Kirxgof qonunlari
Kirxgofning ikkita qonuni elektr zanjirini to’liq holatini aniqlaydi va ularni hisoblashda asos bo’lib xizmat qiladi. Barcha elektr zanjirlari Kirxgofning birinchi va ikkinchi qonunlariga (qoidalariga) buysunadi.
a) Kirxgofning birinchi qonuni. Bu qonun elektr zanjiri toklari uchun umumiy bo’lib, ikki xil ta’riflanadi:
1) Elektr zanjirining istalgan tugunidagi toklarning algebraik yig’indisi nolga teng;
2) Elektr zanjirining istalgan tuguniga oqib keluvchi toklarning algebraik yig’indisi shu tugundan ketuvchi toklarning algebraik yig’indisiga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |