Elektr o`tkazuvchanlikni biologik ahamiyati.Konduktometrik tahlil usullari organizmning klinik holatini tezkor usul bilan baholashda yaxshi samara beradi. Turli to‘qima va biologik suyuqliklarning elektro‘tkazuvchanligi turlicha.
Orqa miya suyuqligi, limfa, o‘t (safro), qonning elektr o‘tkazuvchanligi juda yuqori; mushak, teri osti kletchatkasi, bosh miyaning kulrang moddasi ham elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. O‘pka, yurak, jigar elektr tokini birmuncha kam o‘tkazadi. Yog‘, nerv, suyak, asab to‘qimalaridan tok juda kam o‘tadi. Teri (shox qavati) elektr tokini hammadan kam o‘tkazadi. Quruq epidermis elektr tokini deyarli o‘tkazmaydi. Hujayralar o‘rtasidagi bo‘shliqlarda bo‘ladigan suyuqlik hujayra suyuqliklariga qaraganda tokni yaxshiroq o‘tkazadi, chunki hujayra qobig‘i ko‘pgina ionlarning harakatiga to‘sqinlik qiladi. Qobiqlar oldida bir hil ionlar yig‘ilib, ularning qutblanishi yuzberadi.
Elektrod – bu kamida ikki fazadan iborat elektrkimyoviy sistemadir. Elektrodlar qaytar va qaytmas turlarga bolinadi. Elektr tokining yo`nalishi o`zgartirilganda qaytar elektrodlarda teskari tarafga boradigan reaksiyalar vujudga keladi. Bunday elektrodga misol qilib o`z tuzining eritmasiga tushirilgan metallni olishimiz mumkin, masalan Cu/Cu2+.
7.2-rasm. Metall suvga tushirilganda qo`sh elektr qavatning hosil bo`lishi
O‘z tuzining eritmasiga botirilgan metal yuzasida hosil bo‘ladigan potensial elektrod potensial deb ataladi.
Elektrod potensialnig qiymati E Nernst tenglamasidan hisoblab topiladi:
bu erda: E - standart elektrod potensial (298 K da), R –universal gaz doimiysi; z - metall valentligi; F - Faradey soni (96500 kl); ln a eritmadagi metall ionlari aktiv kosentratsiyasining natural logarifimi.
Berilgan qiymatlar hisobga olinib, natural logarifm o`nli logarifmga o`tkazilganda formula quyidagi ko`rinishga kiradi:
Potensiali eritmadagi ionlar konsentratsiyasiga bog`liq bo`lgan elektrodlar o`lchovchi yoki indikator elekrodlari deyiladi. Ma’lum metall va uning tuzining ma’lum konsentratsiyadagi eritmasidan elektrod yasalsa (yarim element), uning potensiali aniq va doimiy qiymatga ega bo‘ladi. Bunday yarim element potensiali noma’lum bo‘lgan boshqa elektrodlarni taqqoslash uchun standart bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bunday elektrodllar standart yoki solishtirish elektrodlari deyiladi. Ko`pchilik hollarda, standart elektrod potensiali shartli ravishda nol deb qabul qilingan, normal vodorod elektrodi ishlatiladi. Unga boshqa elektrodlarning potensiallari solishtiriladi. Shuningdek, har qanday elektrod, potensialining qiymati aniqlangandan so‘ng, standart elektrod sifatida ishlatilishi mumkin.
Elektrodlar hamma vaqt ham tuz eritmasiga botirilgan metall plastinkadan iborat bo‘lavermaydi. Ba’zan tuz eritmasi o‘rniga tarkibida kerakli tuz bo‘lgan pasta (kalomel elektrod) dan foydalaniladi; metall plastinka vazifasini vodorod yoki kislorod shimdirilgan indifferent metall (oltin, platina)dan yasalgan plastinka bajaradi (bunday elektrod - gazli elektrod deyiladi) va hokazo.
Solishtirish elektrodlari sifatida ko‘pincha normal elektrodlar qo‘llaniladi. Bu tuz eritmasidagi metallga mos keladigan ionlarning aktivligi 1 mol/l ga teng keladiganelektrodlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |