, aksari hollarda 
bunday qilib bo‘lmaydi. Kundalik hayotimizda uchraydigan tovushlar 
shu jumladan, nutqning anchagina qismi ham shovqin xarakteriga ega. 
Kundalik tajribamizdan bilamizki, agar u aniq ifodalangan bo‘lsa, har 
qanday tovushning sub’ektiv tavsifi uning kattaligi va balandligidir. 


32 
Ammo, bundan tashqari, deyarli barcha tovushlarda ularning tembri, 
ya’ni tovushlarning tabiatini aks ettiruvchi sub’ektiv rang ajralib turadi. 
Masalan erkak, ayol yoki bola bir tovushni bir xil ohangda va bir xil 
balandlikda talaffuz etishlari mumkin, ammo ularni osongina ajrata 
olamiz. Xuddi shunga o‘xshash musiqa asbobi bilan qanday nota 
olinganligini aniqlash juda oson. Tembr tovush manbai ayni daqiqada 
qanday asosiy chastotani tarqatayotganidan qat’iy nazar shu manbaga 
xos chastotaviy tashkil etuvchilar bilan aniqlanadi. Xususan odam nutqi 
haqida gapirganda har bir odam o‘zining individual xususiyatlariga 
ko‘ra, faqat unga xos tomoq va og‘iz bo‘shliqlariga ega bo‘lib, ular 
rezonator sifatida nutqning u yoki bu chastotaviy tashkil etuvchilarini 
ajratib beradi. 
Agarda bir vaqtning o‘zida turli xil tovushlar ta’sir etsa, tovushlarni 
qabul qilish keskin o‘zgaradi. Masalan, tinch paytda juda tushunarli 
bo‘lgan nutq kuchli shovqin ta’sirida eshitilmasligi mumkin. Bu hodisa 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish