Bog'liq Elektr yuritmalarning aylanish tezligini rostlash
Elektr yuritmani koordinatalarini rostlash usullari Hozirgi zamon ishlab chiqarishda o`zgaruvchan tezlikda ishlaydigan va mexanizmlar ko`p uchraydi. Bunday mashina va mexanizmlarda tezlikni rostlash evaziga yuqori ish unumiga hamda talab darajasidagi ish sifatiga erishiladi. Tezlikni rostlash mexanik va elektrik usullar bilan amalgam oshriladi. Lekin elektrik usul qo`llanilganda ishchi mashina kinematikasi soddalashadi, texnik iqtisodiy ko`rsatkichlari yaxshilanadi.Tezlikni rostlash uchun u yoki bu usulni tanlash barcha usullarni texnik iqtisodiy ko`rsatkichlarini taqqoslash orqali bajariladi.
Elektr yuritmani tezligini rostlashni turli usullarini xarakterlovchi asosiy ko`rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
Rostlash chegarasi;
Tekislik;
Iqtisodit ko`rsatkich;
O`rnatilgan tezlikda turg`un ishlay olish;
Turli tezliklardagi yuklama.
Rostlash chegarasi maksimal va minimal aylanishlar tezliklari nisbatan orqali topiladi, yani .Rostlash tekisligi ikki qo`shni tezliklar nisbati orqali xarakterlanadi:
Rostlash iqtisodiy ko`rsatkichlari capital va ishlatish sarflari miqdori bilan baholanadi.O`rnatilgan tezlikda turg`un ishlay olish rostlash xarakteristikasini kattaligi bilan belgilanadi.Turli tezliklarda yuklama dvigatel tokini miqdori bilan aniqlanadi.
1.Parallelqo`zg`otishlio`zgarmastokdvigateliniaylanishtezliginirostlash.Parallel qo`zg`otishli dvigatelni tezlik xarakteristikasi tenglamasidan kelib chiqadiki, uni tezligini o`zgartirishni (rostlashni) uchta usuli mavjud ekan:
Yakor zabjiridagi qarshilikni rostlash;
Parallel qo`zg`atishli dvigatelni elektr sxemasi 1-rasmda ko`rsatilgan.
1-rasm. Parallel qo`zg`atishli o`zgarmas tok dvigatelini elektr sxemasi.
Parallel qo`zg`atishli o`zgarmas tok dvigatelini yakor zanjiriga qarshiliklar kiritilganda uni mexanik xarakteristikalari 2-rasmda ko`rsatilgan.
2-rasm. Parallel qo`zg`atishli o`zgarmas tok dvigatelini yakor zanjiriga qarshiliklar kiritilganidan so`ng mexanik xarakteristikalari. 1-tabiiy xarakteristika
2.3 qarshiliklar kiritilgandagi xarakteristikalar ishchi mashina qarshilik momenti; 1,2,3,-har hil qarshiliklardagi mexanik xarakteristikadir.
Magnit oqimini o`zgartirish (qo`zga`tish toki orqali) orqali dvigatel tezligi o`zgartirilsa 3-rasmdagi mexanik xarakteristikalar olinadi.
Parallel qo`zg`atishli dvigatel tezligini oqim orqali o`zgartirilgandagi mexanik xarakteristikalari.
Elektrodvigatelga qo`yilgan kuchlanishni o`zgartirish orqali tezlik rostlashdagi mexanik xarakteristikalar ko`rsatilgan. Parallel qo`zg`atishli dvigatel tezligini tarmoq kuchlanishi orqali o`zgartirilganda mexanik harakteristikalar.Asinxron elektrodvigatellarni tezligini sozlash usullari. Asinxron dvigatellarni tezligini rostlash usullarini o`rganishda quyidagformuladan foydalanamiz:bu erda - tok chastotasi, -juft qutblar soni;
- sirpanish koeffisienti;
- magnit maydonni aylanishlar soni;
-rotorni aylanishlar soni.
Quyidagi formuladan ko`rinib turibdiki, asinxron dvigatellarini aylanish sonini o`zgartirish uchun tok chastotasini, juft qutblar sonini o`zgartirish, hamda rotor zanjiriga qo`shimcha qarshilik kiritish kerak. Tok chastotasi o`zgarganda dvigatel mexanik xarakteristikasini quyidagi ko`rinishga ega bo’ladi .Asinxron elektrodvigatelni turli tok chastotalaridagi mexanik xarakteristikalari.
Asinxron elektrodvigatel stator cho`lg`amidagi qutblar soni o`zgarganda tezlik qog`onali o`zgaradi . Asinxron elektrodvigatelni juft qutblar soni o`zgargandagi mexanik varakteristikalari. Rotor zanjiriga aktiv qarshilik kiritib tezlikni rostlash faza rotorli asinxron dvigatellar uchun qo`llanadi. Rotor zanjiriga qarshilik kiritilganda dvigatel sirpanish koeffsienti oshadi, natijada jadak tezlik kamayadi .
Asinxron dvigatel tezligini rostlashni boshqa usullari ham mavjud, yani ularni maxsusu talab qo`yilgan sharoitlardagina qo`llaniladi. Bunday usullar bilan adabiyotlar orqali tanishish mumkin.